chizma. Iste’mol byudjeti va uning eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro aloqasi
Me’yoriy byudjetga asoslangan moddiy ta’minlanganlik minimumi ish haqini differensiasiyalashni prognozlashda (boshqarishda) asosiy elementlardan biri bo’lib xizmat qiladi. Ish haqining eng kam miqdori jamiyatda mavjud resurslarga bog’liq bo’lmasa, moddiy ta’minlanganlik minimumini ta’minlash uchun boshqa manbalardan foydalaniladi (ijtimoiy iste’mol fondi, shaxsiy tomorqa xo’jaligi va shu kabilar).
Me’yoriy iste’mol byudjeti yolg’iz kishilar va oilalilar uchun (son va yosh tarkibi turlicha bo’lgan), aholining turli guruhlari, oilaning ishlamaydigan a’zolari, mamlakatning turli hududlari uchun ishlab chiqiladi. Mamlakat hududlari bo’yicha me’yoriy byudjetlar turmush qiymatidagi farqni aniqlash, hudud koeffisiyentini asoslashga yordam beradi. Moddiy ta’minlanganlik minimumiga erishish yo’llarini asoslashda ularni qoplash manbalarini aniqlash katta ahamiyatga ega (eng kam ish haqi va pensiyalar, nominal va real ish haqini oshirish, ijtimoiy transfertlar, shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olinadigan daromadni ko’paytirish va shu kabilar). Biroq oilalarda ish bilan bandlar va boqimandalarning turli nisbatlari yuzaga keladi, bu esa oila ta’minlanishiga ta’sir etadi. Kam ta’minlanganlik muammosini hal etish uchun ish haqini muntazam oshirib borish, oilada bandlikni oshirish, pensiya ta’minotini yaxshilash, soliq bo’yicha imtiyozlar belgilash, tovar va xizmat haqlarini kamaytirish, bolalarni boqish uchun davlat tomonidan beriladigan nafaqalar mikdorini ko’paytirish, yolg’iz qariyalarga ko’maklashish va shu kabilar lozim.
Oilaning yashash minimumini shakllantirishda yolg’iz kishilar va oilalilarning iste’mol xarajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinadi. Oiladagilar soni oshib borishi bilan iste’mol xarajatlari pasayib boradi. Masalan, agar ikki kishi birgalikda yashasa, ularning jon boshiga xarajatlari (kommunal xizmatning ba’zi turlari bo’yicha to’lovlardan tashqari) yolg’iz yashovchining xarajatlaridan ikki barobar kam bo’ladi. Bu uzoq vaqt foydalanishga mo’ljallangan tovarlarga ham taalluqli. Buyumlar bir boladan boshqasiga o’tishi ham hisobga olinadi (ayniqsa, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarda). Shu munosabat bilan daromadlari turli darajada bo’lgan oilalarda birgalikda yashash evaznga xarajatlarning kamayishi koeffisiyenti hisoblab chiqilgan. Masalan, balog’atga yetgan to’rtta odam yashaydigan oilada iste’mol xarajatlari 10 foizga kamayadi, oilada yashovchi pensioner uchun yashash minimumi yolg’iz pensionernikidan 10-15 foiz past.
Aholi ehtiyojiga tabiiy-iqlimiy sharoitlar, joylashish xarakteri, milliy an’analar ham ta’sir ko’rsatadi. Nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar xarajati uzoq vaqt foydalanishga mo’ljallangan buyumlar bilan ta’minlanganlik va xizmat muddati me’yorlari asosidagi normativ usul yordamida aniqlanadi. Hisob-kitoblar tovarlar guruhi bo’yicha ishlab chiqiladi: garderob predmetlari (ust kiyim, poyabzal va hokazolar), sanitariya-gigena vositalari, dori-darmonlar, uzoq vaqt foydalanishga mo’ljallangan tovarlar (mebel, elektr asboblari, avtomobil va hokazo).
Uy-joy va kommunal xizmat xarajatlari ushbu regiondagi narxlar va tarif normativlariga qarab belgilanadi. Bunda soliqlar va majburiy to’lovlar xarajatlari ham hisobga olinadi.
Oilaning yashash minimumi byudjeti uning tarkibi va katta-kichikligiga qarab aniqlanishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, yashash minimumi ancha tor tuzilgan, unda faqat fiziologik minimumni ta’minlovchi me’yordan foydalanilgan va tamaki mahsulotlari, delikateslar, madaniy ehtiyojlar hisobga kiritilmagan, nooziq-ovqat tovarlari, xizmatlar, soliqlar esa yetarli darajada hisobga olinmagan. Yashash minimumidan farqli o’laroq, minimal iste’mol byudjeti ana shu xarajatlarni to’la hisobga oladi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko’ra, minimal iste’mol byudjeti yashash minimumi byudjetidan 3-4 baravar ortiq. Minimal iste’mol byudjeti va yashash minimumi byudjeti bilan birga rasional iste’mol byudjeti ham hisoblanadi, uning yordamida ilmiy asoslangan rasional me’yorlarga muvofiq ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan daromadning tarkibi va miqdori aniqlanadi. Rasional byudjet va iste’molning rasional me’yori insonning oqilona ehtiyojlarini to’la qondirish tamoyili asosiga quriladi. Iste’molni real me’yoriga muvofiq bo’lgan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan iste’mol darajasiga yetish mamlakat miqyosida o’rta tabaqani shakllantirish vazifasini hal etishga yordam beradi.
Barcha aholi uchun iste’molni rasional darajaga yetkazish jarayonini ikki bosqichga ajratish mumkin: birinchisi - rasional byudjetga mos keluvchi daromadni va iste’molni o’rtacha darajasiga yetish; ikkinchisi - jamiyat har bir a’zosining rasional iste’molini ta’minlash. Bu ikki bosqichni farqlash iqtisodiy mazmunga ega. U daromadlar va iste’molning ba’zi elementlari harakati tendensiyasidagi tub o’zgarishlar va iste’mol tuzilmasining o’zgarishi bilan bog’liq. Ammo rasional iste’mol byudjetining mohiyatini mutlaqlashtirib bo’lmaydi. U faqat prognozlashning dastlabki punktini tashkil etadi. Rasional iste’mol va ta’minot me’yorlari shunday vositaki, ular yordamida xalq farovonligini oshirishning ustivor yo’nalishlarini miqdor va sifat jihatdan ifodalash; ijtimoiy muammolarni yechish, turmush darajasi (sifati) konsepsiyasini ishlab chiqish mumkin.
Iste’mol byudjetlari turli tovarlar va xizmatlarning ma’lum to’plami asosida tuziladi. Iste’mol to’plamlari turli iste’mol byudjeti uchun belgilangan bo’lib, unga kiruvchi tovarlar va xizmatlar tarkibi bilan ham, ularning hajmi bilan ham farqlanadi. Minimal iste’mol byudjetini hisoblashda bir qator tovarlar (xizmatlar) hisobga olinadi va minimal iste’mol me’yorlari yashash minimumiga nisbatan ancha yuqori (masalan, go’sht mahsulotlari bo’yicha - ikki baravar ortiq).
Iste’mol savati - insonning salomatligini saqlash va uning hayot-faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to’plamidir. Aslida, iste’mol savati uchta savatga iborat: oziq-ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste’mol savati kamida 5 yilda bir marta uslubiy tavsiyalar asosida aniqlashtiriladi. Iste’mol savatida oziq-ovqat savati muhim o’rin tutadi.
Oziq-ovqat savati - bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan mahsulotlar to’plami (u mahsulotlar iste’molining minimal me’yori asosida hisoblab chiqilgan) va bu to’plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani ta’minlaydi, asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning an’anaviy ko’nikmalariga to’g’ri keladi (7.2.-jadval).
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning minimal miqdoriga O’zbekiston Respublikasida non mahsulotlari, kartoshka, sabzavot, meva-cheva, go’sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, tuxum, baliq mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari, o’simlik yog’i, margarin, boshqa mahsulotlar (tuz, qalampir va shu kabilar) kiradi. Minimal to’plam tarkibiga tamaki mahsulotlari, alkogolli ichimliklar, delikateslar kiritilmagan.
Minimal iste’mol savatini ishga layoqatli yoshdagi aholi uchun shakllantirishga asos qilib ishlayotgan erkak kishiga sutkada 2720 kkal, oqsil iste’molini - 88,7 (shu jumladan, hayvonniki - 31,5), uglevodlarni 4412 g/sutkani ta’minlovchi oziq-ovqatlar to’plami olinadi.
jadval
Aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlari uchun tavsiya etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari to’plami (yiliga kg hisobida)1
Mahsulot turi
|
O’rtacha aholi jon boshiga
|
Erkaklar
(16-59 yosh)
|
Ayollar (16-59 yosh)
|
Pensio-nerlar
|
Bolalar
|
0-6 yosh
|
7-15 yosh
|
1. Non mahsulotlari
|
130,8
|
177,0
|
124,9
|
119,0
|
279,0
|
112,3
|
2. Kartoshka
|
124,2
|
160,0
|
120,0
|
90,0
|
85,0
|
135,0
|
3. Sabzavotlar
|
94,0
|
80,8
|
96,8
|
96,8
|
85,0
|
120,0
|
4. Meva–chevalar
|
19,4
|
14,6
|
12,6
|
10,6
|
34,4
|
44,4
|
5. Shakar va qandolat mahsulotlari
|
20,7
|
20,8
|
19,8
|
18,8
|
19,7
|
26,1
|
6. Go’sht mahsulotlari
|
26,6
|
32,2
|
25,0
|
19,8
|
18,7
|
33,5
|
7. Baliq mahsulotlari
|
11,7
|
12,7
|
10,7
|
12,7
|
8,7
|
12,5
|
8. Sut mahsulotlari
|
212,4
|
201,7
|
179,4
|
174,1
|
179,0
|
303,4
|
9. Tuxum (dona)
|
151,4
|
180,0
|
150,0
|
90,0
|
150,0
|
180,0
|
10. O’simlik yog’i va margarin
|
10,0
|
11,2
|
9,8
|
8,9
|
6,8
|
11,7
|
Yashash minimumi ko’rsatkichlari davlat tomonidan ijtimoiy siyosat yuritishda qo’llaniladi (xususan, aholining turmush darajasini baholash uchun yashash minimumidan past, teng va yuqori daromadli aholi salmog’i aniqlanadi), aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash uchun aniq yetib boradigan manzilli ijtimoiy yordam uchun negiz bo’lib xizmat qiladi, eng kam ish haqi va pensiyalarni asoslashda foydalaniladi, shuningdek, kam ta’minlanganlik mezoni hamdir.
Shunday qilib, iste’mol savati va yashash minimumi insonning hayot faoliyatini to’laroq ta’riflash imkonini beradi va aholi turmush darajasi hamda daromadlar ko’rsatkichlari tizimining tarkibiy qismidir.
XULOSA
Aholining farovonlik darajasini ifodalashda «turmush darajasi», «xalq farovonligi», «turmush faoliyati xavfsizligi», «turmush tarzi», «mehnat faoliyati sifatida», «turmush sifati» kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini ham aytib o’tish lozim.
Turmush darajasi – bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik ko’lami va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Aholi daromadlari – aholi yoki oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab topilgan pul yoki natura shaklidagi mablag’lar yig’indisidir. Aholining talab-ehtiyojlar darajasi va tarkibiy daromadlar va miqdorlariga bevosita bog’liqdir.
Iste’mol savati – insonniy salomatligini saqlash va uning hayot-faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to’plamidir.
Aholining farovonlik darajasini ifodalashda «turmush darajasi», «xalq farovonligi», «turmush faoliyati xavfsizligi», «turmush tarzi», «mehnat faoliyati sifatida», «turmush sifati» kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezmlarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini ham aytib o‘tish lozim.
Turmush darajasi – bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik ko‘lami va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi ko‘rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Aholi daromadlari – aholi yoki oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab topilgan pul yoki natura shaklidagi mablag‘lar yig‘indisidir. Aholining talab-ehtiyojlar darajasi va tarkibiy daromadlar va miqdorlariga bevosita bog‘liqdir.
Iste’mol savati – insonnig salomatligini saqlash va uning hayot-faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to‘plamidir.
Adabiyotlar ro‘yxati
Dostları ilə paylaş: |