zaydiylarmazhabiVIII asrning o‘rtalarida, ummaviylar sulolasining inqirozi davrida vujudga kelgan va Shialarning beshinchi imomi – Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Alining nomi bilan atalgan. Ushbu mazhab vakillari Zaydni beshinchi imom deb hisoblab, undan keyingi imomlarni tan olmaydilar. Aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylarning o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosa yo‘lini tutadilar. Zaydiylar xalifa Alidan ilgarigi xalifalar
hokimiyatini tan oladilar va o‘n ikkinchi imom – Muhammad Mahdiyning qiyomat kunida qaytib kelishiga ishonmaydilar avliyolar va mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni inkor qiladilar;
ismoiliylar mazhabi VIII asrning o‘rtalaridan shakllana boshlagan va IX asrning oxirlariga kelib mustaqil diniy mazhabga aylangan. Bunga shialarning oltinchi imomi – Jafar as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil (ichkilik va maishatga berilganligi uchun taxt vorisligidan mahrum qilingan) asos solgan. Diniy-falsafiy ta’limot tizimi neoplatonizm, neopifagorizm, xristian gnostisizmi kabilar ta’sirida shakllangan. Ta’limot zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) qismlarga bo‘linadi. Zohiriy qismi shialarning umumiy qarashlaridan deyarli farqlanmaydi. U maxfiy ta’limotdan bexabar bo‘lgan ismoiliylar ommasiga mo‘ljallangan. Botiniy ta’limotda xudodan keyingi yettita quyi pog‘ona ajratiladi. Yettinchi pog‘onani kamolotga erishgan inson, ya’ni payg‘ambar tashkil etadi. Kamolotga erishgan inson o‘zida «olamiy aql»ni aks ettirgan notiq bo‘lib, xudo ta’limotini kishilarga yetkazadi. Ismoiliylar mazhabidan keyinchalik turli yo‘nalishlar ajralib chiqqan.
ja’fariymazhabishialikning diniy-huquqiy tizimi bo‘lib, o‘n ikkinchi imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimini tashkil etadi. Mazhabning asoschisi sifatida oltinchi imom – Ja’far as-Sodiq (700– 765) qabul qilingan bo‘lsa-da, aslida uning shakllanishida imom ishtirok etmagan. IX–X asrlarda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan mazhab ta’limoti ishlab chiqilgan.
Shialik hozir Eron Islom Respublikasi, Iroq va Yamanda keng tarqalgan. Shia yo‘nalishiga mansub ayrim guruhlar Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Suriya, Livan, Misr kabi davlatlarda ham uchraydi. Ma’lum miqdorda shia yo‘nalishidagi musulmonlar Ozarbayjon, Tojikiston va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida uchraydi.
Islomdagi eng yirik yo‘nalish sunniylikdir. Sunniylar o‘zlarini asl islom an’analari tarafdorlari deb hisoblaydilar. Sunniylik ortodoksal (grekchada – dindor, e’tiqodli, ya’ni, biron-bir ta’limotga, yo‘nalishga, dinga og‘ishmay amal qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi) islom yo‘nalishidir. Yo‘nalish islomning Muhammad payg‘ambar davrida vujudga kelgan ta’limotini tan oladi. Sunnat islomning ikkinchi manbai sifatida qabul qilingan va unda an’anaviy diniy marosimlar, maishiy turmush hamda ijtimoiy hayot qoidalariga amal qilinadi.
Sunniylikda islomning muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotda qo‘llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud:
hanafiya mazhabiga Imom Abu Hanifa (Imom A’zam) asos solgan. Mazhabning mafkurasi islom aqidalarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda ijodiy yondashuvga asoslanadi va bunda qiyos (arabchada – solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish degan ma’nolarni anglatadi) qoidalarini qo‘llash bilan musulmon jamoasi yoki davlat manfaatlariga ko‘proq mos keluvchi yechimni tanlashga intiladi. Hanafiya mazhabiga sunniylarning 1/3 e’tiqod qiladilar;
molikiyamazhabigaMalik ibn Onas (713–795) asos solgan va Muhammad alayhissalom hayotligi davrida vujudga keltirilgan diniy- huquqiy tartibotga asoslanadi. Molikiya mazhabi Qur’on va sunnatni aqlga asoslanib (ratsional) talqin qilishga qarshilik qilsa ham, qiyosni ijtimoiy hayotda qo‘llashni to‘liq inkor etmaydi. Hozirda ushbu mazhabning Tunis, Jazoir, Marokash singari davlatlarda tarafdorlari bor;
shofi’iymazhabigaImom ash-Shofi’iy (767–820) asos solgan. Shafi’iy mazhabi hanafiya va molikiya mazhablarini o‘zaro murosaga keltirish tarafdori. U diniy mafkurasiga ko‘ra, qiyos va ijmo (birdamlik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror)larni ijtimoiy hayotda qo‘llashda cheklashga yo‘l qo‘yganligi uchun molikiya maktabiga yaqin turadi. Shofi’y mazhabi hozirda Suriya, Misr, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida va janubiy Arabiston davlatlarida saqlanib qolgan;