Akademiya



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə40/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Diniy fundamentalizm deb diniy aqidalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ilohiy bashorat va mo‘jizalarni juz’iy tushunishni inkor qiluvchi qarashlar tizimiga aytiladi.
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. dinning sofligini saqlab qolish niqobi ostida g‘araz maqsadli diniy tashkilotlar va guruhlarning siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish va dindorlar nazoratida bo‘lgan hukumatni tuzishga intilishlari;

  2. ko‘zlangan yovuz niyatga erishish uchun dinning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini saqlab qolish va yanada mustahkamlash maqsadida uni zaiflashtiruvchi har qanday jarayonlarga qarshi kurashish.

Yuqorida qayd etganimizdek, diniy ekstremizm va fundamentalizm barcha dinlarga xos xususiyatdir. Hozir u ijtimoiy hayotda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, G‘arb jamiyatlarida sekulyarizatsiya jarayonlari keng ko‘lamda ijtimoiy hayotga tatbiq etilganligi sababli Sharq davlatlaridagidek keskinlik kasb etmadi. Sharqda jamiyatning sekulyarizatsiya jarayonlari davom etmoqda va islom davlatlarida bu hali boshlang‘ich bosqich darajasidadir. Shuning uchun Sharqda bu jarayonlarning davlat xavfsizligiga tahdidini bartaraf etish maqsadida muayyan qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Sharqda dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatlar (jumladan, Turkiya, O‘zbekiston singari mamlakatlar)da diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzish qonun bilan taqiqlangan.
O‘zbekistonda diniy ekstremizm va fundamentalizmning ijtimoiy hayotda faollashuvining sabablari quyidagilardan iborat:

  1. kommunistik mafkuraning yemirilishi sababli ma’naviy hayotda yuzaga kelgan bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish zarurati;

  2. sobiq Ittifoq davlatida din va dindorlarning ta’qib qilinganligi;

v) odamlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi va etnik jihatdan o‘zining nasl-nasabini izlashning kuchayganligi;
g) ayrim ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar;
d) xorijiy davlatlarning diniy ekstremistik va fundamentalistik ruhdagi oqim va mazhablarni qo‘llab-quvvatlashlari.
XX asrning ikkinchi yarmida Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining oshib borishi, fan va texnika taraqqiyoti ijtimoiy hayotda G‘arb madaniyati ta’sirining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, bunday jarayonlar muqarrar ravishda milliy urf-odatlar va an’analar, jumladan diniy an’analarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini o‘zgartiradi, milliy madaniyatda va diniy ta’limotda modernizatsiya jarayonlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy hayotdagi bunday o‘zgarishlar diniy ekstremizm va fundamentalizm to‘sqinligiga duch keladi. Jahon miqyosida, xususan O‘zbekistonda diniy ekstremizm islom ekstremizmi shaklida o‘ta keskin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Islom ekstremizmi vakillari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: birinchidan, islom ekstremistlari (buzg‘unchilari, desa to‘g‘riroq bo‘ladi) hozirgi zamon musulmonlari yashaydigan davlatlarning rahbarlarida musulmonchilikdan asar ham qolmagan, ular dahriylardir, degan da’vo bilan chiqadilar. Shuning uchun diniy ekstremistlar islom aqidalarini ijtimoiy hayotda qayta tiklash uchun qat’iy harakatga undaydilar; ikkinchidan, ular islom, shariat qonunlarini mamlakat miqyosida o‘rnatishga, binobarin, ochiqdan-ochiq, islom davlatini barpo etish uchun kurashga chaqiradilar.
Islom ekstremizmi va fundamentalizmining O‘zbekistonda 80- yillarning oxirlari va 90-yillarning boshlaridan yoyilishi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Mazkur xavfning qanchalik xatarli ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. A. Karimov asarlarida atroflicha bayon qilingan. Prezident

  1. A. Karimov diniy ekstremizm va fundamentalizm birinchi navbatda fuqarolarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qqa chiqarishda ko‘rinayotganligini qayd etgan. Bu bejiz emas, chunki o‘tish davri siyosiy tizimida davlat boshqaruv organlari yangidan shakllantirilgan. Siyosiy hayotga rahbarlik qilish tajribasi endi shakllanayotgan bir vaqtda hokimiyat organlari davlat boshqaruvi jilovini mustahkam qo‘lda tutib turish imkoniyatiga ega emas. Diniy ekstremistlar bunday qulay imkoniyatdan «unumli» foydalanishga intiladilar14.

O‘zbekistonda o‘tish davrida demokratik jamiyat qurish mexanizmi asta-sekin, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etib borilmoqda. Fundamentalistlar bunday vaziyatda o‘zlarini demokratiya uchun





14 Kapaнг: Papu oв –. A. Xaвфcи%лик вa 6apкapop тapaккиëт йyлидa. T. 6. – T., 1998. – Б. 51–62.
kurashuvchi fidoyilar sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Ularning adolat haqidagi ommabop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga hayotiy tajribasi yetarli bo‘lmagan ayrim guruhlar, xususan yoshlarimizning ko‘r-ko‘rona ergashishlari, fundamentalistlarga qaram bo‘lib qolishlari kuzatiladi. Bunday xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida yaratilgan milliy g‘oya asoslari, buyuk davlat qurish kabilar mazkur aholi qatlamlari kuchini bunyodkorlikka, vayronkor g‘oyalar ta’siriga qarshi immunitet hosil qilishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston ko‘p konfessiyali davlat. Hozir kunda O‘zbekistonda yigirmaga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat olib bormoqda. Diniy ekstremistlar mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida
«haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshiliklar keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Dindorlik belgilari bo‘yicha tafovutlar millatlar o‘rtasidagi totuvlik, mintaqadagi xalqlar do‘stligiga raxna solishi mumkin.
Mamlakat ichkarisida diniy konfessiyalar o‘rtasida yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan adovat musulmon va nomusulmon davlatlar yoki ularning jamoatchiligi orasida ham O‘zbekiston haqida noxush tasavvurlarni yuzaga keltirishi yoki mamlakatimizni mojarolar girdobiga tortishi mumkin.
Diniy ekstremizmning yana bir xususiyatlaridan biri shundaki, u ijtimoiy ongda dinni barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasidir degan noto‘g‘ri tasavvurni qaror toptirishi mumkin. Aslida, diniy dunyoqarash dunyoviylik yoki ateizm kabi borliqni aks ettiruvchi g‘oyalar tizimining tarkibiy qismidir. Masalan, dunyoviylik diniylik yoki dahriylikni inkor etmaydi, ya’ni u diniylik va dahriylik oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy holatdir. Din ham o‘z navbatida umummilliy madaniy yuksalish yo‘lida dunyoviy davlat bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Fikrimizning isboti sifatida Amir Temur davrida islom dinining markazlashgan davlat tuzish uchun kurashuvchi kuchlarni jipslashtiruvchi vosita vazifasini bajarganligini, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy totuvlik va taraqqiyotga xizmat qilganligini misol keltirishimiz mumkin.
Dinning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatiga an’anaviylik va aqidaparastlik tarafdorlari to‘sqinlik qiladi. Agar dindagi zamonaviylik va an’anaviylik tarafdorlari jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida o‘zaro murosaga kela olmasalar mavjud ziddiyatlar konfessiya doirasidan chiqadi, ijtimoiy tus oladi. Shu vaqtdan boshlab mazkur ziddiyatlar jamiyat va davlat uchun tahdid soluvchi kuchga aylanadi.
Asriy mustamlakachilik changali va tutqunlikdan qutulgan yoki o‘z mustaqil yo‘lini tiklash yo‘lida turgan davlatlar uchun diniy ekstremizm o‘ta xavfli kuchga aylandi. Diniy ekstremizmning mutaassiblikni o‘ziga qurol qilib olgan fundamentalistik, terrorchilik tashkilotlari tomonidan bunday mamlakatlarga eksport qilinishi xavfi kuchaydi. 1998 yilda Namangan viloyatidagi Ota Valixon masjidida in qurgan ayrim «islom rahnamolari»ning kirdikorlari ham fikrimizning bir isbotidir. Namangoniy taxallusini olgan Juma Xo‘jayev pokistonlik muhojir Amjet Ali ta’sirida Farg‘ona vodiysida islom ekstremizmining ashaddiy oqimi – vahhobiylikni keng targ‘ib qildi.
Ma’lumki, vahhobiylik XVIII asrning oxirlarida Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Arablarning Turkiya istibdodiga qarshi kurashi, jamiyatni modernizatsiyalashtirish va an’anaviylikni saqlab qolish tarafdorlari o‘rtasidagi raqobat, diniy ta’limotda avliyolarga sig‘inish aqidasining keng yoyilishiga to‘sqinlik mazkur diniy-siyosiy oqimni yuzaga kelishining asosiy sabablari edi.
Vahhobiylar islomni Muhammad payg‘ambar davridagi asl holatiga qaytarish, uni soxta avliyolardan xalos qilish maqsadida Olloh va inson o‘rtasidagi vositachi-ruhoniylarga qarshi chiqqanlar, muqaddas mozorlar va avliyolarga sig‘inishni inkor qilganlar. Musulmonlarning boylikka haddan ortiq ixlos qo‘yishlari, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari, nasha va sigareta chekishlari, musiqa, teatr va rassomchilik bilan shug‘ullanishlari, badiiy zavq-shavq olishlari kechirilmas gunoh deb e’lon qilingan.
Hozirgi davrda vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy tan olingan oqim bo‘lsa-da, ilgarigi murosasizlik xususiyati bir qadar mo‘tadillashuvi bilan almashgan. Zero, Arabistondagi muqaddas qadamjolar qayta tiklangan va davlat tomonidan muhofaza qilinmoqda. Lekin ular islomning nazoratida bo‘lgan davlat tuzish, uning ijtimoiy hayotga ta’sirini kuchsizlantiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda kurash maqsadidan voz kechmaganlar.
O‘zbekistonda o‘rnashib olgan vahhobiylarning mash’um rejasi xalqni mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘atib, jihod, ya’ni dahriylarga qarshi urushga da’vat etish va kelajakda islom davlatini yoki sobiq Qo‘qon xonligini qayta tiklash edi. Vahhobiylik ekstremistik oqimidagilar bu maqsadlarini amalga oshirish uchun «Islom lashkarlari» va «Adolat» uyushmalarini tashkil etganlar. 1991–1992 yillarda Namangan viloyatida
«Otavalixon» jome masjidida Abdulla O‘tayev, Tohir Yo‘ldoshev boshchiligida 100–200 kishidan iborat guruh tuzilgan. «Adolat» harakati
faollari mahallalarda ko‘ngilli nazoratchilar guruhlarini tashkil etanlar. Guruhlar a’zolari kechki payt mahallasidan tashqarida yurgan odamlarni to‘xtatib so‘roq qilish, mast kishilarni masjid oldidagi ustunlarga bog‘lash usullarini qo‘llagan. 1992 yil mart-aprel oylarida ularning noqonuniy faoliyati tugatilgan.
Vahhobiylik ekstremistik mazhabining aynan Farg‘ona viloyatida faollashuvi harbiy-siyosiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u muayyan jug‘rofiy-siyosiy maqsadlarga bo‘ysundirilgan edi. Alohida ta’kidlash joizki, Farg‘ona vodiysi uch qo‘shni davlatni birlashtiruvchi hudud. Farg‘ona va Namangan viloyatlari esa Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaradosh. Tojikistonda bo‘lib o‘tgan birodarkushlik urushi oqibatlariga hozirgi davrda ham to‘liq barham berilgani yo‘q. Bunday vaziyatlarning barchasi ular uchun o‘zlarining jirkanch maqsadlarini amalga oshirishda qo‘l kelgan.
O‘zbekistonga noqonuniy suqilib kirib, filialini tashkil etgan diniy ekstremistik va fundamentalistik tashkilotlardan yana biri – «Hizbut-tahrir al-islomiy» (Islom ozodlik partiyasi). Partiya 1953 yil Falastinda paydo bo‘lgan. Unga shayx Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) asos solgan. Tashkilot filiallarining asosiy qismi G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat olib boradi. Sharq mamlakatlari Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt va Turkiyada bunday harakatlar ayniqsa keng tarqalgan. Tashkilot rasmiy davlat hukumatini to‘ntarish yo‘li bilan islom davlatini o‘rnatishga harakat qiladi. Mavjud islom davlatlarini esa xalifalikni qayta tiklash orqali birlashtirishga da’vat etadi.
Tashkilot vahhobiylardan farqli o‘laroq, kurashning ekstremizm, terrorizm usullariga nisbatan g‘oyaviy, mafkuraviy vositalarini afzal ko‘radi. Lekin O‘zbekistonda uning sodir etgan bomba terrorchiligi amaliyotlari, 2005 yil 12–13 may kunlaridagi Andijondagi xunrezliklar kurash usullari jihatidan vahhobiylarga juda yaqin turishini ko‘rsatdi. Qayd etish lozimki, vahhobiylar tashkilotlariga nisbatan hizbutchilar yashirin ish olib borish usullarini juda puxta egallaganlar va ulardan xavfliroq. Tashkilot tarkibiy jihatdan piramida shaklida tuzilgan bo‘lib, uning a’zolari 4–5 kishidan iborat
«halqa»ni tashkil etadi va «dorislar» deb ataladilar. Halqaning rahbari
«mushrif» haftada kamida bir marta ta’lim mashg‘ulotini o‘tkazadi. Dorislar bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladilar. Tashkilotga a’zo bo‘layotgan nomzod uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashi to‘g‘risida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbarlar – mutamad tashkilotning umumiy rahnamosi, ya’ni amir tomonidan belgilanadi. Mutamad viloyat miqyosida ishlaydigan mas’ul va tumanda ish olib boradigan musoidga
rahbarlik qiladi. Tashkilot a’zosi o‘z daromadining 5–20 % miqdorida soliq to‘lab turishi lozim.
«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkiloti o‘zining asl maqsadini niqoblashga intiladi. Shuning uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan uning ayrim tashkilotlari ochiq ish olib boradilar. Lekin uning maqsadi qonun doirasida ish olib boruvchi jamoat tashkilotidan keskin farq qilishini ko‘rsatadi. Tashkilotning maqsadi quyidagilardan ibrat:

  • tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash;

  • mamlakatning iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish;

  • millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish;

  • mamlakatga qurol-aslaha va narkotik moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish;

  • mustaqil davlatni qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish15.

Davlatimiz rahbarining ziyrakligi va hushyorligi tufayli vahhobiylar, hizbutchilar, akromiylar singari diniy ekstremistik va fundamentalistik tashkilotlarning faoliyati uzoq davom etmadi. 1992 yilda ularga zarba berildi. Biroq bunday tashkilotlarning ayrim yo‘lboshchilari – Juma Xo‘jayev (Namangoniy), Tohir Yo‘ldoshev kabilar Tojikiston va Pokistonga qarab qochganlar. va xorijlik janggari islom ekstremistlari tomonidan qo‘llab- quvvatlanganlar. Juma Yo‘ldoshevga «Namangon» harbiy batalyonini tuzish va 400 ga yaqin janggarilarni tayyorlash uchun sharoit yaratib berilgan. Pokistonga qochgan jinoyatchi Tohir Yo‘ldoshevni esa «tolibon» harakatining boshliqlari o‘z himoyalariga olganlar. Ular Tohirni Pokistonning Peshovar turmasidan katta pul evaziga qutqarib, unga pokistonlik harbiy yo‘riqchi Abdulla va tojikistonlik aloqachi Abdulazizni biriktirib qo‘yishgan. Abdulla Tohirga portlovchi va zaharli kimyoviy moddalardan, Birlashgan Arab Amirligining yo‘riqchilari piyodalarga va tanklarga qarshi minalar va zenit qurollaridan, Abdulaziz esa shifrlangan ma’lumotlardan qanday foydalanishni o‘rgatganlar.
Bu faktlar shundan dalolat beradiki, islom ekstremistlari din niqobi ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustaqil O‘zbekiston davlatini yo‘q qilish va uning o‘rniga Pokiston yoki Eron kabi islom davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.
Islom ekstremizmi mamlakatimiz hududida ko‘p marta zarbaga uchradi. Xalq undan nafratlandi, chunki ekstremistlar o‘ta qonxo‘rlik



15 Kapaнг: Xycнuддuнoв ’. M. Иcлoм йyнaлишлap, мa% a6лap, oкимлap. – 2000. – Б. 46–60.
namunalarini ko‘rsatdilar. Ular ayrim hokimiyat rahbarlariga qarshi suiqasdlar uyushtirib, xalqni zo‘rlik bilan orqalaridan ergashtirmoqchi bo‘ldilar. Ekstremistlar xalq orasida «qaytganlar» yoki «haqiqiy dinga» ergashmaganlar haqida qandaydir «qora ro‘yxat» borligi va bu ro‘yxatdagilarning birin-ketin shariat yo‘li bilan jazolanishlari haqida turli mish-mishlarni tarqatdilar, yurtdoshlarimiz o‘rtasida qo‘rquv, sarosima kayfiyatlarini yuzaga keltirmoqchi bo‘ldilar. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qat’iy va murosasiz tadbirlari yordamida diniy ekstremizmning payi qirqildi. Uning ashaddiy yo‘lboshchilari qo‘lga olindilar va oshkora sud qilinib, haqiqiy basharalari fosh etildi.
Biroq islom ekstremizmi ushbu hududdan supurib tashlangan, deyish to‘g‘ri emas. Ekstremizm ochiq kurashdan qochib, o‘zining xufiyona harakatini davom ettiradi. Ayniqsa, ekstremistlar yoshlarni o‘z ta’siriga olmoqchi bo‘ladilar, hukumatimiz tomonidan din ahliga ko‘rsatilayotgan hurmat, turli imtiyozlar va yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanib qolishga urinadilar.
Diniy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi hisoblanuvchi vahhobiylik kabi azaliy e’tiqodimizga yot diniy mazhablarning faoliyatiga hushyorlik bilan qarash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla faollari, balki yurtimizda dunyoviy va demokratik davlat barpo etish ishtiyog‘i bilan yashayotgan har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir.
Diniy ekstremizm nima uchun kuchli va ta’sirchan, unga kimlar rahnamolik qilmoqda, degan savollar tug‘iladi. Bularga javob berish uchun diniy ekstremizm va fundamentalizm orqasida turuvchi, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi diniy tashkilotlar xususida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Musulmon olami XX asrda soni va ko‘lami bo‘yicha dunyoda yetakchi mavqega ega bo‘lish uchun iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan faollashdi. Xalqaro Islom konferensiyasi tashkilotiga (1969 yilda asos solingan) yangidan-yangi davlatlar a’zo bo‘ldi. Natijada islom davlatlariga qiziqish bilan birga, ularning tez rivojlanishi va birlashishiga xavf-xatar manbai sifatida qarashlar ham yuzaga keldi.
Ta’kidlash joizki, islom dini o‘zidan ilgari paydo bo‘lgan dinlar: yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning ijobiy tomonlarini ham o‘zida mujassamlantirganligi va kishilar o‘rtasida hamjihatlik, tinchlik, saxovatlilik, insonparvarlik, halollik va odillik tamoyillarining tiklanishini targ‘ib etganligi uchun jahonning boshqa dinlariga nisbatan o‘z tarafiga har yili millionlab kishilarni jalb etmoqda. Islom diniga kirish ko‘lami boshqa dinlarga kirish ko‘lamiga nisbatan jahon miqyosida salmoqlidir.
Islomni qabul qilmagan davlatlar uning mavqeini tobora oshib borishidan tashvishga tushmoqdalar. Atoqli G‘arb siyosatshunoslari buni nazarda tutib, musulmonlarni birlashuvi butun dunyo uchun ofatga aylanishini tashvish bilan qayd etmoqdalar. G‘arb mafkurachilari islom dunyosini ichidan parchalash uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqqanlar. Unga binoan, islom dini ichida mavjud bo‘lgan turli mazhablar va oqimlar o‘rtasida «asl islom» uchun bo‘ladigan o‘zaro da’vo va ziddiyatlardan foydalanish, ziddiyatlarni rag‘batlantirish, turli janggari tashkilotlarni tuzish kabi taktik rejalar ishlab chiqilgan. Bunday tashkilotlarga quyidagilar kiradi: Livanda «Hizbut-tahrir» va
«Amal», Falastinda «Xamas», Misrda «Al-jihod-Al islomiya» va «Al- Jamaa Al-Islomiya» kabi janggari islomiy tashkilotlar kiradi. Ayrim tash- kilotlar esa o‘z faoliyatlarini to‘xtatgan yoki boshqa taktik yo‘llarga o‘tgan. Bular jumlasiga 1967 yilda tuzilgan va Misr prezidenti Jamol Abdul Nosirga suiqasd uyushtirgan «Takfir val xitra», «Musulmon birodarlar» kabi diniy terrorchilik tashkilotlari kiradi. «Al jihod al-Islom» tashkiloti 1981 yil 6 oktabrda Misr Prezidenti Anvar Saodatga suiqasd uyushtirgan.
Markaziy Osiyoda diniy ekstremistik ruhda bo‘lgan tashkilotlar tayanch nuqtasini topishga, g‘oyaviy jihatdan mustahkamlanib olishga va bu hududda islom davlatini barpo etishga intiladilar. Bunday harakatlar sho‘ro tuzumi davrida ham bo‘lgan. Biroq ular, ayniqsa, sho‘ro tuzumi parchalaganidan so‘ng yosh mustaqil davlatlarning mafkuraviy jihatdan zaifligi va milliy mafkurasining hali shakllanishga ulgurmaganligidan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadilar. O‘ta janggari vahhobiylik oqimining chetdan eksport qilinishi ham aynan shu zararli maqsadlarga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov diniy ekstremizm va islom fundamentalizmining barqarorlik, tinchlik va millatlararo totuvlikka xavfi haqida quyidagi fikrni bayon etgan: «Aqidaparastlarning maqsadi demokratiyani, dunyoviy davlatni, ko‘p millatli va ko‘p dinli jamiyatni obro‘sizlantirishdan iborat»16.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm da’vatlariga ko‘r-ko‘rona ishonish va ularni rag‘batlantirish eski zamonni qo‘msovchi, dunyoviy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan hayotni istamaydigan kimsalar dunyoqarashidir.
Bu haqda, xususan, mamlakatimiz xalqlarining ehtiyoji va orzu- umidlariga zid g‘ayriinsoniy aqidalarga ergashishning oqibatlari xususida



16 Kapaнг: Papu oв –. A. Xaвфcи%лик вa 6apкapop тapaккиëт йyлидa. T. 6. – T., 1998. – Б 302.
Prezident I. A. Karimov shunday deydi: «Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini anglashimiz lozim. Bu da’vatlar oxir-oqibatda bunday odamlarning aqligagina emas, balki taqdiriga ham hukmron bo‘lib olishini yaqqol anglashimiz, ayniqsa, yoshlarimiz buni aniq tasavvur qilishi lozim. Bunday nufuzli odamlarga bo‘ysunmay qo‘yish shaxsiy fojiaga aylanib ketishi ham mumkin. Qullarcha mutelik, shaxsning erksizlik asoratiga tushib qolishi, fikrlash, sa’y-harakat va tashabbus ko‘rsatish erkinligining mutlaqo cheklanishi buning eng og‘ir oqibatlaridir»17.
Respublikamizda diniy ekstremizm va islom fundamentalizmining qo‘li baland kelsa, quyidagi mudhish oqibatlar kelib chiqishi mumkin:

  • fuqarolar urushining boshlanishi;

  • iqtisodiy hayot va ishlab chiqarishning izdan chiqishi;

  • qochoqlar oqimining paydo bo‘lishi;

  • millatchilik, taraf-tarafchilikning kuchayishi;

  • jinoyatchilik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik kabilarning om- maviylashuvi;

  • diniy qarama-qarshiliklar natijasida qurbonlarning ko‘payishi, begunoh qon to‘kilishi;

  • mamlakatning qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi davlatlarga qaram bo‘lib qolishi.

Bu oqibatlarni ko‘z oldiga keltirish, hozirgi tinchlik va osoyishtalik, millatlar va turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning qadriga yetish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan qoidalarni hurmat qilish va ularga og‘ishmay rioya etish, har bir gap va xatti- harakat uchun chuqur mas’uliyatni his etish har bir inson uchun muqaddas burchdir.
Diniy va milliy nizolar qanday oqibatlarga olib kelishini qo‘shni mamlakatlar – Afg‘oniston va Tojikistonda vujudga kelgan holat yana bir karra isbotlab turibdi. Vahhobiylik, akromiylik va shu kabi boshqa diniy aqidaparastliklar xalqqa faqat kulfat keltirishi mumkin. Buni vahhobiylarning Farg‘ona vodiysidagi qilmishlari isbotladi. Ularga ergashish, yovuz niyatlilarni qo‘llab-quvvatlash mustaqillikka nonko‘rlik qilish va xoinlik bilan barobardir.





17 Yшa acap. – Б. 59–60.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin