Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar mundarija: kirish i-bob. Aholi soni va tarkibining xususiyatlari


Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash



Yüklə 60,64 Kb.
səhifə9/16
tarix13.06.2022
ölçüsü60,64 Kb.
#61319
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Aholi tabiy harakati va undagi o\'zgarishlar (Kurs ishi)

2.2. Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash
Vafot etish va umrning o‘rtacha uzunligi jadvallarida sharti avlod soni (bir yilda tug‘ilgan 100 ming kishi)ning o‘zgarishi faqat bitta-omil vafot etishini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Jadvalda har bir yosh uchun (0 yosh, 1 yil, 2 yil va h.k. 100 yoshgacha) quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi:

  1. Х yoshgacha yashaydiganlar soni – lx;

  2. Х yoshda vafot etadiganlar soni – dx;

  3. Х yoshga etib vafot etish ehtimoli bo‘lganlar – qx qx= dx/ lx

  4. Х yoshga etib keyingi yoshgacha yashash eхtimoli bo‘lganlar -Rх Rх= lx+1/ lx; qx+ Rх=1;

  5. Х yoshda yashaydiganlar o‘rtacha soni; lx= lx+ lx+1/2;

  6. Ularning kutilayotgan uzunligi (Х yoshgacha yashashi mumkin bo‘gan yillar soni) lx0 lx0=Tх/lx;

  7. yashayolishi Kt:

Rх= 1x+1/ 1x;
Vafot etish jadvalidan ma’lumki, 30 yoshdan to oхirgi yoshgacha yashaydiganlar soni 4,046,901 kishi/yoshi. 30 yoshgacha yashaydiganlar soni 95,002 kishi, 31 yoshgacha esa – 94,785 kishi. 30 yoshga etganlar uchun vafot etish jadvalida etishmaydigan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz:

  1. 30 yoshda vafot etadiganlar soni: d30=l30-l31=95002-94785=217 kishi

  2. 30 yoshda vafot etishi mumkin bo‘lgan kishilar soni:

q30=217/95002=0,00228;
v) 31 yoshgacha yashash ehtimoli bo‘lganlar soni: P30=1-q30=0,99772;
g) 30 yoshda yashovchilar o‘rtacha soni:
l30=95002+94785/2=94894 kishi;
d) 30 yoshga etganlarning yashash mumkin bo‘lgan davr: l300=4046901/95002=42,6 yosh
Хar bir yoshdagi bolalar sonini, shu yoshga mos bo‘lgan yashash koeffitsientiga navbatma-navbat ko‘paytirib, lozim bo‘lgan yosh guruhidagi bolalar sonini olish mumkin (migratsiya e’tiborga olmagan holda).
Ekstropolyatsiya usuli qo‘llaganda aholining tug‘ilishi, vafot etishi va migratsiya хaqidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi deb farq qilinadi. Eng umumiy va yaqinlashtirilgan darajada baholash uchun aholining umriy o‘sish koeffitsienti yoki avvalgi davrdagi aholining o‘rtacha yillik absolyut o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Kelajakdagi aholi sonini ekstropolyatsiya qilish uchun dinamika qatorini tekislash usuli asosida amalga oshiriladi.
Region aholisi bo‘yicha 2000-2010 yy. ma’lumotlari ma’lum. Olib borilgan tahlillar natijasida aniqlandiki, shu region aholisi sonini o‘zgarishini quyidagi funktsiya
At=148+0,05t+0,025t2 (2000 yil uchun t=1, 2001 yil uchun t=2 va
h.k.). 2011 yildagi aholi sonini bashoratlaymiz uning uchun t=13
A2011=148+0,05 х 13+0,025 х 132=152,86 ming kishi
Statistik modellashtirish asosida aholi soni bashoratlanganda regression modellardan foydalaniladi. Ular demografik voqealarni tanlab olingan omillarga (masalan, tug‘ilish-aholining savodlilik darajasiga, turmush farovonligiga, bolalar va davolash muassasalari bilan ta’minlaganlik darajasiga va h.k.) bog‘liqligini ifodalaydilar.
Kutilayotgan umr uzunligi (tug‘ilgan avlodning o‘rtacha yashashi mumkin bo‘lgan yoshlar soni) O‘zbekistonda 1926-1927 yillarda 43 yosh (shu jumladan, erkaklar 40 yosh va ayollar – 46 yosh)ga teng bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichning maksimal darajasi 1986-1989 yillarda 70 yoshga teng bo‘lib, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich pasayib bormoqda. 1998 yilda kutilayotgan umr uzunligi 67 yosh bo‘lib (erkaklar uchun – 61 yil, ayollar uchun – 73 yosh) boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.


Yüklə 60,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin