jonivorlar, turli o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan biologik mikroelementlar
mavjud. Inson salomatligi uchun kichik miqdorda mikroelementlar (mis, rux, yod,
marganets, molibden, kobalt, temir va boshqalar) zarur. Kalsiy, kaliy, natriy, fosfor
organizm hayot faoliyati uchun juda zarur. Agar organizmga sutkasiga 120-200 mkg
yod mikroelementi tushmasa, odam buqoq kasaliga uchrashi mumkin. Organizm
sutkasiga 70 mg yodni ovqatlar bilan, 40 mg sini go’sht mahsulotlari orqali, 5 mg ni
havo va 5 mg ni suv orqali qabul qiladi. Demak, organizmda yod yetishmasligiga sabab
faqat yodning suvda yemas, balki o’sha regiondagi tashqi muhit obhyektlari tarkibida
yetishmasligi ham ekan. Suv tarkibini o’rganishda uning qattiqligini aniqlash katta
ahamiyatga ega. Suvning qattiqligi 1 litr suvdagi kalsiy va magniy tuzlari miqdoriga
qarab aniqlanadi. Odatda, qattiq suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi, suv qaynatilganda
idishda tuz qatlamlari paydo bo’ladi, go’sht yaxshi pishmaydi. Suvning qattiqligiga
faqat kalsiy va magniy tuzlari yemas, balki yana boshqa elementlar o’rtasidagi
koorelyativ bo’g’lansh ham sabab bo’lishi mumkin ekan. Suvning qattiqligi oganizmda
turli tosh kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Xorazm va Qoraqolpog’iston
viloyatlaridan olingan ma’lumotlarga qaraganda, odamnlarning siydik qopida,
buyragida va o’t qopida paydo bo’layotgan toshlarga asosan Amudaryo suv
havzasidagi suvlarning qattiqligi sabab bo’lmoqda.
Suv tarkibidagi mikroelementlar. Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelement borligi
aniqlangan. Bunday elementlar odam orgnizmida, o’simlik to’qimalarida,
xayvonlarning a’zo va to’qimalarida uchrashi mumkin, ammo ular juda oz miqdorda
bo’ladi. Mikroelementlarning odam salomatligini saqlashdagi roli juda katta. Ularning
20 ga yaqini organizm ehtiyoji uchun ayniqsa zarur. Yod, ftor, molibden, mis, temir va
boshqalar shular jumlasidan.
Ftor odam organizmi uchun juda zarur. Uning 10-80% i organizmga suv orqali
tushadi. Bir litr suv tarkibidagi ftor miqdori 2-8 mg ga yetganda odam va
hayvonlarning tish emalida turli o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Suyaklarda ham
o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu flyuoroz deb ataladi. Ftor elementining suvda kam
bo’lishi yoki organizmga ovqat bilan yetarli miqdorda tushmasligi karies paydo
bo’lishiga olib keladi. Ftor miqdorining suvda kam yoki ko’p bo’lishi organizmga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. 950-2011 raqamli davlat standarida ftorning 1 litr suvdagi
ruxsat yetilgan miqdori 4, iqlimli regionlarda 0,7-1,5 mg deb qabul qilingan.
Stronsiy. Ba’zi regionlarda artezian suvlarida bu element miqdorining ko’pligi
aniqlangan. Bunday suvlarni iste’mol qilish natijasida bolalaraning suyak to’qimasi
shikastlanadi, tishlari vaqtida chiqmaydi, miyaning yumshoq qismi tez suyaklanmaydi.
Unda gormonal buzilishlar kuzatiladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash
maqsadida suv manbalari juda sinchkovlik bilan tekshiriladi. Birinchi navbatda
tanlanadigan suv manbalari Davlat standarti 950-2011 «Ichimlik suvi» talablariga sifat
jihatdan to’g’ri keladigan yoki yaqinroq keladigan bo’lishi lozim. Bunday talabga faqat
yer qatlamida chuqur joylashgan va yuqori bosimga ega bo’lgan suvlar javob beradi.
Mabodo, shunday suv manbalari topilmasa, uning debiti yetarli bo’lmasa yoki
sanitariya talabiga javob bermasa, u holda bosimi bo’lmagan qatlamlararo yer osti
suvlari qidiriladi. Yuza joylashgan suv manbalari juda zarur hollarda tanlanadi. Har
qanday holatda ham, agar tanlangan suv manbalaridagi suvning sifati gigiyena talabiga
javob bermasa, unday suvlar maxsus inshootlarda qayta ishlanadi.
Qayta ishlanib aholiga uzatilayotgan suvga Davlat siandarti 950-2011 «Ichimlik
suvi» bo’yicha talablar qo’yiladi. DavST 950-2011 ichimlik suviga 4 talabni qo’yadi.
Ichimlik suvi epidemiya xavfini tug’dirmasligi zarur.
Kimyoviy jihatdan zararsiz bo’lishi kerak.
Ichimlik suvining organoleptik xossalari yoqimli bo’lmog’i shart.
Ichimlik suv har qanday sharoitda ifloslanishdan muxofaza qilinishi kerak.
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
183
Davlat sanitariya nazorati olib borilayotgan vaqtda vodoprovod tarmoqlaridagi
suvning hammasi Davlat standarti talabiga javob berishi kerak.
950-2011 raqamli Davlat standarti bo’yicha ichimlik suvining bakterial jihatdan
tozaligini ko’rsatuvchi belgilar quyidagicha bo’lishi kerak.
№
Ko’rsatkich nomi
Me’yori
1.
Koli-indeks
3 dan ko’p emas
2.
Koli-titr
300
ml dan kam emas
3.
Umumiy
mikroblar soni
100 dan ko’p emas
Dostları ilə paylaş: