Akademiya



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə35/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

hanbaliya mazhabiga Imom Ibn Hanbal (780–755) asos solgan. Ushbu mazhab ijtimoiy hayot masalalarini hal etishda faqat Qur’on va sunnat qoidalariga asoslanib qaror chiqarish tarafdori hamda qiyos va ijmolarni qo‘llashda faqat sahobalarning birgalikdagi maslahati bilan qabul qilingan hukmlarni tan oladi. Mazhab diniy masalalarda erkin fikrni inkor qiladi va ta’limoti ijtimoiy hayotdagi zamonaviy talablardan ortda qolganligi, erkin fikrni rad etishi sababli, islom mamlakatlarida uning tarafdorlari ko‘p emas.

Sunniylikdagi mavjud diniy huquqiy mazhablar e’tiqod qiluvchilarining miqdori jihatidan bir-biridan farq qilsa ham, huquqda tengligi e’tirof etiladi va din asoslariga zid deb hisoblanmaydi.
X asrga kelib, islom dinida ortodoksal mavqega ega hisoblanuvchi kalom (arabchada – so‘z, nutq degan ma’nolarni anglatadi) ta’limoti paydo bo‘lgan. Uning tarafdorlari mutakallimlar deb ataladi va ilk namoyandalari

  • al-Ash’ariy (873–935), Maturidiy (944 yilda vafot etgan) islom aqidalarini ijodiy tafsir etishga qarshi chiqqanlar. Mutakallimlar musulmon ruhoniylarining an’anaviy davomchilari tomonidan tanqidga uchraganlar. Mutakallimlar barcha narsa va hodisalar asosida Olloh irodasi yotganligini ta’kidlaydilar. Ular, jumladan, Qur’oni karimning yaratilishiga oid ayrim fikrlarni ham olg‘a suradilar. Qur’oni karimning ilohiy kelib chiqishi

to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qilib, muqaddas kitobni emas, balki uni ifoda etuvchi harflarni, siyoh va qog‘oznigina inson tomonidan yaratilgan deb hisoblaydilar.
Mutakkalimlarga qarama-qarshi mu’taziliylar (arabchada – ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar degan ma’nolarni anglatadi) oqimi VIII asrda yuzaga kelgan. Oqimga Vosil ibn Ato (699–748) asos solgan. Uning a’zolari falsafa va mantiqning metod va tushunchalarini ilohiyotga tatbiq etib, mistikaga qarshi chiqqanlar, qur’on va sunnatni aql-idrokka mos talqin etish hamda islomga ratsionalistik elementlarni kiritish tarafdorlari bo‘lganlar. Mu’taziliylar ta’limoti VIII asrning birinchi yarmida rasmiy e’tiqod sifatida qabul qilingan. VIII asrning o‘rtalaridan boshlab ortodoksal e’tiqod tarafdorlarining hokimiyatda ustunlikni qo‘lga kiritganliklari sababli, bu oqim taqiqlangan va ta’qib qilingan. U hukumat tomonidan to‘xtovsiz taqib qilinganligi sababli O‘rta Sharqda XI–XII asrlarda, Markaziy Osiyoda XIII– XIV asrlarga kelib yo‘q bo‘lib ketgan. Mazkur oqimning mintaqadagi so‘nggi vakillaridan biri – Zamahshariydir.
Islom dinida mistik va tarkidunyochilik g‘oyasiga asoslangan so‘fizm oqimi ham mavjud bo‘lib, u taxminan VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Uning keng yoyilishi XI asrga to‘g‘ri keladi. So‘fizmning (arabchada – jun, qo‘pol jun kiyim, jun kiyim kiyib yuruvchi degan ma’nolarni anglatadi) asosiy g‘oyasi barcha musulmonlarning Olloh oldida tengligi to‘g‘risidagi aqidaga asoslanadi. So‘fiylar odamlarni halol pok bo‘lishga, kasb hunar egallab o‘z mehnati bilan yashashga, boshqalarning mehnatidan foydalanmaslikka, tenglik va ijtimoiy adolat qoidalariga amal qilishga da’vat etadilar.
So‘fizm ta’limotida buddizm va neoplatonizm elementlari ham mavjud bo‘lib, ular so‘fizmning panteistik ta’limotida yaqqol ko‘rinadi. Panteizmning mohiyati shundaki, unda barcha narsa va hodisalar jonli hisoblanib, Olloh irodasining ifodasi deb ta’kidlanadi. So‘fiylarning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, kishi bu dunyodagi faoliyatini faqat bir maqsadga – Olloh bilan uyg‘unlashishga, birlashishga safarbar etmog‘i lozim. Ilohiy haqiqatga kishi asta-sekin, bosqichma-bosqich erishadi.
So‘fiylar ta’limotining ayrim elementlari keyinchalik ortodoksal islom tarkibiga ham kiritilgan. Bu ishda islom ruhoniylaridan al-Fazzoliyning hissasi salmoqli bo‘lgan. U so‘fizmning mistik muroqaba (intuitsiya), ya’ni Ollohni hissiy idrok etish g‘oyasini qabul qilgan va so‘fizmdan farqli o‘laroq, barcha musulmon udumlarini bajarishni farz deb hisoblagan. Biroq u so‘fizmning panteistik g‘oyalarini qabul qilmagan. Fazzoliyning tashqi voqelikni passiv idrok etish haqidagi g‘oyasi musulmonlarda tashqi
olam narsa va hodisalariga nisbatan yuzaki qarash odatini shakllantirgan. Bu keyingi asrlarda o‘z natijasini bera boshlagan. Al-Fazzoliyning mazkur ta’limoti o‘rta asrlarda ilm-fan, jumladan tabiatshunoslik ilmining rivojlanishi va Markaziy Osiyoda ilmiy taraqqiyotga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkirlarning yetishib chiqishiga to‘sqinlik qila olmagan.
Islom dinining asosiy yo‘nalishlari va oqimlari xususida to‘xtalganda undagi ikki asosiy tamoyil yoki yo‘nalish haqida gapirmaslik mumkin emas. U islom dini paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan 1400 yillik ijtimoiy taraqqiyot davomida shakllangan. Shu o‘tgan davr mobaynida insoniyat feodalizmdan kapitalizmgacha, bozor munosabatlari shakllangan davrlargacha teokratik davlatdan respublika, prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlat tuzilishigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni bosib o‘tgan. Islomdagi bu ikki yo‘nalish fanda traditsionalizm va modernizm nomi bilan mashhur.
Traditsionalizm «ortodoksal islom» nomi bilan ham yuritiladi. U o‘zbek tilida ilk islom ta’limoti, Qur’on va sunnalarda qayd etilgan g‘oyalarning asl mohiyatini saqlab qolish, zamon, davr o‘zgarishi bilan ayrim islom aqidalarining ham o‘zgarishi mumkinligi haqidagi fikrlarni inkor etuvchi ruhoniylar faoliyati bilan bog‘liqdir. Traditsionalistlar nuqtai nazaricha, islom dinining aqidalari, olam haqidagi Olloh ta’limoti abadiy va mutlaqdir. Zamonda va tarixda bo‘ladigan har qanday o‘zgarish Olloh tomonidan oldindin belgilangan va hukm qilingan bo‘lib, barcha narsa va hodisalar uning irodasi bilan sodir bo‘ladi va mavjuddir. Traditsionalizm islom dinida hurfikrlilik va erkinlik bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqadi, islomdagi o‘zgarishlarni tanqid qiladi. Buning yorqin ko‘rinishi XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lgan va hozirgi kunda jahonning qator mintaqalarida ortodoksal islomni targ‘ib qiluvchi o‘ta janggari oqimlardan biri vahhobiylik hisoblanadi.
Vahhobiylar islom dinidagi modernistik tamoyilga qarshi chiqadilar, fundamentalizm da’vosi bilan dindagi har qanday o‘zgarishlarga qarshi kurashadilar, ekstremistik da’vatlar bilan din ahlini bir-birlariga qarshi qo‘ymoqchi, hattoki davlat ishlariga ham aralashmoqchi bo‘ladilar va o‘z g‘oyalarini qaror toptirish maqsadida diniy davlat tuzishga ham da’vo qiladilar.
Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika yutuqlari bilan uyg‘unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy yo‘nalish yoki ta’limot mavqeiga egadir. Islom modernizmi asosan XIX asrlarda paydo bo‘lgan. U islom dunyosining ilg‘or fikrli ziyolilari tomonidan yaratilgan. Ular G‘arbda burjua munosabatlarining rivojlanishi
ijobiy samara berganligi va fan-texnikaning gurkurab rivojlanishiga olib kelganligini ko‘rib, Sharq jamiyatlarini ham isloh qilish, shariat qonunlari o‘rniga burjua huquqini tiklashni taklif qildilar. Turkiya XX asrning 20- yillarida Sharq mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib kapitalistik munosabatlar o‘rnatgan. Turkistonda bunday urinishlar jadidlar harakatida ko‘zga tashlanadi. Jadidlar islom mistik qarashlar o‘rniga ilm-fanni rivojlantirish milliy taraqqiyot uchun qanchalik zarur ekanligini birinchilar qatorida anglab yetganlar.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin