Akademik yozuv 2 fanining


Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə16/68
tarix25.12.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#194579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Gumanitar fanlar va xorijiy tillar

Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq.
2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon
(vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling.
3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.  
Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda bo'lgani uchun oson tushuniladi. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.
Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo 'ladi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin