Ajiniyoz nomidagi nukus davlat



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/13
tarix14.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#176646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Risolat. Kurs ishi zoo

Qo‘shimcha baliq turlari
Qora amur (Mylopharyngodon piceus) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur daryosi havzasida, Sharqiy Xitoy va Tayvan orolida tarqalgan chuchuk suv balig‘i, daryo va ko‘llarda yashaydi. O‘rta Osiyoga 1960-yili oq amur va xumbosh baliq bilan birga keltirilgan. Bo‘yi 120 santimetrcha, og‘irligi 35 kilogrammgacha boradi
.
Qora amur (Mylopharyngodon piceus)
Ustini qoplagan qora tangachalari yirik, qorin tomoni oqishroq. Halqum tishlari 1—2 qator, katta va yaxlit bo‘lib, chig‘anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari maydalab tashlaydi. Kichkina og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan. Qora amur sekin o‘sadi, 7—9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig‘ini iyun-iyul oylarida, daryoning suvi ko‘tarilib, harorati 26—30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi. Oziqasi molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan va ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va undan ham ko‘proq miqdorda ovlanadi. Qora amur O‘rta Osiyo hovuz xo‘jaliklarida ko‘paytirilmoqda.
Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni) — karpsimonlar oilasining bir turi. Zarafshon havzasi, Sirdaryo va uning Angren, Chirchiq kabi irmoqlarida, Amudaryoning Surxon va Kofirnihon irmoqlarida hamda Qashqadaryoda tarqalgan. Daryo tarmoqlari, katta-kichik ariq va soylar, kanal va suv omborlarining qirg‘oqqa yaqin yerlari va qo‘ltiqlarida yashaydi. Hasharotlarning suvdagi lichinkalari, mayda molluskalar kabi jonivorlar va suvo‘tlar bilan oziqlanadi. Zarafshon oq chebagi ikki yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini fevral-aprel oylarida tashlaydi, serpushtligi yoshiga bog‘liq. Kattalarining uvuldiriqlari 17—19 mingtacha, yoshlariniki 5—7 mingtacha chiqadi. Iqtisodiy ahamiyati yo‘q, lekin Zarafshon vodiysida yashovchilar bu baliqni ko‘plab iste’mol qiladilar.


Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni)
Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko‘kimtir-kulrang va mayda xolli, yon tomonlari sarg‘ish, qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog‘liq. 15 santimetr, Sibirda ba’zan kattaroqlari ham uchraydi.
Toshbosh tungi baliq, suv ostida, kislorod ko‘p bo‘lgan yerlarda gala bo‘lib yashaydi. Sekin o‘sadi, lekin xo‘ra. Suv ostidagi turli jonivorlar va uvuldiriqlar bilan, lichinkasi esa zooplanktonlar bilan oziqlanadi. Suv toshadigan joylarda aprel-iyun oylarida 150 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Lichinkasi tuxumdan suvning haroratiga qarab, 6—14 kunlarda chiqadi. Uvuldirig‘i ko‘pligi va lichinkasi barvaqt voyaga yetishi tufayli ancha tez ko‘payadi. O‘rta Osiyoda toshboshning xo‘jalik ahamiyati yo‘q, lekin mo‘l bo‘lgan yerlarida ko‘plab ovlanadi. O‘tkir va qattiq tikanlari ko‘pligidan uni ehtiyotlik bilan ushlash kerak.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin