RID q(ND-ST)*Jpxk
Bunda: ND - nominal daromadlar (so’m);
ST - soliqlar, majburiy to’lovlar (so’m);
Jpxk - pulning xarid qobiliyati indeksi (narxlar indeksiga teskari kursatkich).
Ish haqi, tadbirkorlik daromadlari, ijtimoiy transfertlar va boshqalar pul daromadlarining asosiy manbalaridir.
Ko’p yillar davomida ish haqi sifatida olingan daromadlar aholi daromadlarining asosiy manbasi vazifasini o’tagan. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida daromadlar salmog’ida ish haqining ulushi kamaydi va 1999 yilda 28,0 foizni tashkil etdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda mehnatga yarasha haq to’lash tamoyili buzilishining obyektiv sabablari mavjud, jumladan, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi va daromadlar yangi manbalarining paydo bo’lishi (tadbirkorlik faoliyatidan va mulkdan olinadigan daromadlar). Bu qisqarish ijtimoiy transfertlar sifatida shakllanadigan daromadlar manbai bo’lgan ijtimoiy fondlarga mablag’ ajratilishining kamayishiga olib keladi.
Nominal (ya’ni belgilangan) va real ish haqlarini ajratish lozim. Nominal ish haqi soliq va majburiy to’lovlar chegirilmagan ish haqi yig’indisidir. Ixtiyordagi ish haqi – bu, daromad solig’i va pensiya fondiga majburiy ajratmalar hisobdan chiqarib tashlangandan keyin qolgan ish haqi yig’indisidir. Real ish haqi – bu, soliq, narxlar va tariflarning o’zgarishini hisobga olgan holdagi nominal ish haqi, ya’ni nominal ish haqi hisobiga olish mumkin bo’lgan real moddiy boyliklardir. Masalan, nominal ish haqining 20 foizga, narxlarning esa 15 foizga o’sishi (soliqlar o’zgarmagan takdirda) Real ish haqining 4,3 foizga o’sishiga olib kelishi mumkin (120 :115 x 100q104,3).
Real ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
RIHq(NIH-SA) x Jpxk
Bunda: NIH - nominal ish haqi (so’m);
SA – soliqlar, ish haqidan majburiy ajratmalar (so’m).
Foyda - ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar uchun qo’shimcha daromad manbaidir. Sof foyda hisobiga investisiyalar, innovasiyalardan olinadigan daromadlar, dividendlar, monopoliyalar daromadlari, ba’zi ijtimoiy to’lovlar, imtiyozlar va hokazolar amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning yangi manbai - tadbirkorlikdan keladigan daromadlar yoki tadbirkorlik daromadlari paydo bo’ladi. Bu daromadlar tadbirkor bajaradigan funksiya uchun mukofotdir (ishni, kapitalni, tabiiy resurslarni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun yo’naltirish; firmani boshqarish, innovasiyalarni kiritish bo’yicha qarorlar qabul qilish, tavakkalchilik bilan mablag’ sarflash). Bu daromadlar tadbirkor tomonidan kredit uchun foiz to’langandan keyin qoladigan foyda hisobiga shakllanadi. O’zgaruvchan bu miqdor boshqarishning natijasiga bog’liq bo’ladi. Foyda qonuniy va noqonuniy, xo’jalikning samaradorligiga bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan tarzda yuzaga kelishi mumkin.
Aholi daromadlarining muhim manbasi ijtimoiy iste’mol fondlari bo’lib, iste’molni jamoa shakli orqali taqsimlash usulidir. Daromadlarning bu manbasiga, turli baholarga qaraganda, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan umumiy daromadning 1/5 qismidan 1/3 qismi to’g’ri keladi. Bunda ijtimoiy iste’mol fondlaridan to’lanadigan to’lovlar, xizmatlar, imtiyozlarning ikki xil shaklini ajratish mumkin: pulli va pulsiz shakllar.
Pulli shakldagi ko’plab mablag’lar pensiya ta’minoti (yosh, nogironlik, staj, boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha), bolalar, ishsizlik nafaqalari to’lash va hokazolar uchun sarflanadi va ijtimoiy transfertlar deyiladi.
2.3. ISTE’MOL BYUDJETLARINING MOHIYATI VA TURLARI. YASHASH MINIMUMI VA ISTE’MOL SAVATI
Mehnat motivasiyasida ish haqi va ijtimoiy transfertlarning nisbati muhim. Daromadlar tarkibida ish haqining ulushi ustun bo’lsa, faol mehnat, tadbirkorlik, tashabbus rivojlanadi, agar ijtimoiy transfertlar hissasi oshib ketsa, ko’pincha boqimandalik kayfiyati kuchayadi.
Shaxsiy (oilaviy) daromadlar miqdori yig’indisi pul daromadlari va natural daromadlardan tashkil topadi. Natural daromadlar shaxsiy tomorqa va uy xujaligidan olinadigan hamda aholining ta’lim, tibbiy xizmat va hokazolarni ta’minlovchi pulsiz daromad turlaridan vujudga keladi.
Shaxsiy tomorqa xo’jaligi shaxsiy va oilaviy daromadlarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Jamiyat rivojlanishining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy davrida shaxsiy tomorqa xo’jaligi aholining ba’zi guruhlari uchun asosiy daromad manbai bo’lib qoladi.
Oila byudjeti. Oila - qarindosh bo’lgan yoki boshqa xususiyatlari bilan bog’langan, birga yashayotgan va birgalikda xo’jalik yuritayotgan shaxslar jamoasidir. Keyingi yillarda oila iqtisodiyotiga qiziqish o’sdi. O’zbekistonda milliy hisob-kitob tizimiga o’tilishi munosabati bilan uy xo’jaligiga iqtisodiyotning muhim subyektlaridan biri sifatida qaralmoqda. Hozirgi sharoitda uy xo’jaligining umumiy daromadlarini o’lchash aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish, soliqqa tortish tizimini oqilona tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uy xo’jaligi birga yashayotgan va umumiy byudjetga ega bo’lgan bir yoki bir necha shaxs tomonidan olib boriladi. Odatda, uy xo’jaligi a’zolar soni bo’yicha oila bilan mos keladi, ammo ba’zi holatlarda bir necha oilalar birgalikda uy xo’jaligi yuritishi mumkin.
"Uy xo’jaligi" atamasini turlicha ifodalash mumkin, masalan:
- oilani statistik belgilash;
- an’anaviy uy ishlari yig’indisining umumlashma nomi (bolalarga qarash, ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, oddiy ta’mirlash ishlari va h.k.);
- oilaning daromad-kategoriya, daromad-mulk va xarajat-iste’mol tavsiflarini o’z ichiga oluvchi statistik ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha.
Oilalar daromadlarining shakllanishi nuqtai nazaridan uy xo’jaligining quyidagi funksiyalari muhim: 1) mehnat ishlab chiqarish funksiyasi; 2) iqtisodiy nomehnat funksiyalar (uy xo’jaligining umumiy daromadlari asosiy manbai).
Birinchisiga quyidagilar kiradi: yakka tartibdagi mehnat faoliyati, ya’ni uy sharoitida kiyim-bosh, poyabzal tikish, mebel yasash, maishiy xizmat ko’rsatish; agrar faoliyat, ya’ni yer, yer uchastkasining barcha turlaridan foydalanish; an’anaviy uy ishlari - ovqat tayyorlash, bolalarga qarash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim, poyabzalni ta’mirlash va h.k.; yakka tartibdagi oilaviy savdo - ilgari to’plangan oilaviy mulkni sotish, turli tovarlarni olib-sotish.
Iqtisodiy nomehnat funksiyalar: oilaviy lizing (uy, dala-hovli, yer, avtomobil, qayiq kabilarni ijaraga berish va shu kabi); bo’sh turgan pullarga qimmatli qog’ozlar (veksellar, obligasiyalar, aksiyalar va h.k.) sotib olish va foydalanish.
Oila daromadlarining asosiy qismi mehnatda, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishdan olinadigan daromad, ijtimoiy trasnfertlardan yuzaga keladi.
Oila byudjeti daromad va xarajat qismlarga bo’linadi Oilaning daromadlari va xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar oilaning turi (soni va ijtimoiy-demografik tarkibi, "ishlovchilar" va boqimandalarning o’zaro nisbati va shu kabilar), ish bilan bandlik xarakteri, olinadigan daromadlar darajasi, uy-joy, madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlanganligi, turar joyi, joylashish xarakteri, istiqomat qiladigan hududi va hokazolar bilan bog’liq. Oila byudjetini tekshirish asosida ishchi va xizmatchilar, kolxozchilar va alohida pensionerlar oilalarining daromadlari yig’indisi hisoblab chiqiladi. Daromadlar yig’indisi tarkibiga ish haqi (jamoa xo’jaliklari a’zolariga haq to’lash), pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va ijtimoiy iste’mol fondlaridan boshqa to’lovlar kiradi, jumladan, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida, bolalar lagerlarida tarbiyalash uchun dotasiyalar, shuningdek, sanatoriyalar, dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo’llanmalar qiymati, shaxsiy tamorqa xo’jaligidan olinadigan daromadlar ham kiradi.
Bozor iqtisodiga o’tish yillarida oilalar umumiy daromadlari shaxsiy umumiy daromad va aholining yalpi daromadlari tarkibi o’zgarishlarga yuz tutadi va bu o’zgarishlar quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:
1) ish haqi daromadlarning asosiy qismini tashkil etadi, ammo uning salmog’i pasaymoqda;
2) Ijtimoiy Iste’mol Fondidan to’lovlar barcha daromadlarning taxminan 1/6 qismini tashkil etadi va o’sib borishi kuzatilmoqda;
3) shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olinadigan daromadlar salmog’i oshib bormokda, aholi iste’mol muammosini o’z kuchi bilan hal etishga urinayotgan hozirgi murakkab iqtisodiy vaziyatda bu tabiiy holdir.
4) boshqa manbalar salmog’i oshib bormoqda va bu o’sishning davom etishi kutilmoqda;
5) bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga layoqatli har bir inson o’z moddiy farovonligi uchun o’zi ma’suldir.
Oila byudjeti asosida oilaning iste’mol daromadi hisoblab chiqiladi, u umumiy daromadlardan farqli o’laroq, o’z mazmun-mohiyati jihatidan oilaning soliq va jamg’armalari chiqarib tashlangandan so’ng qolgan pul xarajatlariga to’g’ri keladi. Uning hajmi, miqdori xarajat turlariga qarab taqsimlanadi.
Oilaning umumiy daromadlarini tahlil etishda quyidagi ko’rsatkichlar hisoblab chiqiladi:
ovqatlanish xarajatlari;
nooziq-ovqatlarni sotib olish xarajatlari;
maishiy xizmat, soliq, yig’imlar, to’lovlar xarajatlari;
naqd pul, jamg’arma banklariga qo’yilgan jamg’armalar, chorva, parranda va boshqalar tabiiy ko’payishi natijasida jamg’armalarning oshishi.
Statistik amaliyotda, shuningdek, ta’lim olish, tibbiy xizmat qiymati va uy-joy uchun dotasiyalar ham qo’shilgan umumiy daromadlar miqdori ham hisoblab chiqiladi. Bu ko’rsatkichlardan, odatda, xalqaro tekshiruvlarda foydalaniladi.,;,;,;,;;,,;,;;
Daromadlar darajasini oshirish muammolarini hal etishda iste’mol byudjeti asosida aholini minimal daromad bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Iste’mol byudjeti moddiy va ma’naviy ne’matlar va xizmatlar iste’moli salmog’i va tarkibining qiymati bahosi hamda soliqlardan iborat. Ehtiyojni qondirish darajasiga qarab, moddiy ta’minlanganlik minimumi, rasional va elitar iste’mol byudjetlari mavjud. Ular aholining quyi, o’rta va yuqori (juda yuqori) daromadli guruhlariga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, haqiqiy va me’yoriy byudjetlar ham mavjud, me’yoriy byudjetlar daromadlar siyosatining ijtimoiy normativlaridan biridir.
Iste’mol byudjeti faqat aholi guruhlari uchun emas, balki mamlakat hududlari uchun ham belgilanishi mumkin. Bunda hisob-kitobning turli xillaridan foydalaniladi: me’yoriy (tovar va xizmat iste’moli va ularning haqiqiy bahosi normativlari asosida); statistik (aholining ayrim qatlamlari ega bo’lgan real daromadlar darajasida); murakkab (ovqatlanish me’yorlari va amaliy xarajatlar asosida); subyektiv (ekspertlar so’rovi va jamoatchilik fikri asosida); resurs (aholining ma’lum iste’mol minimumini ta’minlash uchun davlatning obyektiv imkoniyatlari asosida). 7.2-rasmda iste’mol byudjetining eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan.
Iste’mol byudjeti yuzlab tovarlarni (xizmatlarni) o’z ichiga oladi, ammo hisob-kitoblarda, odatda, eng muhimlari (ovqatlanish, kiyim-kechak, poyabzal, sanitariya va gigena vositalari, dori-darmon, mebel, idish-tovoq, madaniy mollar, uy-joy va maishiy xizmat, transport, aloqa xizmati va h.k.) e’tiborga olinadi va ular minimum moddiy ta’minlanganlik byudjetiga kiritiladi.
Har bir davr bo’yicha aholi va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy ta’minlanganlik minimumi mavjud. Bu minimum obyektiv miqdor bo’lib, ijtimoiy kuchlarning rivojlanish darajasiga bog’liq. Moddiy ta’minlanganlik minimumi me’yoriy iste’mol byudjeti yordamida aniqlanadi. Iste’mol byudjeti hisob-kitob tavsifiga ega va ma’lum normativlarga asoslanadi. Me’yoriy byudjet moddalarining asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri hisoblanadi, ya’ni oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli me’yori, xizmat ko’rsatish normativi, ularni xarid qilish baholari inobatga olinadi.
Moddiy ta’minlanganlik minimumi byudjeti joriy vaqt uchun va istiqbolga mo’ljallab tuzilishi mumkin. U natural va pul shaklida ifodalanadi. Mehnatkashlar va ularning oilalari minimal ehtiyojlari moddiy va madaniy ne’matlar iste’moli darajasi va tarkibi qanday bo’lishi bu minimumni ta’minlaydigan daromadlar miqdorini aniqlash imkonini beradi. Masalan, ishchi kuchini (aholi) normal takror ishlab chiqarish uchun ishchining (xizmatchi, dehqon) oilasidagi balog’atga yetgan kishilarning energiya sarfini qoplash va qoniqarli hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan fiziologik me’yor darajasida ovqatlanishi hamda kiyim-bosh, poyabzal, ichki kiyimlar, gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi, kommunal xizmat, transport va aloqa xizmati uchun haq to’lash, shuningdek, madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun minimal daromadga ega bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |