Aholining daromadlari va ularning tarkibiy tuzilishi tahlili Mun
Xulosa va takliflar Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo, ―aholi daromadlari tushunchasining ta‘rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil davlat daromadlar siyosatini o‘tkazish asosida daromadlarning yuzaga kelishi va o‘sishi masalalarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Tadqiqotlarda daromadlar muammosi, odatda, uning turli modellarida aholi daromadlari yuzaga kelish nuqtai nazaridan yoki xo‘jalikning xilma-xil sharoitlarida daromadlarning taqsimlanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ko‘pincha ushbu masala faqat kambag‘allik, qashshoqlik, aholini ijtimoiy himoya qilish bilan o‘zaro bog‘liqlikda tekshiriladi. Daromad o‘lchamlarining miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi va taqsimlanish tamoyillarining o‘zgarishi umuman iqtisodiyot, daromadlar nazariyasi sohasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilishi kerak.
Shu bilan birga, bugungi kunda aholining turmush darajasini obyektiv statistik ma‘lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilish, aholining pul daromadlari va xarajatlarini o‘rganish, uy xo‘jaliklarining iqtisodiyotda qatnashish darajasi va xarajatlar tasnifini tahlil etish dolzarb masala hisoblanmoqda. Respublikamizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi va boshqa pul daromadlarini bosqichma- bosqich oshib borishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘z navbatida, aholi pul daromadlarining o‘sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun ham hozirgi innovasion rivojlanish sharoitida aholi turmush darajasiga, daromadlariga, imkoniyatiga, iste‘mol va iste‘mol talablarining qondirilish darajasini obyektiv talqin etish muammosi dolzarb sanaladi.
Kurs ishimiz doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida bir necha xulosalar keltirildi. Ularning asosiylari va muhimlari quyidagilardir:
Ishda olib borilgan tahlillar respublikada aholining pullik daromadlarining ulushi ortayotganligi, aksincha natural ko‘rinishdagi daromadlar ulushining kamayotganligini ko‘rsatdi;
Respublikadagi mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan farqlangani tufayli aholi daromadlari darajasi ham unga mos ravishda turlicha bo‘lgan;
Mamlakatimizda aholi daromadlarini oshirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar o’z samarasini ko’rsatgan holda, aholi daromadlari yildan-yilga yuqori o’sish ko’rsatkichlarini qayd etdi.
Bugungi kunda O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirish bo’yicha quyidagi takliflarni ilgari surishimiz mumkin:
mamlakatimizda mehnat qilish sohalarini kengaytirish , tadbirkorlikni, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini , kichik biznesni va o’z-o’zini band etish shakllarini kengaytirish;
amaldagi qonun hujjatlariga hududlar bo’yicha ish bilan band bo’lmagan va ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan aholi toifalarini aniq belgilaydigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
aholini barcha tabaqalari uchun munosib turmush darajasiga erishishi uchun barqaror iqtisodiy o‘sish sur‘atlarpini ta‘minlash, shunigdek, aholining turli qatlamlarini ish bilan ta‘minlash, yer, kreditlar va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish orqali barqaror o’sish sur’ati imkoniyatlaridan foydalanishini kafolatlash.
Bu kabi tadbirlar O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlarini oshirish muammolarini hal qilishga yordam beradi deb hisoblayman.