Aholining turmush darajasi ko’rsatkichlari. Kirish I bob



Yüklə 222 Kb.
səhifə4/7
tarix04.05.2023
ölçüsü222 Kb.
#107589
1   2   3   4   5   6   7
AHOLINING TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI.

Pensiya fondlari hajmi


Pensiyaning o’rtacha va eng kam miqdorlari

Tovar aylanishi hajmi

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tovar aylanishi

Bajarilgan xizmatlar hajmi

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlar salmog’i

Uy–joy fondining hajmi

Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy hajmi (kv.m., xona)

Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining soni

Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar va ishsizlar salmog’i

Aholining jamg’armalari

Jamg’armaning o’rtacha miqdori

Aholining tabiiy ko’payishi

Yashash davri

Ko’rsatkichlar alohida belgilar bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi: umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; obyektiv va subyektiv; qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proporsiyasi va tarkibi ko’rsatkichlarlari; statistik ko’rsatkichlar va boshqalar.


Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi. Umumiy ko’rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot tarmoqlarining bevosita iste’molga yo’naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar iste’mol fondi (to’plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan 1) iste’mol darajasi va usullari; 2) mehnat sharoitlari; 3) turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq, ammo aholi (mehnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va boshqalar bo’yicha aniqlashtirilgan.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini, ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar iqtisodiy ko’rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi. Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog’i va ularni differensiasiyalashda yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish davri haqida tasavvur hosil qiladi.
Ko’rsatkichlarning obyektiv va subyektiv turlarga bo’linishi insonlar hayot faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarning hajmi)ni o’z ichiga oladi.
Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar - oziq-ovqat mahsulotlari, energiya iste’moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-maishiy tovarlar ta’minotining hajmini ifodalaydi.
Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. Ular moddiy ne’matlar, xizmatlar iste’mol tarkibi, ovqatlanish, ma’lumot, malaka, uzoq muddatga muljallangan ijtimoiy-maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Aholi farovonligi proporsiyasi va taqsimot tarkibining (aholi qatlamlarini daromadlar bo’yicha taqsimlanishi, daromadlar va iste’molni konsentrasiyalash hamda differensiyalash ko’rsatkichlari va boshqalar) ifodalovchi ko’rsatkichlarni mustaqil ko’rsatkichlar sifatida ajratib ko’rsatish mumkin.
Statistik ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlar turmush darajasi ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin tutadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ilgari qabul qilingan tasnifdan foydalanish deyarli mumkin emas, chunki sho’rolar davrida tarkib topgan 280 dan ortiq ko’rsatkichni baholash juda murakkab va shu bilan birga so’nggi yillarda ijtimoiy taraqqiyotning yunalishlari, hisob yuritish va hisobot amaliyoti tub o’zgarishlarga yuz tutdi va mamlakatda milliy manfaatlarni himoya qiluvchi iqtisodiy omillar muhim o’rin tutadi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi, turmush qiymati indeksi va boshqalar);
2) aholi daromadlari;
3) aholi iste’moli va xarajatlari;
4) aholining pul jamg’armalari;
5) jamg’arilgan mol-mulklar va turar joylar;
6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo’lmasag’da, u sho’rolar davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari va ularning turlari


Iqtisodiyotda bir-biriga bog’liq bo’lgan munosabatlar borki, ularni hal qilmasdan mamlakatning farovonligini oshirish mumkin emas. Shular qatorida:



  • aholi daromadlarining pasayishi;

  • ishsizlikning paydo bo’lishi;

  • inflyasiya va hokazo.

Hozirgi davrda O’zbekistonda korxonalarning aksariyat qismi davlat tasarrufidan chiqarilgan. Lekin asosiy daromad keltiruvchi manbalar davlat qo’lida. Murakkab va ko’p xarajatlar talab qiladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat sektorining ahamiyati kuchaya boradi. Soliq tizimini to’g’ri yo’lga qo’yish, daromadi ko’p bo’lgan korxonalardan yuqori soliq undirilib, kam rivojlanayotgan sohalarni oyoqqa turg’azish zarurati paydo bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekiston modeliga muvofiq ichki bozorda tovarlar narxi va xizmatlar tarixi boshqa hamdo’stlik mamlakatlaridagi singari birdaniga erkinlashtirilmadi, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1991 yilning ikkinchi yarmidan 1994 yil iyul oyigacha, ya’ni milliy valyuta kiritilgunga qadar, yumshoq pul-kredit va byudjet siyosati zaminida daromadni shakllash sohasida liberal siyosat amalga oshirilgan davrni o’z ichiga oladi. Daromadlar siyosati nuqtai nazaridan birinchi bosqich quyidagi asosiy xususiyatlar bilan belgilanadi:

  • aholi pul daromadlari ustidan zaif nazorat;

  • aholi yalpi daromadlarida iste’mol subsidiyalarining salmoqli vazni;

  • fuqarolar tomorqa maydonlarining kengayishi hisobiga aholi natural daromadlari yangi manbalarining shakllanishi;

  • norentabel ishlab chiqarish sohalarida band bo’lganlarni «avaylab» olib chiqish hisobiga rasmiy ishsizlik darajasini sekin o’sish hamda «Bankrotlik to’g’risida» qabul qilingan Qonunning samarali ta’sir o’tkazmasligi.

Ikkinchi bosqichda – 1994-1996 yillar mobaynida, qat’iyroq pul-kredit va byudjet siyosati qo’llanila boshlaganida, daromadlar siyosati ham o’zgarishlarga duch keldi.
Daromadlar siyosatining mazkur bosqichini izchil o’tkazish natijasida 1996 yilga kelib quyidagilarga erishildi:

  • aholi pul va yalpi daromadlarining o’sishi boshlandi;

  • daromad shakllanishi manbalari tarkibida ishbilarmonlik faoliyati, mulkchilik, shaxsiy yordamchi xo’jalik yuritish va boshqa daromadlar ulushi ko’tarildi.

Ishlab chiqarishning pasayishi, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni qayta shakllantirish, yashirin ishsizlikning o’sishi aholi qo’lidagi real daromadlarga ta’sir etdi va ular 1991-1995 yillar mobaynida amalda ikki baravarga pasaydi. Ayniqsa real daromadlarining pasayishi byudjet hisobidan yashayotgan aholida namoyon bo’ldi. Chunki byudjet sohasida sobit daromadlariga soliq solish osonroq bo’lib, yangidan paydo bo’layotgan xususiy sektorda odamlar ish haqiga soliq solish qiyinroq ko’chadi. Shuning uchun soliqning asosiy og’irligi aholining sobit daromadli qatlamlariga tushadi.
Ayni paytda xilma-xil ishbilarmonlik faoliyati turlaridan olinadigan daromadlar o’sdi hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishdan olingan foyda ko’paydi. Aholi daromadlarining ortishi ish bilan bandlik oshishiga olib keldi. Masalan, hozirgi kunga kelib aholi ish bilan bandligining mintaqaviy dasturlari asosida qishloq joylarda yashovchilarning 200 ming nafardan ortig’i ishga joylashdilar, bularning 90%dan ortiqrog’i iqtisodiyotning nodavlat sektorida mehnat qilmoqda. Ularning 40%dan ziyodrog’i xususiy mehnat faoliyatining turli shakllarida, 20%i atrofidagilar kichik biznes tarzidagi xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishga kirishdilar.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan tanlab oluv tekshirishlariga ko’ra, oilalarning umumiy daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish birmuncha yuqori –22,0% bo’lib, bu aholining shakllanib kelayotgan bozor sharoitlariga moslashayotganidan dalolatdir.
Aholi daromadlarining ortishi iste’mol bozori ta’minlanishining yaxshilanishi bilan birga kechdi. O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tovar ishlab chiqarishining ortishi bozorda talab va takliflarning baravarlashuviga sezilarli ta’sir qildi.
Chakana tovar aylanuvi hajmi qiyosiy baholarda 12,7% ortib, 497,9 mlrd. so’mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga tovar aylanuvi 21 ming so’mdan ortdi, bu esa 1996 yil darajasidan 2 baravar yuqoridir.
Pullik xizmat hajmi 21,2%ga yetib, 70,3 mlrd so’mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga pullik xizmatlardan foydalanish 2 baravardan ham ko’proq ortdi.
Aholining tadbirkorlik va xususiy mehnat faoliyati sohasida ishlashdan olayotgan daromadlari ortayotganligi tamoyiliga ijobiy baho bergan holda, ish haqining rag’batlantiruvchilik roli pasayib borayotganligi tamoyilini ham qayd qilish kerak. Bu esa aholini soliqqa tortilishdan bekitiqcha ikkinchi va uchinchi daromad manbalarini qidirib topishga undaydi. Bundan tashqari, ish haqining unumsiz darajasi ishlab chiqaruvchilar mehnatini, ijodiy mehnatni rag’batlantirmaydi va uning sifati tobora pastlashiga olib keladi. Ta’lim va sog’liqni saqlash sohasida o’rtacha ish haqi darajasining pastligi ayniqsa tashvishlanarlidir, zero bu hol ta’lim muassasalarida o’qitish-o’rgatishning va davlat shifoxonalarida davolash sifatining pastligiga sabab bo’ladi.
Oilalarning umumiy daromadi shakllanishida shaxsiy tomorqa xo’jaliklari daromadi hissasining ortishi davom etmoqda.
Tomorqa ilgaridan mavjud bo’lgan bozor xo’jaligidir. Avvallari ham u erkin ishlovchi xo’jalik uchun muhim daromad manbai hisoblangan, oziq-ovqat ta’minotiga o’z hissasini qo’shgan, dehqon bozorini to’ldirgan, hatto chetga mahsulot chiqarishda qatnashgan. Tomorqa mayda tovar xo’jaligi sifatida bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushadi. Aslida islohotlar aholiga tomorqa uchun yer ajratishdan boshlangandi. Jami 500 ming gektar yer berildi, natijada bugungi kunga kelib aholi ixtiyoridagi yer maydoni 650 ming gektarni tashkil etdi. Tomorqa xo’jaligini davlat har taraflama qo’llab-quvvatladi, bu soha soliq yukidan forig’ etildi, uning sohiblari nimaiki zarur bo’lsa, erkin bozordan sotib olish imkoniga ega bo’ldilar. To’la-to’kis erkinlik uning rivojini ta’minladi va, tabiiyki, daromadga baraka kirdi. Agar 1991 yili aholining o’z xo’jaligidan olgan mahsulotini sotishdan tushgan pul umumiy daromadning 9,7 foizini tashkil etsa, bugungi kunga kelib bu ko’rsatkich 22-25 foizga yetdi. Demak, tomorqaning daromaddagi hissasi 2,5 marta oshdi. Bozorni to’ldirib turish tomorqa sohiblariga daromad keltiradi, albatta. Endilikda tomorqadan kelgan pul daromadi ishchi va xizmatchilar oilasi daromadining 4,5 foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich tadbirkorlik qiluvchilar (fermerlar)da 27,3 foiz, jamoa xo’jaligi a’zolarida 29,9 foiz, nafaqadorlarda 11,9 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, aholining hamma qatlamlari uchun tomorqa yaxshigina daromad manbaiga aylandi.
Tomorqa xalqimizning mehnatsevarligini yorqin ifoda etuvchi oilaviy xo’jalikdir. Tomorqa daromad manbai sifatida yaqin orada o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, chunki u mohiyatan bozor xo’jaligidir.
Aholi daromadlari - bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir. Inson hayotida aholining talab-ehtiyojlar darajasi va tarkibi daromadlarning bevosita miqdoriga bog’liqdir.
Daromadlar darajasini tahlil etish, o’lchash va taxmin qilish uchun daromadlarning har-xil turlari va ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ana shuning uchun ham ulardan eng ko’p tarqalgan turlarini ko’rib chiqishimiz zarur.
Daromadlar pul va natural shakllari. Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, renta ko’rinishidagi daromadlar; aksiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish uchun haqlar va hokazolardan tashkil topadi. Aholi daromadlarini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yil 1 oktyabrdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonga ko’ra, eng kam ish haqi amaldagi 7835 so’mdan 9400 so’mga oshdi, byudjet tashkilotlari, muassasalari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalarning miqdori, oliy o’quv yurtlari talabalari, o’rta maxsus va hunar-texnika o’quv yurtlari o’quvchilarining stipendiyalari va ijtimoiy nafaqalar o’rta hisobda 1,2 baravar oshirildi.
Aholining natural daromadlari - qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat.
Pul va natural daromadlarning nisbati tez-tez o’zgarib turadi, ammo pul shakli ko’proq tarqalgan. Odatda, aholining kambag’al qatlamlarida natural daromadlar hissasi yuqori bo’ladi. Iqtisodiy vaziyat yomonlashgan davrda natural daromadlar salmog’i oshib ketadi, jamoa xo’jaliklari dehqonlarida natural daromadlar hissasi sanoat ishchilari natural daromadlari hissasiga nisbatan doimo yuqori bo’ladi, buni byudjet tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.
Daromadlarning bir qismi moddiy farovonlikni ta’minlashga, boshqa qismi xizmatlardan foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarkibiga pul daromadlarining oshishigina emas, balki aholi tarkibining o’zgarishi, uning ilmiy-madaniy saviyasi o’sishi ham ta’sir etadi.
Daromadlarni nominal, ixtiyordagi va real daromadlarga ajratiladi. Nominal daromadlar soliq, narxlarni hisobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini tavsiflaydi. Ixtiyordagi daromadlar - bu soliq va boshqa majburiy to’lovlar hisobdan chiqarilgandan keyin qolgan nominal daromadlardir. Demak, ular aholining jamg’arish va ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanadigan mablag’larini o’z ichiga oladi. Real Ixtiyordagi Daromadlar tariflar, baholar indeksini hisobga olgan holda hisoblanadi va nominal daromadlarning real xarid qobiliyatini ko’rsatadi. Real ixtiyordagi daromadlar quyidagicha hisoblanadi:



Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin