Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti


Yordamchi so’zlarning qo’llanuv doiralari



Yüklə 104,3 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü104,3 Kb.
#208996
1   2   3   4   5   6
REYIMBOYEVA D. KURS ISHI

2.Yordamchi so’zlarning qo’llanuv doiralari
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan, H.Berdiyorovning Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar (Toshkent,1953), R.Rasulovning O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari (Toshkent,) T.Rustamovning O‘zbek tilida ko‘makchilar (Toshkent,1995), Sof ko‘makchilar (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma`lum guruhlarga ajratish mumkin. A.A. Koklyanovaning O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar, H.G‘.Ne`matovning XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (Qutadg‘u bilig, Devonu lug‘otit turk, Hibatul haqoyiq materiallari asosida), G.F.Blagovaning XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning Ko‘makchili konstruktsiya haqida, U.Tursunovning O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir maqolasida esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning O‘zbek shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik munosabatlari, X.Jo‘raevning Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab o‘rganish, T.Almamatovning Xalq shevalarida tur ko‘makchi fe`li haqida maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning Ko‘makchilar yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik munosabatlar, O.Amirovaning Sabab hollarining ko‘makchi konstruktsiyali so‘zlar bilan ifodalanishi ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Dissertatsion ish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va relivatsion ahamiyati hamda ular bilan qo‘shimchalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 2-qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl, ravish, ravishdosh, chog‘ishtirma so‘z va affiks so‘ngko‘makchilar tarzida guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan.
Ishning birinchi qismi so‘z turkumlarining, jumladan ko‘makchilarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya muallifi ta`kidlaydiki, XIX asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt, M.Myuller) so‘z turkumlarining kelib chiqishi to‘g‘risida gapirganda, fe`l turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe`ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. Demak, bularning fikricha, fe`l boshqa so‘z turkumlarining taraqqiyoti uchun ajralib chiqish imkoniyati bo‘lib xizmat etadi. (BH, 9).
Muallif tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida birinchi marta hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning qanday semantik ma`nolari reallishuviga hamda gapda qanday vazifalarda kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ma`nodosh variantlari to‘g‘risida esa, buni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymagani uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda mavjud bo‘lgan an`anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda ko‘makchilar deb o‘rganib kelayotgan til birliklarini oldko‘makchilarga qarama-qarshi ravishda so‘ngko‘makchilar tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z turkumlarining, xususan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlar muhim o‘rin tutadi.
Dissertant ish yakunida bugungi kunda ham yordamchi so‘zlar relivatsion tabiatini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lgan quyidagi xulosaga keladi: so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan kelib chiqqandir. Bular hozirgi o‘zbek adabiy tilining gap qurilishida, gaplarning ma`nosini tayinlashda, so‘zlarni o‘zaro munosabatga keltirishda katta rol’ o‘ynaydi.(BH,126). So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror bo‘lagiga bog‘langan holda qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni yoki so‘zlarni birlashtirish, kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik tomondan ayrim semantik morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi, gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi qo‘shimcha ma`nolarni ifodalab keladilar. (BH,127).
O‘zbek tili, qolaversa turkologiyada ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan O‘zbek tilida ko‘makchilar (Toshkent,1965), Sof ko‘makchilar (Toshkent, 1991) singari monografiyalar hamda o‘nlab maqolalar e`lon qilgan.
Jumladan, uning Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar monografiyasi ko‘makchilarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘llanish xususiyatlari va ularning tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, yordamchi so‘zlarning ushbu turi tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganilganligi hamda ularning grammatik xususiyatlari boy til materiali asosida tahlil etilgan. Materialni yoritishda E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov, SH.SHoabrurahmonov, A.A.Koklyanova, U.Tursunov, H.Berdiyorov, A.Abdullaev, V.V.Reshetov kabi olimlarning qarashlariga tayangan holda ish ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish munosabatini yaratuvchi va turli grammatik ma`nolarni ifodalashda xizmat qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya ekanligi va uning gap qurilishidagi muhim xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan tubdan farqlanishi haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi (RT.HO‘ATK).
Olimning Sof ko‘makchilar asari o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarni diaxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan yirik hajmdagi tadqiqotlardan biridir. Asarning yozilishiga XIII-XX asrlar yozma yodgorliklari manba bo‘lib hisoblangan va ming yilga yaqin davrni o‘z ichiga olgan materiallar uchga bo‘lib o‘rganilgan:
XIII-XIV asr yozma yodgorliklari.
XV-XVI asr yozma yodgorliklari.
XVII-XX asrning boshlari yozma yodgorliklari.
SHu asosda turkiy tillar (o‘zbek, turkman, chuvash, qozoq) va dialektolok manbalar qiyosiy o‘rganilgan.
Muallif tadqiqotning kirish qismida ko‘makchilarni o‘rganish nafaqat grammatikaning, shu bilan birga, leksikologiya va semasiologiyaning ham ba`zi masalalarini hal etishga ko‘maklashishini va ko‘makchilar mustaqil ma`noli so‘zlardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrning to‘g‘ri ekanligini ta`kidlaydi.
Muallif ko‘makchilar keyingi paytlarda, asosan, ikkita katta guruhga – sof ko‘makchilar va funktsional ko‘makchilarga bo‘lib o‘rganilayotganlini, sof ko‘makchilar tarkibidagi morfologik qo‘shimchalar o‘zlarining grammatik xususiyatini batamom yoki qisman yo‘qotib, o‘zi birikib kelgan so‘zning ko‘makchi funktsiyasini bajarishi uchun xizmat qilishini, hozirgi nutqimizda ham ko‘makchi, ham mustaqil so‘z sifatida qo‘llanayotgan ko‘makchilar funktsional ko‘makchilar deb atalishini qayd qiladi. Ko‘makchilar so‘zmi, ularda leksik ma`no mavjudmi degan savollarni o‘rtaga qo‘yib, ularga aniq javoblar beradi. Jumladan, T.Rustamov ko‘makchilarning so‘z ekanligini asoslaydi, ko‘makchilarning leksik ma`nosi o‘zi birikib kelayotgan mustaqil ma`noli so‘zning leksik ma`nosiga bog‘liq ekanligini, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat sinonimlik bo‘lib, albatta, har qaysi ko‘makchining o‘ziga xos stilistik ahamiyati ham sezilib turishini misollar asosida dalillaydi.
U ko‘makchilarning mustaqil ma`noli so‘zlardan farqi ko‘makchilar mustaqil leksik ma`no yo‘q ekanligidagina emas, balki ko‘makchilardagi leksik ma`no qandaydir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular mustaqil ma`noli so‘zlarga birikkandagina paydo bo‘lishidadir, deb hisoblaydi.3
T.Rustamovning ko‘makchilarni ham diaxronik, ham sinxronik tarzda o‘rganishga, ularning taraqqiyot darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Muallif yuqorida sanab o‘tilgan ko‘makchilarning turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilidagi amalda bo‘lish va me`yorlashuv bosqichlarini o‘rganar ekan juda katta hajmdagi tarixiy manbalardan material sifatida foydalangan. Olimning xizmatlari shundaki, ko‘makchilarni yordamchi so‘zlar sifatida tahlil etar ekan ularning grammatik ma`nolarini leksik ma`nolari bilan birgalikda kichik sintaktik qurshovda olib o‘rganadi va shu yo‘l bilan ular birikib kelgan so‘zlar va ularning leksik-grammatik ma`nolarining yuzaga kelishidagi xizmatlari, boshqa so‘zlarga birikish xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.
O‘zbek tilshunosligida XX asrning 80-yillarigacha erishilgan yutuqlarni o‘zida mujassam qilgan O‘zbek tili stilistikasi (Toshkent, 1983) asarida yordamchi so‘zlar uslubiyatiga oid hech narsa deyilmaganligining o‘zi ham bu masalani o‘rganishning fanimiz uchun naqadar muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma`nolariga ega bo‘lgan, ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma`nolarni yo‘qotib, ularning ma`lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holiga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, ob`ekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik ma`nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir.
Ko‘makchilar haqidagi bu fikrdan quyidagi muhim xulosalar kelib chiqadi:
-ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir;
-grammatik vosita bo‘lish jarayonida ularda ma`lum grammatik ma`nolar ham shakllanadi;
-bu grammatik ma`nolarni anglatish imkoniyatlari o‘zidan oldin kelgan so‘zlarga bog‘liq bo‘ladi. Buning ustiga ko‘makchilar bo‘lmasa bu oldin kelgan so‘zning o‘zi ham ana shu ma`nolarni bera olmaydi. Faqatgina ularning birikuvigina bu ma`nolarni keltirib chiqarishi mumkin;
-so‘zlarning ko‘makchilar bilan birikish yo‘llari va ularning bir xil qolip va mazmunda boshqa ko‘makchilar hamda kelishik ko‘rsatkichlari bilan sinonimlik munosabatlari shu darajada turli-tuman va rang-barangki, ular o‘z-o‘zidan bu turkum so‘zlarning stilistik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
SHunday qilib, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan va mazkur ishda qisman tahlil qilingan kuzatishlar natijasi o‘laroq o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilar o‘zining nazariy bahosiga ega bo‘ldi, yordamchi so‘zlar tizimidagi o‘rni belgilandi, nutq jarayonidagi grammatik vazifalari aniqlab olindi.
Mustaqil va sof yordamchi so‘zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb ataymiz.
Sof ko‘makchilar funktsiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega emasligi, mustaqil so‘zlarsiz qo‘llana olmasligi bilan, qisman bo‘lsa-da, qo‘shimchalarga (kelishik affikslariga) o‘xshasa, mustaqil-yordamchi so‘zlar morfologik xususiyatlari, yakka holda qo‘llanila olishi bilan mustaqil so‘zlarga yaqin turadi. Demak, mustaqil-yordamchi so‘zlar sof yordamchi so‘zlar va sof mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.(NH,48-49).
Ko‘makchilarning leksik-semantik ma`nolari mavjud emasligi haqidagi fikrni asosli deb hisoblar ekanmiz, ular ifoda etayotgan grammatik ma`nolar yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmaganligi, balki bu birliklarning qadimda mavjud bo‘lgan leksik ma`nolariga asoslangan holda vujudga kelishini ta`kidlaymiz. SHunday qilib, yuqorida aytilganlarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, leksik ma`no ko‘makchilar uchun xos xususiyat emas. Ammo bu fikr aytilganda faqat o‘zbek tilidagi sof ko‘makchilar nazarda tutiladi. Funktsional ko‘makchilar esa matniy xususiyatga ega. Ular bir matnda o‘zlarining mavjud leksik ma`nolarini saqlagan bo‘lishi, boshqa bir o‘rinda esa ko‘makchi vazifasini bajarayotgan bo‘lishi mumkin. H.Ne`matov mustaqil-yordamchi so‘zlar deb nomlagan oraliq so‘zlarning mavjudligi va ularning ko‘makchi vazifasini bajarishi bu birliklardagi leksik va grammatik ma`nolarning bir-birlariga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Xullas, ko‘makchilarning nutq jarayonidagi asosiy vazifasi sintaktik munosabatlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ammo shakllangan munosabatlar shunchaki grammatik aloqadangina iborat bo‘lib qolmasdan, ularning har birida matniy holatga qarab alohida uslubiy ottenkalar namoyon bo‘ladi. Bu narsa, ayniqsa, ularni kelishik qo‘shimchalari bilan taqqoslaganda yanada yaqqol seziladi. SHuning uchun ham ular funktsional-stilistik yo‘nalishda o‘rganilishi lozim bo‘ladi.
Biz ham tadqiqotlarimiz jarayonida ulardan foydalanamiz va bunda asosiy diqqatimizni bu ko‘makchilarni hozirgi adabiy tilimiz nuqtai nazaridan funktsionl-stilistik jihatdan baholashga qaratamiz. Leksik ma`noga ega emasligi va shuning uchun ham nutqda alohida ishlatilmasligi hamda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi sof yoki asl ko‘makchilarni ajratishda asosiy o‘chlov bo‘lib xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan ushbu bobda asosan bilan, binoan, bo‘yicha, kabi, ora, sayin, sari, uzra, uchun, qadar ko‘makchilari va ularga sinonimik holatda bo‘lgan boshqa ko‘makchilar tahlil qilinadi.
Tahlil jarayonida ko‘makchilarga murojaat qilishda takroriylikdan qochish maqsadida ularni iloji boricha bir sinonimik uya doirasida guruhlab o‘rganish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. To‘g‘ri, ayrim ko‘makchilar ikkinchi bir ma`nosi bilan boshqa uyadagi ko‘makchilar bilan ham sinonim bo‘lishi mumkin. Bu holat tahlilda hisobga olinadi.
BILAN. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bilan shaklida qo‘llaniladigan ko‘makchi tarixan birla ko‘rinishida bo‘lgan (AG‘., SHSH, 200). H.Ne`matov birle-bile ko‘makchisining eng qadimgi ma`nosi birlikni ifodalash bo‘lsa kerak, degan fikrni bildiradi. (NH,39). Uning boshqa shakllari keyinchalik paydo bo‘lgan. Masalan: birlan, bilan, ila, ilan, -la.
Bu fikrni tarixiy-badiiy manbalar va ularga oid olib borilgan tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.(RT,31). T.Rustamov bu borada statistik kuzatishlar ham olib borgan: XV-XVI asrlarda qo‘llangan ila ko‘makchisi, asosan, poeziyaga xos bo‘lib, Lutfiyning biz ko‘rib chiqqan asarida 38 marta; Alisher Navoiy asarida 59 marta uchrasa, Bobirnomada ikki martagina uchraydi.


Xulosa
“Alpomish” dostonining ilmiy va badiiy qiymati uning lug‘at boyligi bilan belgilanadi. Bu boy leksika adabiy tilni boyitishdagi asosiy manbalardan bo‘lib, o‘zbek tili tarixi shevalarning lug‘at boyligi to‘la saqlanishi kerak. Folklor asarlari leksikasi umuman hozirgi shevalarda iste’molda bo‘lgan lug‘atlar bo‘lishi bilan birga ular orasida arxiak bo‘lganlari ma’nosini sheva vakillarining o‘zlari bilmaganlari ham uchrab turadi. O‘zbek tili dealiktlari va shevalarining ko‘pligi folklor asarlar u yoki bu shevada yaratilganligi uni yana biror sheva vakilidan yozib olinganligi tufayli matnda umum o‘zbek xalq tilining xususiyatlari bilan bir qatorda shevalar uchun xarakterli bo‘lgan liksik, fonetik va girammatik hususiyatlar o‘z aksini topgan bu hol folklor matni tilini adabiy talaffuziga yaqinlashtirishni talab etadi. Biroq folklor matni tilini adabiy talaffuzga yaqinlashtirish, orginalning bir tomondan leksik va girammatik, ikkinchi tomondan poetik xususiyatlariga ta’sir etmasligi kerak . Hech vaqt bir jumla yoki so‘z o‘rniga ikkinchisi almashtirilmasligi lozim. Adabiy talaffuzda berish mumkin bo‘lmagan so‘z va forma orginalidek beriladi va ilmiy apparatda tushuntiriladi. Dealiktlar va shevalarga asos bo‘lgan badiiy asar tili uchun muhim ahamiyatli bo‘lmagan fonetik hodisalargina adabiy til talffuziga yaqinlashtirilib beriladi. Dostonlarni nashrga tayyorlashda komponentlarga izohli lug‘atlar berish muhim o‘rin tutadi. Chunki folklor asarlarida izohsiz tushunish qiyin bo‘lgan yoki ma’nosi anglashilib tursa ham aniqlik kiritish kerak bo‘lgan so‘zlar iboralar, obrazlar, jumlalar uchrab turadi. Nashrga tayyorlovchi mana shunday o‘rinlarni kitobxonga tushuntirish kerak.



Yüklə 104,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin