Ajiniyoz nomidagi ndpi ellikqal’a pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Suxanova Maxrijemalning Tarbiya ishlari metodikasi fanidan Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mavzusida tayyorlagan Kurs ishi



Yüklə 31,26 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü31,26 Kb.
#111252
Kurs ishi. Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari



Ajiniyoz nomidagi NDPI Ellikqal’a pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Suxanova Maxrijemalning Tarbiya ishlari metodikasi fanidan Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mavzusida tayyorlagan
Kurs ishi


Topshirdi: Suxanova M
Qabul qildi: Ixlasov I
Mavzu: Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari
REJA:
Kirish
Asosiy qism

  1. bob. Ma'naviyatni shakllantirishda oila va ota-onaning o‘rni.

    1. Ma'naviyat va shaxs haqida batafsil ma'lumot.

    2. Shaxs shakllanishida muhitning o‘rni va oilada ma'naviyatni rivojlantirish.

    3. Milliy an'ana va qadriyatlarning inson hayotidagi tutgan o'rni.

2- bob. Adabiyot va san'at - shaxs ma'naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.
2.1. Inson hayotida adabiyotning o‘rni.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma'naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning axloqiy, falsafiy, badiiy, huquqiy, ilmiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida "ma'no" so‘zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‘ybasti, ko‘rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag‘ishlaydi. Ma'naviyat ma'rifat va madaniyat bilan chambarchas bog'liq. Ma'naviyat odamlarda tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil o‘qish va o‘rganish hamda tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma'naviyat qanchalik boyib borsa jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o‘zining "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida aytganidek "Ma'naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak". Ma'naviyatli odam yashashdan maqsadi nima ekanligini aniq biladi, umrini mazmunli o‘tkazish yo‘lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolg'on nima, or-nomus nima, halol va harom - bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi ma'naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish , vatanparvarlik inson ma'naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma'naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, iste’dod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, g'ururi, obro‘-e'tibori hisoblanadi. Ma'naviyatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli bo‘ladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz ma'naviyatni tasavvur qilish qiyin. "Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi", degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov. Shu sababli O‘zbekistonda ma'naviyatni yuksaltirish, xalqni ma'naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviyatimiz "Avesto" va zardushtiylik ta'limotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda ma'naviyat va ma'rifatni ko‘tarish, targ‘ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi tashkil etilgan. "Agar kimdir, ma'naviyat masalasi - bu faqat Ma'naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir" deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o'tgan yig‘ilishlardan birida. Ma'naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha ekanligidan hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‘i lozim. Dushmanlik, g‘ayir ko‘z bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachonlar anglab yetgan. Ammo o‘zgani tushunish uchun, avvalo, inson o‘zligini anglab yetmog‘i kerak. O‘zligini anglamagan hech qachon o‘zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma'naviyatimizga bugungi ayricha e'tibor ushbu o‘zligimizni anglab yetishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Ma'naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Bugunning eng dolzarb muammosi esa mustaqillik va ma'naviyat nisbati bo‘lib, qolgan masalalar shunga bog‘liq holda kelib chiqaveradi. Ma'naviyat insonni boshqa barcha jonli mavjudotlardan ajratib turadigan chegara desak ham mubolag'a bo'lmaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Insonning hayotida ma'naviyat va ma'rifatning o‘rni va uning shaxs sifatida shakllanishida bajaradigan vazifasini tahlil qilish hamda bularni shakllantirishda ota-ona va insonni o'rab olgan muhit ta'sirini o‘rganishdan iborat. Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi.
● Ma'naviyatli shaxsni shakllantirish, uning rivojlanishi, shaxs kamolotida irsiyatning ta'sirini o‘rganish;
● Ma'naviy jihatdan sog'lom ta’lim-tarbiya berishda muhitning o‘rnini belgilash;
● Har bir insonning ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishida adabiyot va san'atning roli haqida fikr yuritish.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.
Ishning kirish qismida kurs ishining dolzarbligi, maqsadi, vazifasi haqida ma’lumot berildi.
Kurs ishning asosini ikki bob tashkil qilib, unda asosan shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.

  1. - BOB. MA'NAVIYATNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA OTA-ONANING O‘RNI

1.1. Ma'naviyat va shaxs haqida batafsil ma'lumot.
"Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir". Yuqorida Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning ma'naviyat haqidagi fikrlarini keltirdik. Shu o‘rinda aytish mumkinki, har bir insonning ma’naviy barkamol bo‘lishi uning o‘ziga va atrofdagi muhitiga bog‘liq. Chunki odam bolasi borki, qaysi muhitda ulg‘aysa o'sha muhitni o‘ziga singdiradi. Masalan: Odamlardan yiroqda, hayvonlar orasida katta bo‘lgan Mauglining xatti-harakatlari, o‘zini tutishi huddi hayvonlar singari bo‘lib ketadi, va keyinchalik odamlar orasida yashashga ham qiynaladi. Odamlar uni o‘zlariga o‘rgatmoqchi bo‘lganlarida uning gapira olmasligini bilishadi. Bu nuqsonlarning hammasi uning jamiyatdan ayro holda yashagani tufayli yuzaga kelgan. Shunday ekan, ma'naviyat nafaqat insonning o‘ziga balki uning ulg‘aygan muhitiga ham uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ma'naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma'naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, dono, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma'naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilar ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiyot.
Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat" deydi muhtaram prezidentimiz. Shuning uchun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytilgan. Har bir ma'naviyatli insonni shakllantirish uchun avvalo, tarbiya berish lozim. Buyuk bobokalonimiz Abdulla Avloniy aytganidek "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir". Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xalqimizning moddiy va ma'naviy boyliklari juda ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz - bu jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, totuvlik va hamjihatlikdir. Dunyoda barcha yaxshilik va yangilash, bunyodkorliklar, avvalo, insonlar, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi samimiy, do'stona munosabatlar samarasi o'laroq amalga oshiriladi. Negaki, do‘stlik - totuvlik va hamjihatlik singari ijobiy xislatlarga tayangan holda o‘zaro ishonch va mehr - oqibatni yuzaga keltiradi. Shu ma'noda, diyorimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarida yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlash, ularning manfaatlarini uyg‘unlashtirish va yagona maqsad sari yo‘naltirish milliy hamjihatlikni ta'minlashning asosiy omili hamda ma'naviyat bezagi hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a‘zosi tushuniladi. Odam shaxs bo'lishi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ana shu ruhiy xususiyatlari rivojlanib ma'lum bir bosqichga yetsagina u mukammal shaxs bo‘ladi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy hayot, tarbiya va ma'naviyat kerak. Shu sababli Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fani insonning mukammal shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob‘yektiv va sub‘yektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlash kerak. Shaxs tarbiyaning ob‘yekti va sub‘yekti hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi bir xil bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanish holatini to‘g‘ri baholash va bilish uchun uni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib tuzatish lozim. "Individ" nima?. Bola ma'lum yoshga qadar "individ" sanaladi. Individ xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil etuvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, unda namoyon bo‘lishi, tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishida muhim ahamiyatga ega. Insonning harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o‘zi nima? degan savol yuzaga keladi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intelektual o‘sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi va eskining yo'qolib borishi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Har bir shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida uni o'rab turgan tabiat va muhitning rivojlanish qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir - biridan ajratib bo'lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga uning yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga beriladigan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga xos munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kuni kecha bo'lib o'tgan yig‘ilishlardan birida "Najot tarbiyada, najot ta'limda, najot ilmda " degan gaplarni ta'kidlab o'tdilar. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta‘siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o'zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‘siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni:
Birinchidan, tarbiya ta‘sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko‘nikma va malakalar hosil bo'ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo‘qotish mumkin.
To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir - biriga ta‘sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, Shaxsning rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl - nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarishi mumkin. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o‘rganish ob‘yekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a‘zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tarbiyani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy hayot, ma'naviyat va tarbiya kerak.

1.2. Shaxs shakllanishida muhitning o‘rni va oilada ma'naviyatni rivojlantirish.


Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko'rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ro‘yobga chiqish manbai - layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o‘zicha rivojlana olmaydi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.


Muhit deganda kishiga ta‘sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Muhitga quyidagilar kiradi: tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular inson bolasining rivojlanishiga alohida ta‘sir ko‘rsatadi. Odob - axloq, xulqiy sifatlar shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta‘siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi. Abdulla Avloniyning fikricha, " Axloq - bu xulqlar majmuidir. Xulq esa kishida o‘z o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma'lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi ". Buyuk muallimning ta'kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog'liqdir.
"Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq uchun kerak bo'lsa jonini ham ayamasligi kerak. " Inson oliy axloqiy sifatlarga, chunonchi, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim" degan edi Berdimurod Berdaq.
Shu fikrlardan kelib chiqib har bir inson o‘z vatanini sevishi, uni asrab avaylashi kerak. Zero Vatan ostonadan boshlandi. Shunday ekan barchamiz eng avval o‘z oilamizni asrab, uning qadriga yetishimiz lozim.
Hozirgi kunda yoshlarni ilmli, ma'naviyatli qilish maqsadida "Yosh kitobxon", "Zakovat" kabi o'yinlar tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘yin g'oliblari yurtboshimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelmoqda. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi.
Chunki:
1.Ta’lim - tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o‘rganib oladi. Masalan, tilni odamlarning ta’sirida o‘rganib olish mumkin. Lekin o‘qish, yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi.
2. Ta’lim - tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklari ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. (ko‘r, kar, soqov).
3. Ta’lim - tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz beradigan kamchiliklarini ham tugatish mumkin. (Bolalarning karta o‘ynashi, so‘kishi, chekishi).
4. Ta’lim - tarbiya natijasida bolada bilimlar, ko‘nikma va masalalar hosil bo‘libgina qolmay, balki dunyoqarash ham shakllanadi, kamolotga yetib boradi.
Bilimlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N.I. Lobachevskiy 14 yoshida Qozon universitetiga o‘qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan. O‘zbek olimlaridan Shavkat Alimov, Shavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlarga ham shu yoshlarda professorlik nasib etgan. Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha ta'lim muassasalarida, keyinchalik maktab, o'rta maxsus kasb - hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarida tarbiya oladi. Shu sababli inson kamolotida ta'lim va tarbiyaning yetakchilik qilishiga imkon berish darkor. Ta'lim va tarbiya jarayonida kishi organizmining o'sishi va muhitning stixiyali ta'siri bera olmaydigan narsalarini o'rganib oladi. Masalan, bola o'z ona tilini atrofni o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni maxsus ta'lim -tarbiya yo'li bilangina o'rganadi, mehnat va kasb egallash ko'nikma va malakalari faqat ta'lim jarayonida egallanadi. Ta'lim jarayonida bolada bilimlar, ko'nikma va malakalar hosil bo'libgina qolmay, balki ilmiy dunyoqarash ham shakllanadi. Xullas, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o'z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir. Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to'g'ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o'zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatdan rivojlantiruvchi omil bo'lmog'i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo'ygan talablarini, shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo'lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo'ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda muhim. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o'quvchi-talabalarning har birining o'ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o'ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi. Bolalarni o'qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o'qituvchining har xil yoshdagi bolalar o'rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog'liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi, pedagog maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga qo‘yishdan iboratdir. Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo’ladi. Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to’g‘ri xulosa chiqara bilish, o’z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma’naviy qadriyatlariga, diniga va ahloqiga, mavjud siyosiy va huquqiy amaliyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko’z bilan qaray olish – mustaqillikni mustahkamlashning muhim ma’naviy asosidir. Mana shu ma’naviy asos har bir ota-ona, oilaga kirib borsagina oila ma’naviyati qaror topishi tabiiydir. Aksincha bo’lsa esa oiladagi har bir yoshni jamiyatimizda bo’layotgan o’zgarishlarni noto’g‘ri talqin etishga olib keladi. O`zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g`oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish kelajagi buyuk O’zbekistonning gullab-yashnashi uchun garovdir. Yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, qadri, burch, mas’uliyat, oila vazifalari, oilada barkamol farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning osoyishtaligini saqlash kabi vazifalarni anglab yetadi va unga amal qiladi.
Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi.
Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, ahloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar, din va boshqa ko’plab tarixiy amaliy va zamonaviy qadriyatlarning ta’sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar oilada ota-ona, katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida shakllanadi. O`zbek xalqi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib, mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlarni tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir.
Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari, jamiyat taraq-qiyotidagi o’rni, o’ziga xos ijobiy tarixini singdirish, undan g`ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadi. O’z ota-onasidan, oilasi, avlod-ajdodlari tarixidan g`ururlangan inson o’z o’lkasi, millati, xalqi, tili, dini, madaniyatidan g`ururlanishi, uni avaylab - asrashi, dunyoga ko’z-ko’z qilishi tabiiydir. Buning uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug` millatning farzandisan», «sen ulug` mutafakkirlar, allomalarni - zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning ajdodisan», «o’zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng go’zal, boy diyor» kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim.
Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir. Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda.
Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin boshlanishi kerak. Ya’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola, farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi. Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek "Ota-onani hurmat qilish farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil". Milliy an’ana va qadriyatlar rivoji shunday bir dialektik prinsipga asoslanganki, kimki o’z xalqi milliy qadriyatini boshqa millat qadriyatlariga teskari qo’ymagan holda va, aksincha, boshqa millat ma’naviyatini chuqur his qilish darajasiga olib chiqsa va o’z milliy qadriyatini bemalol va beminnat namoyish etish imkoniyatiga ega bo’lsa, milliy munosabatlarda do’stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotdan o’zga niyat bo’lmasa, ana shunda turli millatlarning ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar o’sib boraveradi.
O`z tarixini, ma’naviyatini, qadriyatlarni o’zi bunyod etuvchi xalq, elat va millatlarga endi shunday imkoniyatlar yaratilmoqdaki, xalqimizning ham jahon xalqlariga faxrlanib, iftixor tuyg`usi bilan ko’z-ko’z qiladigan fazilatlari qanchalik mo‘l - ko’l bo'lsa, yangi tug`ilib, shakllanib qoladigan qusurlarni bartaraf etishga ham aqli va zakovati yetarlidir. Buni milliy urf-odatlarimiz, axloq-u odobimiz, chin insoniy ne’matlarimiz taqozo etadi.
Binobarin, «Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda islohatlar muvaffaqiyatga erishadi. O’ta o’qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o’ta oladi. Sarchashmalari buyuk ajdodlarimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshlanadigan xalqimizning ma’naviy qadriyatlari iqtisodiy o’zgartirishlarimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi».
Oilaviy bayramlarni nishonlash, yoshlar tarbiyasida alla, ertak, xalq ma- qol va matallaridan, qo’shiqlaridan samarali foydalanish, birgalikda madaniy hordiq, chiqarishni, milliy sport o’yinlari va musobaqalarini, tarixiy obidalar va qadamjolarga sayohatlar uyushtirish, boshqa millat ma’naviyatiga hurmat bilan munsobatda bo’lish, oila kitobxonligini tashkil etish, oilada til, muloqot va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor berish, farzandlarga kasb-xunar o’rgatish, oilada bo’sh vaqtni ijtimoiy foydali mehnat vositasida samarali tashkil etish oila ma’naviyatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.

1.3. Milliy an'ana va qadriyatlarning inson hayotidagi tutgan o'rni.


Qadriyat —voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy - axloqiy, madaniy - maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf - odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatlarga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.


Holbuki qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatlarni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Ushbu atamaning kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning qadriyatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan ,yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihat - salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti - harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti - harakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. Bu omillar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.


Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo`shgan buyuk bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosida keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;
1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;
1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon tavalludining 100 yilligi;
1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
2000 yil – Burhonnidin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi;
2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi.
2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to`g`risida”gi 143-son qarori qabul qilindi.
2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to`g`risida”gi 337-son qarori qabul qilindi
2006 yil-Qarshi sahrining 2700 yillii va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
2007 yil-Samarqand sahrining 2750 yilligi nishonlanadi.
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o`nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o`rnatildi, ziyorathoglar, bog`lar yaratildi.
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tayr», «Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi. 1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yillik yubileyi o`tkazildi. Ulug`bek madrasasi, Ulug`bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi Ulug`bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O`sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida “Ulug`bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferensiya hamda “Ulug`bek va an`anaviy san`at” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug`bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.
1998 yil 23 oktyabrda Farg`onada buyuk alloma Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi.
2 - BOB. ADABIYOT VA SAN'AT SHAXS MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM VOSITASI.

2.1. Inson hayotida adabiyotning o‘rni.


Insoniyat hayotining har doimgidek, san'atning roli go'zal shakllarda hayotni yaxshilab, uni yaxshi his qilish, yaxshi va go'zallik bilan shug'ullanishni yaxshilaydi. San'at shakllarida, har bir davr o'zini aks ettiradi, to'ldiradi va amalga oshiradi. Dunyoning qarashlarini boshqalarga etkazish, yomonlikni rad qilish va boshqalarga erkinlikni istash sifatida hayotni tushunish - bu san'at emas, balki bu san'at va rassom emas.Xo'sh, lug'atlar, qarashlar va e'tiqodlarning o'zgarmasligidan qat'iy nazar, haqiqat tez-tez va ertami-kechmi, ularning buyukligiga yetaklaydi. Dunyoni takomillashtirishga va odamning yuksak ishiga ishonish orqali ruhiy san'at, odamlarning ruhini tozalash, bu mag'rurlikni qayta tiklashga intildi.Ushbu murakkab, qarama-qarshi, ammo ma'naviy hayotning zaruriy mintaqasida insoniyatning yuqori axloqiy va estetik qadriyatlari. San'at hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, u fan, mehnat va tarbiyaviy bilan uzviy bog'liqdir. Estetik ma'lumot - ta'limga qo'shilgan ma'lumotlarga, balki o'z-o'zini tarbiya, harakat, insoniy tuyg'ularni rivojlantirish va bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bir vaqtning o'zida odamlarni estetik va ma'naviy jihatdan rivojlanmaganligi va San'atning muhimligi va joyini tushunmaslik, jamiyatdagi muhimligini tushunish, san'at va san'atga qarshi kurash o'rtasidagi farqni tushunishni o'rganish kerak. Bu ma'naviy madaniyat va aniq axloqiy mezonlarni talab qiladi. Himoyaga qarshi kurashga tajovuzkor ravishda, u doimo qudratli modaning barcha yangi shakllari va rasmlarini qabul qiladi.


Biror kishi, chunki san'atni tushunish asoslariga ega bo'lmagan majoziy ma'noda, majoziy ma'noda, uni mustaqil ravishda aniqlay olmaydi.
San'atga ehtiyoj - bu inson qalbining doimiy mulki. Odamlarning mustaqil fikrlash, rivojlanmagan, beparvolik va tushunmovchiliklarga tayyorlanmaganligi, haqiqiy madaniyat, axloqsizlikdan chiqqan odamlarning chiqindilarining natijasi sabab bo'ldi. Badiiy bilim - bu bilim va xayolotning o'zaro ta'sirining samarasidir, ammo ular bir-birlarini inkor etmaydilar, ammo badiiy haqiqat sintezi bilan bog'liq ... qalbaki shaxs kabi boshqa hech narsa ta'sir qilmaydi. Rasmeynni uyg'otdi, aks ettirishga majbur qilgan yurakka tegdi, inson tomonidan tozalanadi va yuksaldi. Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi. Shunga ko‘ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan bo‘lsa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko‘rinishi jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg‘achlarga qarshi kurashi esa O‘rxun - Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tuman mashg‘ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari, e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko‘rish qiyin emas. Adabiyot va san'at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki - ruhiy dunyosiga emotsional ta'sir ko’rsata olishidadir. Ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san'atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir. Biz uchun qadrli bo'lgan donishmand yozuvchimiz Pirimqul Qodirov bilan suhbatlashganimda "Ma'naviyat" haqida quyidagi gaplarni aytgandilar
"Biz har jihatdan to'kis va farovon hayotga inilar ekanmiz, bunday hayotning imkon va manbalari har birimizning qalbimizda, ruhiy dunyomizda ham mavjud ekanini goho unutib qo'yamiz. Holbuki, tashqi dunyoni poklaydigan va yuksaltiradigan eng zo'r ma'naviy va ma'rifiy kuchlar avvalo insonning qalbida, tafakkurida o'z harakatini boshlaydi. Harakat esa barakat keltiradi.
Ma'naviyat insonning ruhiy qanotlaridir. Ularni har bir kishi o'z ichki dunyosida o'stirib, parvozga yaroqli qiladi. Ma'naviy boyliklar qunt, mehnat, ishtiyoq kuchi bilan insonning qalbida yillar davomida zarralab yig'iladi. Odamda, ayniqsa, yoshlikda, bilim va ma'rifatga ehtiyoj qanchalik kuchli bo'lsa, uning qalbiga shuncha ko'p ma'naviy boyliklar yo'l topadi.
Halollik, insof, diyonat kabi fazilatlar insondagi ma'naviyatning tarkibiy qismlaridir".
Ma'naviy tarbiyada o’zbеk xalqining boy ma'naviy mеrosidan kеng foydalanish uning ta'sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bo’la oladi. Yoshlarimiz ma'naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alishеr Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma'naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma'naviy mеrosi o’zining chuqur falsafiy mazmuni, ahloqiy yo’nalishi bilan ajralib turadi. Klassik san'atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to’g‘rilik, birovning haqiga ko’z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mеhnatsеvarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko’rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma'naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan. Ma'naviy tarbiyada Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, O’tkir Hoshimov, Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Xojiyеva, Omon Matchon, Rauf Parfi kabi shoirlarimizning asar va shе'rlaridan ham kеng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fе'l-atvori, axloqi, ma'naviy dunyosi to’g‘risida suhbat, munozara o’tkazish katta samara bеradi. Ma'naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta'sir etishda tеatr san'atining ham roli, o’rni va ahamiyati, ta'sir etish doirasi imkoniyatlari chеksizdir. Biz tеatr san'atini ikki tomoni charxlangan shamshirga o’xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug'lik olib kirsa, uni yuksak ma'naviylik tomon yo’llasa, ikkinchi tomoni bilan esa inson qalbidagi nodonlik, jaholat ya'ni ma'naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi. Tеatr san'ati boshqa san'at turlari kabi obrazli - badiiy tabiati bilan inson qalbiga emotsional ta'sir ko’rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma'naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma'naviylik ruhida tarbiyalashda tеatr san'atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning tеatr, kino san'ati, yoki san'atning boshqa turlariga bo’lgan qiziqishi unchalik yеtarli darajada emasligi kishini ajablantiradi. Tеatr voqеligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning o’zida ham so’z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta'sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun tеatr va kino san'atining bu xususiyatidan ma'naviy tarbiyada foydalanish katta samara bеrishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bo’ladi. Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida tеlеvidеniyе imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat bеrish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar so’zi - aqlning ko’zi» kabi ko’rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidеk, ma'naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya'ni jasorat va olijanoblikni, ma'naviy go’zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, nafosat va ma'naviy qadriyatlarimizni targ'ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san'at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma'naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shuning bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda fidoyilik ko’rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
Chegara
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko‘ra sholg‘om eksa, qozoniga tushadi-ku. Odamzod nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? Undan ko‘ra bulbulni sho‘rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku. Odamzod nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko‘rib, ko‘ngli zavqqa to‘ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku. Odamzod nima uchun kitob o‘qiyotib, suyukli qahramoni o‘lib qolsa yig‘laydi? Uni yozuvchi "ichidan to‘qib chiqargani"ni biladi-ku?
Odamzod nima uchun o‘zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig‘lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku. Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go‘dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Odamzod nima uchun nevarasini etaklab necha zamon avval o‘tib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko‘rmaydi-ku?!
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi MA’NAVIYAT deb ataladi.
O‘tkir Hoshimov

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ma'naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari - o’qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, vrachlar, artistlar, barcha rahbarlar birdеk mas'uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma'naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bo’ladi.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda rеspublika ma'naviyat va ma'rifat kеngashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkеnt shahridagi bo'limlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan rеspublikamizning ko’zga ko’ringan adabiyot va san'at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, ko’zga ko’ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konfеrеnsiyalar uyushtirish kabi o’ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kеngash tomonidan ma'naviyat, tarbiya va ta'lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar o’rtasida kеng targ‘ibot qilayotganligini alohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Bu kеngash o’z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga o’z hissasini qo’shib kеlmoqda. Ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash juda ma'suliyatli vazifadir. Sababi ma'naviyati buyuk inson hech qachon o'zgalarga yomonlik tilamaydi. U har doim yurtning yuksalishi uchun harakat qiladi. Uning eng asosiy maqsadi yurt ravnaqi bo‘lib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.- T.:"Tib-kitob", 2010.

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T., “Sharq” 1998.

  3. Sh.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. O‘zbekiston, 2016. 56 b

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi qonun. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T., “Sharq”, 2020.

  5. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” - T., “Sharq”, 2001.

  6. Asqarov M, Xaytboyev M, Nishonov M. Pedagogika. Dars. T.׃Talqin, 2008.

7. Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: 2014 yil.
9. Karimov I. A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.T.: Ozbekiston. 1998 yil.
10. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch T.: Manaviyat. 2008.
11. Sh. M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.(2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar saylovchilar bilan uchrashuvlarda so'zlagan nutqlari).- Toshkent. " O‘zbekiston " NMIU , 2017 , 488 b.
12. Ziyomuxammedov B., Abdullaeva Sh. «Pedagogika». T.:, 2000.
13. Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.T.:2006.
14. Ortiqov N.O., Jo‘rayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi. T.:O‘qituvchi, 1989.
15. Ochilov M. Muallim qalb memori T.: O'qituvchi 2001.
16. Ochilov M. Oqituvchi odobi T.: O'qituvchi 1997.
17. Ruvinskiy P.I. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.. T. 1991 y.
18. Yo‘ldoshev J.G.O‘quvchi ma'naviyatini shakllantirish (qo'llanma)-T.:-2000.
19. Gaybullaev N. va boshqalar. Pedagogika. T.:, 2000
20. Xasanboeva O. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.T.:2001.
21. w.w.w. google . uz
22. w.w.w. pedagog. uz
23. w.w.w. ziyonet. uz.
24. w.w.w . avlony –library. connect uz
25. w.w.w. org.uz.
Yüklə 31,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin