Minimal iste`mol byudjeti – shaxsning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan ma`naviy ehtiyojlar iste`molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini ta`minlaydigan iste`mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati.
Kambag`allik ko`rsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambag`allik darajasini ta`riflashga yondashishda uchta asosiy kontseptsiya: mutlaq, nisbiy va sub`ektiv kambag`allik kontseptsiyasidan foydalaniladi.
Mutlaq kambag`allik kontseptsiyasishaxs yoki oqilona minimal hayotiy ehtiyojlarini ta`minlash uchun zarur bo`lgan daromadni ta`riflashga asoslanadi. O`zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta`riflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kaloriyalar, oqsillar, yog`lar va uglevodlar zaruriy iste`molining fiziologik me`yorlaridan foydalaniladi.
Nisbiy kambag`allik kontseptsiyasiasosiy mezon sifatida insonning minimal ehtiyojlaridan emas, balki uning farovonligi ko`rsatkichlarining u yoki bu mamlakatda ustunroq keluvchi moddiy ta`minlanganlik darajasi bilan bo`ladigan nisbatidan foydalanadi. Bunday yondashishda daromadlari mamlakat bo`yicha o`rtacha daromadning muayyan ulushidan oshmaydiganlar kambag`al hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda chet eldagi tadqiqotlarda nisbiy kambag`allikni ta`riflashning boshqa uslubiyatidan ham keng foydalanilmoqda, u insonning boshdan kechirayotgan, umumqabul qilingan turmush tarzi olib borish imkonini bermaydigan yetishmovchiliklar ro`yxatini o`z ichiga oladi.
Kambag`allikning sub`ektiv kontseptsiyasi ijtimoiy maqbul turmush darajasi uchun zarur bo`lgan resurslarni sub`ektiv ta`riflashga asoslangan.
Kontseptsiyalardagi farqlardan tashqari, kambag`allik miqyoslarini ta`riflashga uy xo`jaliklari tavsifini tanlash ham ta`sir etadi, u kambag`allikni baholash uchun foydalaniladigan ko`rsatkich bilan taqqoslanadi. Amaliyotda uy xo`jaliklarining quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:
-uy xo`jaliklarining pul daromadlari;
-uy xo`jaliklarining pul sarf-xarajatlari;
-uy xo`jaliklari tasarrufidagi moddiy resurslar ko`rsatkichlari.
O`zbekistonda kambag`allikni ta`riflash, kambag`allik darajasini baholashda o`rta hisobda bir oydagi pul daromadlari ko`rsatkichidan foydalaniladigan tarzda kambag`allik chegarasini tirikchilik minimumi darajasida belgilaydigan mutlaq kontseptsiyaga asoslanadi.
Tirikchilik minimumi inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta`minlash uchun zarur bo`lgan moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`molining minimal darajasi ko`rsatkichidir.
Tirikchilik minimumi o`rta hisobda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan qiymat tarzida va umuman O`zbekiston Respublikasi buyicha, uning tarkibiga kiruvchi sub`ektlardagi asosiy ijtimoiy demografik guruhlar bo`yicha, shu jumladan, alohida shaharlar va ma`muriy-hududiy birlashmalar bo`yicha belgilanishi mumkin. Tirikchilik minimumining qiymatini belgilash negizini ilmiy asosda ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy turlari o`lchamlari tashkil etadi, ular aholi ayrim ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari uchun minimal iste`mol me`yorlari buyicha tabaqalashtirib berilgan hamda iste`mol qilinadigan moddalarning kaloriyaliligi va kimyoviy tarkibi bo`yicha muvozanatlashtirilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli me`yorlarini asoslashda turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga olish maqsadida respublika hududi amaldagi uslubiy tavsiyalarga muvofiq bir necha zonaga ajratilgan. Zonal taqsimotga muvofiq yiliga o`rta hisobda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari turlari ma`lum miqdorlar doirasida belgilab chiqilgan. Hududiy zonalar bo`yicha oziq-ovqat turlarining quvvat bera olishi sutkasiga 2204 kkal.dan 2607 kkal.gachani tashkil etadi.
Tirikchilik minimumi byudjetida iste`mol me`yorlari faqat oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan, tovarlar va barcha turdagi xizmatlar qiymati 31,7 foiz miqdorida belgilangan. Tirikchilik minimumi byudjeti strukturasi Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligining Uslubiyati asosida hisoblab chiqiladi.
Hozirgi vaqtda qonunchilikdagi tirikchilik minimumiga doir talablarga muvofiq umuman O`zbekiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi sub`ektlardagi aholi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun iste`mol savatini belgilash bo`yicha yangi Uslubiy tavsiyalar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qonunchilik talablariga muvofiq uslubiy tavsiyalarga quyidagilar kirishi kerak:
1) umuman O`zbekiston Respublikasi bo`yicha va O`zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi sub`ektlardagi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar uchun, inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta`minlash uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar minimal turlarini shakllantirish printsiplari va tartibi;
2) O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi sub`ektlar tomonidan iste`mol savatini belgilashda issiq yoki sovuq tabiiy-iqlim sharoitlarini, aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar iste`mol qilishidagi milliy an`analar va mahalliy xususiyatlarni hisobga olishga asosiy yondashuvlar.