Aholi shaxsiy daromadlari tarkibiy tuzilishi
Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar:
1.Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh;
2.Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko’rinishdagi ta’minotlari;
3.Tadbirkorlarning ajratmalari: a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga, b) boshqa maqsadlarga.
O’z-o’zini band qilishdan daromadlar:
4. Erkin kasbdagi shaxslar;
5.Fermerlar;
6.Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar.
Mulkdan olinadigan daromadlar:
7. Renta, sof foiz, dividendlar.
Transfert daromadlari:
8. Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari
9. Davlat nafaqalari va bohqa to’lovlar.
2. O’zbekiston Respublikasida aholi daromadlari o’sishi tahlili.
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash - Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan idoralararo metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
Aholining umumiy daromadlari – 401,5 trln.so’m
Aholi umumiy daromadlarining nominal o’sish sur’ati -115,9 %
Aholining umumiy daromadlari real o’sish sur’ati – 102,6 %
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2020- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 401,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlari – 11,7 mln.so’m
Dostları ilə paylaş: |