Akademik yozuv II topshiriq №3 Talaba: Norboyeva Munisa



Yüklə 30,64 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü30,64 Kb.
#123293
249#Akademik yozuv 2#dastlabki ilmiy tadqiqot#8.0-10#01




Akademik yozuv II Topshiriq
3
Talaba: Norboyeva Munisa
Guruh: DIF 311-20
Tekshirdi: Gayubova Komila

9- Mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1 - topshiriq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn yarating. (Nyuton qonunlari)


Kimning? tashkil qiladi.
Nimani?
Nima? bir-biriga teng.
Nimaning?
Qanday? harakatini saqlaydi.
Nimani?
Nima? proporsional.
Nimaga?
Javob:
Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq sistemalarini inersial sanoq sistemalar tashkil qiladi. Inersial sanoq sistemasining ichida turib o’tkazilgan mexanik tajribalar yordamida sanoq sistemasining tinch turganligi yoki harakatlanayotganligini aniqlab bo’lmaydi. Nyuton qonunidan shuni ko’rish mumkinki, ta’sirlashuv vaqtida ikkita jismning bir-biriga ko’rsatadigan ta’sir kuchlari miqdor jihatdan bir biriga teng. Jismga hech qanday kuch ta’sir qilmasa yoki ta’sir qiluvchi kuchlar kompensatsiyalashmasa, jism tinch holatini saqlaydi yoki ilgarilanma harakatini davom ettiradi. Nyutonning uchinchi qonuniga ko’ra, ta’sirlashuv vaqtida ikki jism olgan tezlanishlar nisbati ularning massalarining qiymatiga teskari nisbatiga proporsional.

2-topshiriq. “Аbu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy ishning kirish qismini yozing.
Javob:
Abu Rayhon Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan. O`rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya,mineralogiya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o`rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug`ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq ko`lida ta`lim oldi. Ibn Iroq astronomiya,geometriya,matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag`ishlaydi.Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uygotadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish.
Yüklə 30,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin