1- mashq. Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib, biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.
2- mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.
Аннотация Пособие составлено в соответствии с требованиями Типовой программы по русскому языку для всех направлений бакалавриата и включает 10 лексико-грамматических тем.
Цель данного пособия – помочь студентам практически овладеть русским языком: уметь правильно выражать свои мысли в различных сферах коммуникации и пользоваться учебной, научно-технической литературой по специальности. В основу системы работы в пособии положен последовательно реализуемый коммуникативно-деятельностный принцип, который способствует более целенаправленному, комплексному расположению учебного материала. Использование в процессе обучения инновационных технологий, ИКТ и интерактивных методов представляют современный стиль обучения, который способствует развитию творческой активности и креативного мышления обучающихся.
Пособие предназначено для студентов 1-курса бакалавриата всех направлений национальных групп ТУИТ.
3- topshiriq.Ilmiy ish turlari bo‘yicha klaster tuzing.
10. Ilmiy maqola va uning tuzilish xususiyatlari. Maqola va uning turlari Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilinаdi.
3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1.Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2.Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3.Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.