Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari


AHOLINING OMONATLARINI JALB QILISH BO‘YICHA RESPUBLIKA TIJORAT BANKLARI O‘RTASIDA TANLOV



Yüklə 15,94 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü15,94 Kb.
#195330
1   2   3
Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish

AHOLINING OMONATLARINI JALB QILISH BO‘YICHA RESPUBLIKA TIJORAT BANKLARI O‘RTASIDA TANLOV Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Prezident Qaroriga muvofiq 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.
Tanlovda jami
27

855
    • Filial

4 299
    • Mini bank hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi. Har yili o‘tkazib boriladigan mazkur tanlov aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag‘batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga da'vat etmoqda. 2016 yil davomida tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatlarini jadallashtirgani, bank xizmatlari to‘g‘risida aholining xabardorlilik darajasi oshgani hamda ko‘plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.
TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XO‘JALIK
SUBYEKTLARI BO‘SH PUL MABLAG‘LARINI JALB ETISHNI
YANADA RAG‘BATLANTIRISH QO‘SHIMCHA CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul
mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish, pul mablag‘larini bank
aylanmasiga yo‘naltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish
maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya
vazirligining tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq
ma’qullansin.
Mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan Kompleks chora-tadbirlarni belgilangan
muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Markaziy bank, tijorat
banklari va boshqa tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari mijozning birinchi
talabiga binoan banklarning barcha filiallari tomonidan aholi omonatlari
bo‘yicha naqd pul mablag‘lari berilishini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratni
o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-
sentabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida
to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallar bilan jihozlanishi kerak bo‘lgan
chakana savdo va pullik xizmatlar sohasi obyektlari ro‘yxatini qayta ko‘rib
chiqsin hamda kengaytirsin;
Toshkent shahri, viloyat va tuman markazlari, viloyatlarga qarashli
shaharlardagi savdo hamda to‘lov xizmatlari sohasi obyektlarini bosqichma-
bosqich to‘lov terminallari bilan jihozlash jadvalini tasdiqlasin.
Belgilansinki, mazkur ro‘yxatga kiritilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi
korxonalari tomonidan to‘lov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan
foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini o‘rnatish
hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga
tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javobgarlik yuklanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya
vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda tovarlar
hamda xizmatlarni chek bermasdan sotish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-
kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganligi uchun
chakana savdo subyektlari javobgarligini jinoiy javobgarlikkacha qat’iy
kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy
muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
«Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni
jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat
banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar
tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada
kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish
dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi»,
deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uy-joy fondini ta'mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish
manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi oqibatida
umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari
va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar
mavjud. Ulardan eng ko‘plari – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m,
Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard
so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir.
Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini
yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar,
kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi
zarurligini ta'kidladi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilda mamlakatimizni
rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
parlamentga Murojaatnomasida ta’kidlangan bank tizimining asosiy
muammolariga e’tibor qaratildi. bank tizimi davlatga tegishli bo‘lib, bu bank
sohasida sog‘lom raqobatga, xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda,
Moliya vazirligi huzurida Davlat ishtirokidagi tijorat banklari faoliyatini
islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. Banklar o‘rtasidagi
raqobatning sezilarli darajada kuchayishi milliy valyutadagi muddatli depozitlar
bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topdi. Xususan, 2019-yil dekabr oyida
jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz
stavkasi 19,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yuridik shaxslarning muddatli
depozitlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 16,5 foizga oshgan. Depozitlar bo'yicha foiz
stavkalarining jozibadorligi va depozit sertifikatlari miqdorining ko'payishi
natijasida bank tizimida jami bank xizmatlarining mashhurligi mijozlarga o'z
hisoblarini yuritish, to'lovlarni tez amalga oshirish va bank hisobvaraqlari
bo'yicha hisobotlarni yaratish imkonini beradi. . Bundan tashqari, bank mijozlari
o‘z mablag‘larini depozitlarga joylashtirish yoki uyali telefonlar orqali kechayu
kunduz masofadan turib kredit olish imkoniyatiga ega. 2019-yilda to‘lov
tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, muomaladagi plastik
bank kartalari soni 2 million 860 ming donaga, o‘rnatilgan terminallar soni 147
ming 448 donaga, o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 2 ming 344 donaga
ko‘paydi. Natijada joriy yilda to‘lov terminallaridan tushgan daromad 71 trillion
so‘mni tashkil etdi.
Yüklə 15,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin