Qur’on va sunnatning mazmuni oddiy mehnatkash xalq vakillariga tushunarli bo‘lmaganligi sababli, ularni islom olamida ziyolilar, ruhoniylar va huquqshunoslar qunt bilan o‘rganar va tafsir qilar edilar. Keng musulmon ommasi uchun esa qator asosiy tamoyillarni o‘z ichiga olgan
«E’tiqod ramzi» yaratilgan. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
Ollohga ishonish. Har bir musulmon (arabchada – bo‘yin eguvchi, itoatkor degan ma’nolarni anglatadi) yagona Ollohni tan olishi va uning irodasiga bo‘ysunishi shart;
Ollohningfarishtalarigaishonish.Musulmon kishi farishtalar (arabchada – malak, maloika) va yovuz kuchlar (jinlar) mavjudligiga ishonishi lozim. Ularning barchasi Olloh tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning irodasini ifoda etuvchi jismsiz mavjudotlardir. Xudoga eng yaqin bo‘lgan farishtalar zimmasiga turli vazifalar yuklatilgan bo‘lib, Jabroil – Ollohning hukmini kishilarga yetkazuvchi, Mikoil – koinotni boshqaruvchi, Isrofil – maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat kuni haqida xabar beruvchi, Azroil – jon oluvchi farishta vazifasini bajaradi. Shuningdek, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi farishtalar – Munkar va Nakir, jannatning qo‘riqchisi – Ridvon, do‘zaxning qo‘riqchisi – Malik ham xudoning yaqin yordamchilari vazifasini bajaradilar. Olloh irodasiga bo‘ysunishni istamagan yana bir farishta mavjud bo‘lib, uning nomi Shayton (Iblis)dir. Shayton odamlarni gunohga yetaklaydi. Qudratli Olloh bu farishtani jilovlab, bo‘ysundirib olishga qodir, biroq u ataylab Iblisgaga erkinlik berganki, bundan maqsad islomga e’tiqod etuvchi musulmonlarning irodasini, islom diniga bo‘lgan muhabbati va izchilligini sinash hisoblanadi. Bu farishta oxirzamonga qadar erkin bo‘ladi;
Ollohning kitoblariga ishonish. Musulmonlar Qur’onni abadiy va odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Olloh muqaddas ta’limotini Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso (Iisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir – qadimgi yahudiy dinining duolar to‘plami) kabi muqaddas bitiklar Qur’ondan oldin yuborilgan manbalardir. Shuning uchun ham islom boshqa dinlar ta’limotiga o‘xshaydi. Qur’on muqaddas bitiklarning eng so‘nggisidir. Qur’ondagi har bir ibora muqaddas hisoblanadi, u xudo tomonidan vahiy qilingan va unga shak keltirish mumkin emas;
Ollohningpayg‘ambarlarigaishonish.Payg‘ambarlar ilohiy haqiqatni bandalarga yetkazadilar, ularni va’z, nasihat bilan haq dinga va yaxshi ishlarga chaqiradilar. Qur’onda 25 nafar payg‘ambarning ismlari qayd etilgan, biroq musulmonlar Muhammadni barcha payg‘ambarning payg‘ambari, deb hisoblaydilar. Payg‘ambarlar ikki turga bo‘linadilar: rasullar va nabiylar. Olloh alohida kitob va shariat bergan payg‘ambarlar
«Rasul» deb ataladilar. Olloh alohida kitob va shariat ato etmagan, lekin rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar «nabiylar»deb ataladi. Rasullar nabiy bo‘lishi mumkin, lekin nabiylar rasul bo‘laolmaydilar.
oxirat kuniga ishonish. Oxiratda (arabchada – oxirgi kun, dunyo- ning tugash kuni degan ma’nolarni anglatadi) Olloh va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo‘lishini faqat Olloh biladi. Oxirat kunida Yerdagi hayot tugaydi. Ollohning qudrati bilan o‘lganlar qayta tiriladilar va bir joyda – Mahshar yerida to‘planadilar;
islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o‘z taqdirining Ollohtomonidan oldindan belgilab qo‘yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim.Qur’onda yozilishicha, «Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini islom uchun keng qilib qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko‘nglini «tor va tang qilib qo‘yar»10. Ollohning irodasiga musulmonlar so‘zsiz itoat etishlari shart;
o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish. Ollohning irodasi bilan qayta tirilgan odamlarning «Mahshar yeri»da to‘plangan kuni qiyomat deb ataladi. Bu kunda har bir inson o‘z qilmishiga loyiq mukofot, ajr oladi: kimdir do‘zaxda qiynoq azobiga duchor bo‘lsa, yana kimdir jannatda rohat-farog‘atda yashashga muyassar bo‘ladi.
Islomda diniy e’tiqod, marosim, urf-odat, huquq va axloq normalardan tashkil topgan dindorlar uchun oddiy, bajarilishi qulay shartlar to‘plami
10 Kypъoни кapим / Tapжимoн вa и%o лap мyaллифи Aлoyддин Maнcyp. – T., 1992. – Б. 95.
farzlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarmaganlar islomdan chiqqan deb hisoblanadi. Farzlarning eng asosiysi «islom arkonlari» deb ataladi va quyidagilardan iborat: