Ajiniyoz nomidagi nukus davlat


Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis)



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/13
tarix14.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#176646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Risolat. Kurs ishi zoo

Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis). Chipor do‘ngpeshanali baliq oq do‘ngpeshanani eslatadi. Biroq ulpor do‘ngpeshananing kallasi birmuncha kattaroq, tanasi kaltaroq va rangi esa olachipor bo‘ladi. Oyquloqlari va changchilari ham rivojlangan bo‘lib, filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Lekin elak shaklida qo‘shilib ketmaydi. Qorinchasidagi qili qorin suzgichlarining asosida joylashgan. Oq do‘ngpeshanali baliqlarga nisbatan fe’l-atvoridan farq qiladi. Shovqin-suron hamda har xil ovoz chiqarilganda suvdan balandlikka sakramaydi. Bu baliqlarning vazni katta, tez o‘sadi. Urg‘ochilari 4—5 yoshida, og‘irligi 3,5—4,5 kg ga yetganda tanasining uzunligi 55—65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kirmaydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. Serpusht bo‘ladi, tabiiy hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan ko‘proq. Me’yoriy mahsuldorligi 500 ming uvuldiriqqa teng.

Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis).
Ko‘paytirishda 4 yoshlik baliqlardan foydalaniladi. O‘zbekiston sharoitida urchitiladigan oq do‘ngpeshanali baliqning serpushtligi tabiiy hovuzlarda — 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda — 1 mln dan yuqori, me’yoriy nasldorligi — 500 ming uvuldiriqdan iborat bo‘ladi. Kunlik oziqasi tirik vaznining 17 % ini tashkil etadi. Dastlabki ikki hafta mobaynida lichinkalar zooplankton organizmlar (kolovratkalar, mayda qisqichbaqalar) bilan oziqlanadi. To‘da bo‘lib suzadi, shuning uchun bir hovuzda hamma baliqlar ko‘pincha bir kattalikda bo‘ladi. Oq do‘ngpeshana fitoplankton bilan oziqlanishi bo‘yicha eng ko‘p yetishtiriladigan baliq sanaladi. Fitoplanktonni ko‘paytirish uchun hovuzga faqatgina o‘g‘it solish yetarli. Bu baliq turini polikulturada karp va oq amur bilan birgalikda yetishtirish samarali hisoblanadi. O‘zining jabralari bilan boshqa baliqlarning jabralaridan keskin farq qiladi. Oyquloqli changchi naychasi, o‘sish va rivojlanish jarayonida butun setkali qism hosil bo‘ladi, bu oziqa tarkibiy qismini filtrlashni yengillashtiradi. Bu baliqning ichaklari uzun shovqin-suronda hamda turli xil ovoz chiqarilganda suvdan o‘zini 2—3 m balandlikka otadi, 9—10 °C da oziqlanishni to‘xtatib, qishda o‘rada saqlanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin