Grunt suvlar. Yer ostining eng yuqori, suv o’tkazmas qavatida joylashgan suvlar
grunt suvlar deyiladi. Bu asosan filtrlanish oqibatida paydo bo’ladi, bunday suv
havzalarining bosimi bo’lmaydi. Yer relyefi pastqam bo’lgan joylarda yer osti suvlari
yer yuziga buloq bo’lib otilib chiqishi mumkin. Buloq va chashmalar tepaliklar,
tog’larning yon bag’rida, pastqam yerlarda ko’p uchraydi. Bunday chashmalar
yuqoriga ko’tariluvchi chashmalar deyiladi. Ko’tariluvchi chashmalar sanitariya nuqtai
nazaridan anchagina xavfli hisoblanadi. Grunt suvlar quduqlar yordamida ham olinadi,
grunt suvlar miqdori yog’ingarchilik miqdoriga qarab o’zgarib turishi mumkin. Grunt
suvlar odatda 1,5-2 metr dan 3-10 metr chuqurlikda joylashadi. Ularning tarkibida tuz
bo’lishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko’p jihatdan o’sha joyning sanitariya holatiga
bog’liq.
Yuqorida joylashgan yer osti suvlari. Ba’zan ular grunt suvlar yuqorisida
joylashadi. Yuqori yer osti suvlari suvga bardosh beradigan yoki suvni kam
o’tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to’planishi doimiy bo’lmay, ular
asosan yog’ingarchilikka bog’liq. Yuqori yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin bo’lgani
uchun ular tez-tez mikroorganizmlar, tuzlar, zaharli ximikatlar, mineral o’g’itlar bilan
ifloslanib turadi. Bunday suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Faqat zararsiz holatga
keltirib, so’ngra ichish mumkin.
Artezian suvlar. XII asrda Fransiyaning Artezia viloyatida yer osti suvlaridan
foydalanishgan. Shuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat nomi bilan ataladi.
Artezian suvlar chuqur yer osti qatlamlarida to’planadigan yuqori bosimli suvdir.
Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki ko’p qavatli jinslarning tagiga
joylashgan bo’lib, qatlamlar orasida yotadi. Suv tashuvchi qavatlar ifloslanishdan
anchagina himoyalangan bo’ladi. Artezian suv havzalari juda chuqurlikda joylashadi.
Ular filtrlanib, so’ngra yer yuzasiga chiqadi yoki chiqariladi. Bosimli suvlar
gravitattsion kuchlar va atmosfera bosimi ta’sirida suvning elastiklik xususiyati sababli
xarakatga keladi. Suv o’tkazmaydigan jismlar oralig’ida qisilib yotgan suv doimo
bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi bilan bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi,
ba’zi holatlarda yer tagidan o’zi otilib chiqishi ham mumkin. Har bir suv qavatining
o’z oziqlanish zonasi, bosim chegarasi va bo’shashish zonalari bor. Ayniqsa
bo’shashish zonalaridagi suvlar yer yuzasiga daryolar yoki ko’llar tagidan yo’l topib
chiqadi. Qatlamlararo joylashgan bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash yo’li
bilan olinadi. Qatlamlararo yer osti suvlarining o’ziga xos tomoni shundaki, ularda
erigan oksigen bo’lmaydi, ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
181
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Qatlamlararo yer osti suvlarining oziqlanish
maydoni qancha keng va uzoq bo’lsa, u shuncha toza va tarkibi doimiy bo’ladi. Suv
tarkibining doimiy bo’lishi sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega. Olimlarning
fikriga qaraganda, suvning harakat tezligi sutkasiga bir necha 10 sm dan 1-3 metrgacha
bo’lishi mumkin ekan. Agar tog’ jinslari orasida yoriq bo’lsa, suv harakati bir necha
10 metrga yetishi mumkin.
Suvning yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli. Suv ichburug’, gepatit, qo’rin tifi,
paratif, diereya kasalliklarining sababchisi bo’lishi mumkin. Keyingi yillarda ichak
kasalliklari ko’plab tarqalmoqda. Bunda viruslarning roli katta. Sariq kasalligi,
poliomiyelit va boshqa kasalliklarning kelitirib chiqaruvchi viruslar suvda uzoq vaqt
yashaydi. Quyidagi jadvalda bunga misol keltiramiz:
Kasallik qo’zg’atuvchilarni suvda yashash muddatlari
Bakteriyalar
Vodoprovod suvida
Daryo suvida
Ko’lmak suvda
Ichak tayoqchasi
2-262 kun
21-183
-
Ich terlama bakteriyasi
2-93
4-183
15-107
Dizenteriya mikrobi
15-26
19-92
-
Vabo vibrioni
4-28
0,5-92
1-92
Leptospira
-
150
7-75
Tulyaremiya mikrobi
92
7-31
12-60
Brutsellyoz tayoqchasi
2-85
-
4-122
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan mikroorganizmlarning suvda ancha ko’p
yashay olishi ko’rinib turibdi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, ilgarilari suv orqali
tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko’plab odamlar qirilib ketgan. Yaqin 20-30 yil
ichida ham turli epidemiyalar tarqalgani guvohimiz. Masalan, 1972-yilda Meksikada
ich terlama bilan 10 000 ga yaqin kishi og’ridi, shu davrning o’zida ichburug’ kasalidan
15 000 kishi xalok bo’ldi. Qizig’i shundaki, ichak kasalliklarini kelitirib chiqaruvchi
mikroblar tashqi muhit omillari ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |