Akademiya



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə25/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Marhumlarga sig‘inish – vafot etgan kishining mayyiti xudoning irodasi bilan chirishdan saqlanib qolishiga ishonish. Xristianlar chirimay saqlanib qolgan shahidlar mayyitida ilohiy kuch mujassamlashganligiga va uning odamlarga foyda keltirishi mumkinligiga ishonadilar. Pravoslaviyeda chirishdan saqlanib qolgan tananing qismlarida ham mo‘jizaviy kuch bor deb hisoblanadi.
Pravoslaviye ta’limotini targ‘ib qilishda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Chunki pravoslaviyeda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, ahamiyatiga ko‘ra, katta, o‘rta va kichik bayramlarga bo‘linadi.
Katta bayramlarning eng nufuzlisi pasxa (grekcha pascha qadimgi yahudiy tilidagi pesach so‘zidan olingan va so‘zma-so‘z tarjimasi – kelib chiqish, nasl-nasab, asli degan ma’nolarni anglatadi) bayramidir. Bu bayram Isoning xochga tortib o‘ldirilganidan keyin mo‘jizaviy qayta tirilishi xotirasiga bag‘ishlanadi. Xristianlikdagi ushbu bayram iudaizmdagi messiyaning kelishiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan pasxa bayramidan o‘zlashtirilgan. Dastlabki davrlarda ularning o‘tkazilish vaqti ham bir kunga to‘g‘ri kelgan. Pasxa bayrami iudaizmdagi pasxa bayrami tugaganidan keyingi birinchi yakshanbada o‘tkaziladi. U bir hafta davom etadi.
Pasxadan keyin (ahamiyatiga ko‘ra) ulug‘ bayram hisoblanuvchi o‘n ikkita bayram qabul qilingan. Ular quyidagilardan iborat:

  • Isoning tug‘ilishi;

  • Xudoning cho‘qintirilishi;

  • Uchrashuv;

  • Ilohiy xushxabar;

  • Xudo qiyofasining o‘zgarishi;

  • Bibi Mariyamning tug‘ilishi;

  • Bibi Mariyamni xotirlash;

  • Isoni xochga tiklash;

  • Xudoning Quddusga kelishi;

  • Isoning osmonga ko‘tarilishi;

  • Muqaddas uchlik.

Yuqorida sanab o‘tilgan o‘n ikkita ulug‘ bayramlar orasida Isoning tug‘ilishi va Muqaddas uchlik alohida mavqega ega.
Isoning tug‘ilishi bayrami – O‘g‘il xudo Iso Masihning tug‘ilishiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bayram. Injilda Bibi Mariyam iffati saqlanib qolgan holda Ota xudodan ilohiy homilador bo‘lganligi va natijada Iso Masih tug‘ilganligi qayd etiladi. Iso Masihning tug‘ilishi insoniyat tarixida beqiyos ahamiyatga ega voqea bo‘lgan. Iso tug‘ilgan kundan boshlab barcha odamlar uchun xalos bo‘lish, abadiy hayot va rohat-farog‘atda yashash imkoniyati ochilgan. Dastlab Isoning tug‘ilgan kunini xristianlar 6 yanvarda nishonlaganlar. Keyinchalik uni 25 dekabrda nishonlash belgilangan. Yil hisobida farq bo‘lganligi uchun Isoning tug‘ilgan kuni katoliklarda 7 yanvarda, pravoslavlarda 25 dekabrda nishonlanadi.
Katta bayramlarning keyingisi Muqaddas uchlik bayramidir. Xristianlarda bu pasxa bayramidan 50 kun o‘tganidan keyin nishonlanadi. Shu bois u ellik kunlik bayram deb ataladi. Injilda qayd etilishiga ko‘ra, Iso qayta tirilganidan keyin 50 kun o‘tgach, shogirdlari havariylarga Muqaddas Ruh ayon bo‘ladi. Aynan shu voqea kunda mo‘jiza yuz beradi. Havariylar zimmasiga «payg‘ambar»lik vazifasi yuklanadi va ular turli xalqlar tillarida gapira boshlaydilar. Shu voqeadan keyin havariylarning missionerlik (lotincha missio – xabar eltuvchi, zimmasiga yuklash degan ma’nolarni anglatadi) faoliyati boshlanadi.
O‘n ikki bayramdan keyin ulug‘ bayramlar sifatida qabul qilingan beshta bayram turadi. Ular quyidagilardan iborat: Isoni xatna qilish, Ioann Predtechaning tug‘ilgan kuni, havariylar Ioann va Pavel kuni bayrami, Ioann Predtechaning boshi kesilishi va Homiylik bayrami.
Xristianlikda nishonlanadigan o‘rta va kichik bayramlar asosan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, odatda birorta mahalliy avliyoga bag‘ishlanadi. Bu bayramlar shu qadar ko‘pki, yilning har bir kuni biron- bir avliyoga bag‘ishlangan bayramga to‘g‘ri keladi.
Diniy bayramlar va marosimlarni bajarishda, dindorlar hayotida cherkov va ruhoniylar muhim o‘ringa ega. Cherkov Iso Masihning ilohiy
«jismi»ga qiyoslanadi. U xudo va odam o‘rtasidagi vositachi maskan vazifasini bajaradi. Cherkovning muhim ijtimoiy vazifani bajarishi uni qurishda monumentallikka, bezaklarning go‘zalligi va hashamdorligiga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Shuningdek, dindorlar cherkovga kelganida, binoning ulug‘vorligi, ichki va tashqi qismidagi hashamat, yuksak san’at darajasida bajarilgan bezaklari xudoning cheksiz qudratini namoyish qilishi bilan birga diniy bilim bergan, Injilning mazmuni bilan tanishtirgan.
Cherkovda va’z aytiladi, xudoga sig‘inish marosimlari o‘tkaziladi, Injildan lavhalar o‘qilib, sirli marosimlar bajariladi. Pravoslaviyeda dindordan muntazam cherkovga qatnab turish talab qilinadi.
Yuqorida qayd etilganidek, pravoslaviye katolitsizm kabi mar- kazlashgan tashkilotga ega emas, u bir qator avtokefal cherkovlarga bo‘linadi. Avtokefal cherkovlarni boshqarish tartibi to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish uchun Rus pravoslav cherkovi boshqaruv tartibini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Rus pravoslav cherkoviga patriarx rahbarlik qiladi. Patriarx diniy ishlarga rahbarlik qilishda katta vakolatlarga ega. U diniy ta’limot va marosimlar bilan bog‘liq ishlarni hal qiladi, cherkovni boshqaradi va undagi sud ishlariga rahbarlik qiladi. U mustaqil cherkovlar bilan aloqa o‘rnatish ishlarini nazorat qiladi, yeparxiyalar arxiyereylarining (cherkov ma’muriy-hududiy birlashmasi rahbari, mitropolit, arxiyepiskop, yepiskop kabi unvonli kishi) faoliyatini nazorat qiladi, ularni lavozimiga tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi, diniy unvonlar beradi.
Rus pravoslav cherkovi ma’muriy-hududiy bo‘linishi bo‘yicha 4 ta ekzarxat (grekcha exarchos – boshliq, rahbar degan ma’nolarni anglatadi, cherkovlar okrugi, bir necha yeparxiyalardan tashkil topadi) va 76 ta yeparxiya (cherkov ma’muriy-hududiy birlashmasi)ga bo‘linadi. Boshlang‘ich tashkilotlar «qavmlar» deb ataladi. Qavmlar quyi ma’muriy- hududiy cherkov tashkilotidir. Ular cherkov va unda faoliyat yurituvchi ruhoniylardan va shu hududda istiqomat qiladigan dindorlar jamoasidan tashkil topgan. Dindorlar jamoasi cherkov kengashi va taftish komissiyasini saylaydi. Taftish komissiyasi ijroiya organi hisoblanadi,
ya’ni cherkovning xo‘jalik va moliyaviy ishlarini boshqaradi. Rohiblar ijroiya organining ishlariga aralashmaydilar, ular dindorlarning diniy ehtiyojlarni ta’minlash, ibodat qilish, diniy marosimlarni bajarish kabi vazifalar bilan shug‘ullanadilar.
Rus pravoslav cherkovi ham (boshqa cherkovlardagi kabi) diniy mazhablarga bo‘linadi. XVII asrning o‘rtalarida jamiyatning inqirozi hamda bir qator obyektiv va subyektiv sabablar tufayli Rus pravoslav cherkovida bo‘linish yuz bergan, staroobryadchilik (eski e’tiqod tarafdorlari) diniy-ijtimoiy harakati vujudga kelgan. Cherkovdagi bo‘linishga patriarx Nikon (1605–1681)ning diniy islohotlari bahona bo‘lgan. Uning tashabbusi bilan ilgari rus tiliga tarjima qilingan diniy kitoblar bilan grek tilidagi asl nusxalar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish ishlari olib borilgan. Cherkovda diniy marosimlarni bajarishning yagona tartibi joriy qilingan. Nikonning islohotlari diniy ta’limot asos- lariga ta’sir etmagan. Masalan, islohotlar natijasida «Isus» so‘zi «Iisus» deb aytiladigan bo‘lgan, «pevsы» so‘zi «pesnopevsы» bilan almashtirilgan. Dindorlarning diniy marosimlar vaqtidagi harakatlarining yo‘nalishi o‘zgartirilgan. Yergacha ta’zim qilish, bel barobar ta’zim qilish bilan almashtirilgan va hokazo. Ko‘rinishidan jiddiy bo‘lmagan o‘zgarishlar jamiyatda og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan: diniy islohotlar mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy muammoga aylangan. Jamiyatda «Eski e’tiqod» tarafdorlari harakati vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari Rus pravoslav cherkovining betakror ahamiyatga egaligi va boshqa cherkovlardan, jumladan unga asos solgan Konstantinopoldan ham ustunligi g‘oyasi ilgari surilgan. Diniy marosimlar va udumlarda milliy xususiyatlarni saqlab qolish talab qilingan. Cherkov islohotlar mu- xoliflariga qarshi qat’iy kurash olib borgan. Staroobryadchilar «murtad» deb e’lon qilingan. Butun mamlakat bo‘ylab qatag‘onlar, quvg‘inlar boshlangan, minglab kishilar qatl etilganlar, qiynoqqa duchor qilinganlar, qamoqqa tashlanganlar, surgun qilinganlar.
Hukumat va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka qarshi keskin tadbirlari harakatni yo‘q qila olmagan. Staroobryadchilar mamlakatning chekka o‘lkalariga qochib ketib, eski diniy e’tiqodlarini saqlab qolganlar. Ular davlat hokimiyatini iblisning gumashtalari deb hisoblaganlar va dunyoviy hayot bilan har qanday aloqalarni inkor etganlar. Hanuzgacha ularda diniy marosimlar eski diniy kitoblar asosida bajariladi, yil hisobi islohotlar davridagi eski taqvim asosida olib boriladi.
Davlat hokimiyatining va rasmiy cherkovning staroobryadchilikka qarshi keskin kurashi ta’sirida uning saflarida turli yo‘nalishlar vujudga
kelgan. XVII asrning oxirlarida «popchilar» va «popchilikni inkor qiluvchilar» yo‘nalishlari paydo bo‘lgan. «Popchilar» diniy udum va marosimlar poplarning rahbarligida bajarilishi kerak, deb hisoblaydilar.
«Popchilikni inkor qiluvchilar» «haqiqiy» poplarni iblisning gumashtalari yo‘q qilgan deb, ularni inkor qiladilar.
1971 yilda o‘tkazilgan Rus pravoslav cherkovining Pomestye soborida staroobryadchilikni dindan chiqqanlar (anafema) oqimi ekanligi to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan. Rus pravoslav cherkovidagi bo‘linishni bartaraf etish uchun qulay shart-sharoit vujudga kelgan, lekin muxolif kuchlarning o‘zaro birlashuvi amalga oshmagan. Hozir ham mustaqil staroobryadchilik cherkovlari saqlanib qolgan.
Pravoslaviyening ijtimoiy doktrinasi tarixiy davrlarning ijtimoiy- siyosiy shart-sharoitlari ta’sirida o‘zgarib borgan. Cherkov jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy adolat va madaniy taraqqiyotga xizmat qilish bilan birga hukmron ijtimoiy-siyosiy tuzum va u olib borgan krepostniklik, mustamlakachilik va ekspluatatsiya siyosatlarini himoya qilib kelgan. Shu bilan birga kapitalistik taraqqiyot davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzum oqlangan va uni «umumxristianlik qadriyatlari»ning oliy darajadagi timsoli ekanligi qayd etilgan. Kishilarning turmush sharoitini yanada yaxshilash uchun kapitalizmni
«xristianlashtirish» yo‘li bilan «sog‘lomlashtirish» taklif etilgan.
Sobiq sotsialistik davlatlarda faoliyat ko‘rsatgan pravoslav cherkovlar doimo mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilganligini isbotlashga intilgan. Cherkovning har doim ijtimoiy tengsizlikka, kishining kishi tomonidan ekspluatatsiya qilinishi, qullik, zulm, mustamlakachilik va ekspansionizmlarga qarshi turganligi ko‘pchilikka ma’lum.
Pravoslaviyening katolitsizmdan farqli o‘laroq, dunyoviy hokimiyat bilan raqobatlashish imkoniyatlari cheklangan edi. Ko‘pchilik mustaqil cherkovlar bevosita siyosiy hokimiyatga bo‘ysundirilgan. Shunday vaziyatda cherkovlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumga nisbatan murosa yo‘lidan borganligi sababini tushunish mumkin. Sovet tuzumining barham topishi natijasida demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan yangi davlatlarning vujudga kelishi diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko‘rsatishiga imkon berdi. Cherkov jamiyatda insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat, o‘zgalar fikriga hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda boshqa dunyoviy tashkilotlar va muassasalar bilan faol hamkorlik qilmoqda, xalqaro munosabatlarda tinchlikni saqlab qolish va mustahkamlash, keskinlikni yumshatish, mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l
bilan hal etish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashmoqda.
Pravoslav cherkovining Markaziy osiyodagi faoliyati uzoq o‘t- mishimiz bilan bog‘liq. 2001 yilda O‘rta Osiyo pravoslav cherkovi yeparxiyasi tashkil etilganligining 127 yilligi nishonlandi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiyalar qatorida pravoslav cherkovi islom dinidan keyingi o‘rinda turadi. Barcha konfessiyalar kabi pravoslav cherkovi ham mintaqada tinchlik, barqarorlik, milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.



Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin