|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI |
“TASDIQLAYMAN”
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
_________ M.JUMAMURATOV
« » _______ 2022-yil
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI
(Leksikologiya)
FANINING
SILLABUS (ishchi dastur)
(2-kurslar uchun)
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yoʻnalishi:
|
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
|
Mashgʻulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
Ma’ruza mashgʻuloti:
|
18 soat
|
III
|
Amaliy mashgʻuloti:
|
24 soat
|
III
|
Seminar mashgʻuloti:
|
18 soat
|
III
|
Umumiy auditoriya soati:
|
60 soat
|
III
|
Mustaqil ta’lim soati:
|
60 soat
|
III
|
Nukus – 2022
Ishchi fan dasturi Nukus davlat pedagogika institutining 2022-yil „___“ ___________dagi ___- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
|
Qurbaniyazov.G
|
− Ajiniyoz nomidagi NDPI “O‘zbek tili” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori
|
Taqrizchilar:
|
Bo‘ronova Sh.M.
|
− Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi.
|
|
Allanazarov E.
|
− Ajiniyoz nomidagi NDPI “Qoraqalpoq tili” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
|
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti dekani:
2022-yil “____”______________ ________________ B.Davletov
(imzo)
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili kafedrasi mudiri: 2022-yil ___-__________. ____________ Sh.Buranova
Fanning ishchi oʻquv dasturi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining 2022-yil „___“ ______________dagi „___“-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-oʻqituvchi: Qurbaniyazov.G.A
Ish joyi: Nukus davlat pedagogika instituti
Bogʻlanish uchun telefon raqami: +99891-374-18-60
E-mail:
Kirish
Respublikamiz Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni (PF-4947)da ona tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga milliy tilimiz va adabiyotimizni yanada rivojlantirish, ona tilimizning jamiyat hayotida tutgan mavqeyini yuksaltirish, uning tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati, istiqboli bilan bog‘liq masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganish kabi qator vazifalar yuklatildi. Farmonda, ayniqsa, ona tilimizni zamon talablari asosida o‘qitish, o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungu kunda o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi, leksikasi, grammatikasini jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida chuqur o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Fanning maqsad va vazifalari
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining maqsadi:
a) talabalarni hozirgi o‘zbek tilining shakllanishi, tarixiy ildizlari, dialektal asosi, taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillar bilan tanishtirish; hozirgi o‘zbek adabiy tilining “Fonetika va fonologiya”, “Leksikologiya”, “Frazeologiya”, “Morfemika va so‘z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo‘limlariga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu jumladan, til birliklarining struktur-semantik, funksional xususiyatlari, nutqning og‘zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish; talabalarda lingvistik bilim malakasini shakllantirish.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabalar fan bo‘yicha:
– hozirgi o‘zbek tilining shakllanishi, tarixiy ildizlari, dialektal asosi, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi omillar, o‘zbek tilining fonetik-fonologik tizimi, nutq tovushlarining fizik-akustik, anatomik-fiziologik, lingvistik-funksional xususiyatlari, fonetik hodisalar, bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya; o‘zbek tilining imlo va talaffuz qonuniyatlari; leksik-semantik tarkibi; o‘zbek tilidagi so‘zlarning morfemik va so‘z yasalish tarkibi; so‘z turkumlari, so‘zning grammatik shakllari, grammatik kategoriyalar; o‘zbek tili so‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gap sintaksisi yuzasidan nazariy bilimlarga ega bo‘lishi lozim;
– hozirgi o‘zbek tili nazariy masalalarining ta’lim bosqichlari darsliklarida qamrab olinganligi darajasini bilishi lozim;
– fan yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish malakasiga ega bo‘lishi lozim;
– hozirgi o‘zbek tili birliklarini nutqda o‘z o‘rnida, maqsadli qo‘llay olish hamda ijodiy rivojlantira bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |