Akademiya


Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə41/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari


Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash ongli ravishda olib borilishi zarur. Buning uchun, avvalambor, quyidagi muhim jihatlarni anglash lozim:

  • din, uni siyosiylashtirish va fundamentalizmning aynan bir narsa emasligi;

  • fundamentalizmning globallashuv jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi;

  • fundamentalizm va ekstremizmning terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topishi;

  • ekstremizm va fundamentalizmning maqsad va vositalari nuqtai nazaridan farqlanishini kabilar.

Diniy ekstremizm va islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari aynan shu jihatlarni aniqlash orqali belgilanadi. Buning sababi diniy ekstremizm va fundamentalizmning o‘ta jiddiy va qaltis mafkuraviy hodisa ekanligidadir. Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash ko‘r-ko‘rona va bir yoqlama olib borilmasligi lozim, chunki diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning samarasi to‘g‘ri ilmiy metodologiyani tanlashga bog‘liqdir.
Mazkur mulohazalardan kelib chiqib yondashilganda, islom dini, siyosiy islom va fundamentalizm aynan bir narsa emas. Islom ekstremizmi va islom fundamentalizmi islom dini bilan emas, balki siyosiy islom va turli ekstremistik siyosiy kuchlar bilan bog‘liqdir.
Siyosiy islom va uning ashaddiy janggari ko‘rinishi bo‘lmish islom ekstremizmi terrorizm va fanatizm bilan bog‘liqdir. Islom ekstremizmi va fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishi islom diniga emas, balki siyosiy islomning manfur ko‘rinishlaridan biri – islom ekstremizmi va terrorizmga qarshi qaratilishi lozim.
Mamlakatimiz va ayrim jahon matbuot vositalari yordamida tarqatilgan ba’zi manbalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy ekstremizm qorishtirib yuborilmoqda. Natijada hatto ayrim davlat arboblari (masalan, AQSH Prezidenti J. Bush) beixtiyor islom diniga siyosiy islom bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorizmni ham uning tarkibiy elementi, deb kiritmoqda. Vaholanki, terrorizm va islom ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liq.
Mamlakatimizning ichki ishlar organlari xodimlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishini aniqlashda bu xatoga yo‘l qo‘ymasliklari, haqiqiy islom bilan islom dinini niqob qilib olgan, aslida
ma’lum siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ekstremistik kuchlarni farqlay olishlari, obrazli qilib aytganda, «burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirmaslik»lari kerak. Bu, ayniqsa, ajdodlari va tarixiy o‘tmishi islom dini bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun kechirarli emasdir.
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqaddas qadriyatlaridan biri – islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dinini rivojlantirish, islom taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatga shak keltiradi, uni obro‘sizlantiradi. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ichki ishlar organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu esa islom dinini noo‘rin ayblash, unga janggari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy tamg‘a bosilishining oldini oladi. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon miqyosida islom dini nufuzi va islom mavqeining oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy, madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan pos- tindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir.
Islom fundamentalizmi jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlariga nisbatan salbiy ta’sir shaklida maydonga chiqqan. Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi.
Aytish joizki, islomda ham, xristianlik va boshqa dinlarda bo‘lganidek, fundamental tushunchalar kishilarning ezgulik, rahm-shafqat, mehr-oqibat, adolat va poklik kabi tasavvurlari asosiga qurilgan. Shu bois tom ma’nodagi diniy fundamentalizm ekstremistik ruhdagi fundamentalizmdan farq qiladi. Fundamentalizmga qarshi kurashning yo‘nalishi shu ma’noda din asoslariga emas, balki uning begona, yovvoyi tarmog‘i bo‘lgan ekstremistik ruhdagi fundamentalizmga qaratilmog‘i lozim.
An’anaviy islom dini fundamentalizm bayrog‘i ostida rivojlanmoqda. Siyosiy islom esa islom dinini muayyan siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida o‘ziga shior yoki niqob qilib olishga urinmoqda.
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globallashuv (lotinchada
globus – shar, butun yer yuzini qamrab oluvchi voqea yoki hodisa),
standartlashuv (inglizchada standart – namuna, nusxa, me’yor, umum e’tirof etilgan yoki tavsiya qilinadigan namuna, nusxa, me’yor), vesternizatsiya (inglizchada west – g‘arb, g‘arb dunyosiga xos turmush tarzini tashviqot qilish, olib kirishga harakat) va konsyumerizm (iste’mol erkinligini targ‘ib qilish)ga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. «Sovuq urush» davri tugaganidan so‘ng, jahonda umumiy informatsiya tarmog‘i (internet), umumiy bozor, umumiy iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga umumiy ehtiyoj sezila boshlandi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom an’analariga asoslangan turmush tarzi va udumlariga G‘arb standartlari, normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh orqali aloqalar, elektron pochta va shu kabilar Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq singib borishini tezlashtirdi.
Islom mamlakatlari G‘arb davlatlarida shakllangan sekulyarizm (ya’ni, dinni davlatdan ajratish) siyosatini qabul qilmaslikka harakat qiladi, o‘z hukmini jahon hamjamiyatiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bu narsa islom fundamentalizmini xristianlikning diniy qonunlaridan biri bo‘lgan pravoslav fundamentalizmidan farq qilishga olib keladi. G‘arb texnologiyasi ilmi va texnikasi yutuqlaridan tobora ko‘p bahramand bo‘layotgan Sharq xristianlikdan emas, balki ko‘proq G‘arb mafkurasidan cho‘chiydi.
Bu kayfiyatni Eron Islom Respublikasining sobiq rahbari marhum Oyatulla Humayniy Italiya gazetasi «Korryere della Sera»ning muxbiri taniqli jurnalist Oriana Fallachiga 1979 yilda Eronda sodir bo‘lgan islom inqilobidan so‘ng bergan intervyusida yaqqol ifodalaydi. Jumladan, u: «Biz sizlarning fanlaringizdan ham, texnikangizdan ham cho‘chimaymiz. Biz sizlarning g‘oyalaringizdan va odatlaringizdan cho‘chiymiz»18, – deydi. Darhaqiqat, Sharq islom dunyosining rahbarlari G‘arb texnikasi bilan birga kirib keluvchi G‘arb ma’naviyati, mafkurasi, odat va udumlaridan cho‘chishadi va Sharq musulmon aholisini islom talablariga zid qadriyatlar ta’siriga tushib qoladi deb o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun ayrim siyosiy islom namoyandalari islomdan o‘zga dinni tan olmaydilar, islom dinida bo‘lmagan barcha kishilarni o‘zlariga dushman deb hisoblaydilar.



18 Kapaнг: Цeнтpaльнa… A%и… и Kaвкa%. – Cтoкгoльм, 2000. – C. 16.
Bu kayfiyatlar turli janggari siyosiy kuchlarga madad beradi, islom dinini himoya qilish niqobi ostida islom dunyosini qolgan butun jahon xalqlariga qarshi qo‘yadi. Ayrim islom mafkurachilari islom dunyosi mamlakatlarini birlashtirmoqchi, jahonning deyarli 50 mamlakatini birlashtiruvchi islom davlati – islom xalifaligini tiklamoqchi bo‘ladilar. Bu ishga islom korchalonlaridan Usoma bin Lodin, Shomil Basayev, Ibn Xattob, Juma Namangoniy va boshqalar qattiq bel bog‘laganlar. Ular islom aqidalariga butunlay zid usullar – terrorizm, garovga olish va kishilarni dahshatga soluvchi mish-mishlar vositasida o‘zlarining qabih niyatlariga erishmoqchi bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, janggari funda- mentalizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topmoqchi, buning uchun ayrim yosh mustaqil davlatlarning ichki ziddiyatlari va iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi, rasmiy hokimiyatga qarshi turuvchi kuchlarni shakllantirmoqchi, xalq birligini buzmoqchi bo‘ladilar. Bu sohada ular mablag‘ va kuchni ayamaydilar, real hokimiyatga nisbatan har qanday norozilikni qo‘llab-quvvatlaydilar. Bunday sharoitlarda siyosiy hokimiyatning muhim tarmog‘i bo‘lgan ijroiya hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki ishlar organlari xodimlaridan chuqur siyosiy bilimdonlik, yuksak malaka va hushyorlik talab qilinadi.
Fundamentalizmga qarshi kurash samarali olib borilishi lozim. Bu ishdagi savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi buyuk qadriyat – islom diniga putur yetkazadi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldida obro‘yini to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga esa bu narsa qo‘l keladi. Ular mustaqil O‘zbekiston xalqini tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot yo‘lidan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Buni ichki ishlar idoralarining har bir xodimi to‘g‘ri anglashlari, islom diniga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Zero, oq-qorani farqlash har bir vijdonli xodim- ning kasbiy va vijdoniy burchidir.



Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin