Ajrat va xukmronlik qil


Amaliy ishini bajarish tartibi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix05.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125517
1   2   3   4   5   6
4-amaliy ish (1)

Amaliy ishini bajarish tartibi. Amaliy ishini bajarishda quyidagi tartibga amal qiling: 
1. Guruh jurnalidagi nomerga ko‘ra o‘z variantingizni aniqlang 
2. Masalani yechish uchun algoritm va dastur quring. 
3. Kichik hajmdagi ma’lumotlar uchun dasturning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil 
qiling. 
4. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang. 
Amaliy ish topshiriqlari variantlari 
Quyida har 10 ta variant uchun umumiy bo‘lgan masalaning berilishi va talab qilinayotgan 
saralash usuli keltirilgan. Talabalar topshiriq olib so‘ralayotgan usul bilan o‘zlari tomonidan 
tanlangan ixtiyoriy saralash usulining samaradorligini solishtirish dasturini tuzishlari kerak. 
Usullarni solishtirishda o‘rin almashtirishlar soni nazarda tutiladi.
Ta’mirlash ustaxonasida 
bir nechta (N ta) mashina bor. Ular to‘g‘risida quyidagi 
ma’lumotlarga egamiz: raqami, markasi, egasining ismi, oxirgi marta ta’mirlanganligi sanasi 
(kuni, oyi, yili), ta’mirdan chiqishi lozim bo‘lgan sana (kun, oy, yil).
Quicksortdan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish (variantga 
mos ravishda): 
1. 
Mashina egalarining ismlari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtirilsin va mos ravishda 
ularning mashinalari haqidagi ma’lumotlar chiqarilsin. 
2. 
Avtomobillarni ta’mirlash tartibi ishlab chiqilsin. Bu yerda ta’mir tugashi sanasi qaysi 
avtomobil uchun ertaroq bo‘lsa, shunga birinchi navbatda xizmat ko‘rsatiladi. 
3. 
Oldingi ta’mir qilinganlar soni 2 ga teng bo‘lgan mashinalar raqamlari bo‘yicha 
kamayish tartibida joylashtirilsin. 
4. 
Oldin ta’mir qilinmagan mashinalarni ta’mirdan chiqish sanasi bo‘yicha o‘sish 
tartibida joylashtiring. 
5. 
"Mersedes" markali mashina egalarini alifbo bo‘yicha teskari tartibda joylashtiring. 
6. 
Boshqalaridan oldinroq ta’mirlanadigan mashinalarni ularning markasi bo‘yicha alifbo 
tartibida joylashtiring (ta’mir tugatilishi sanasi 31.12.2012 dan erta). 
7. 
"Nexia" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiring. 


8. 
O‘tgan yildan beri ta’mirlanmagan mashinalarni ularning egalari ismlari bo‘yicha 
alifbo tartibida joylashtiring. 
9. 
Keyingi oyda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan mashinalarni oxirgi marta ta’mirlanganlik 
sanasi bo‘yicha o‘sish tartibida keltiring. 
10. "Mersedes" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha kamayish tartibida joylashtiring. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin