Akademiya


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə39/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar


  1. Islomda yo‘nalishlar va oqimlarning yuzaga kelish sabablari nimalardan iborat?

  2. Sunniylik va shialik o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlang.

  3. Shialarning islomning muqaddas manbalariga munosabatlarini izohlang.

  4. Nima sababdan xorijiylarning tarafdorlari juda kam sonli bo‘lib qolgan?

  5. Nima sababdan sunniylikka e’tiqod qiluvchilar «ortodoksal» islom tarafdorlari deb ataladi?

  6. Sunniylikda diniy ekstremizmning manbai bo‘lgan diniy-huquqiy maktabni aniqlang.

  7. So‘fizm oqimining asosiy g‘oyalari va maqsadi nimalardan iborat?

  8. Islom ilohiyotining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan Markaziy Osiyo mutafakkiri kim?

  9. Markazi Osiyoda tasavvufning qaysi tariqatlari yuzaga kelgan?

  10. Islomdagi an’anaviylik va zamonaviylik jarayonlarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?

  1. mavzu

DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZMGA QARSHI KURASHNING MOHIYATI, MAQSADLARI
VA HUQUQIY JIHATLARI

Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mohiyati, maqsadlari va xavfi


XX asrning oxirlarida xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi global muammolar qatoriga diniy ekstremizm va fundamentalizm ofati qo‘shildi. Yadroviy urush xavfi, ekologik fojia kabi global muammolar insoniyat taqdiriga qanchalik vayronkor tahdid qilayotgan bo‘lsa, diniy ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchilik ta’siri ko‘lami ulardan kam emas. 2001 yil 11 sentabrda AQSHda yuz bergan fojia shuni ko‘rsatadiki, bu ofat nafaqat iqtisodiy qoloq yoki rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlarga ham birday xavflidir.
Jahon miqyosida diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash xalqaro darajada kuchlarning birlashtirilishini taqozo etadi. Bu kurashda eng avvalo diniy ekstremizmning yuzaga kelishi sabablari, mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Diniy ekstremizm (lotinchada – extremum eng keyingi, oxirgi degan ma’nolarni anglatadi) ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi va uning ildizlari uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Zero, diniy ekstremizm diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan ijtimoiy voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilma-xil ko‘rinish, shakl va mazmunda namoyon bo‘ladi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosati (salib yurishlari, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin jahonni bo‘lib olish uchun kurash), Usmoniy turk davlatining G‘arbiy Yevropaga tahdidi (XIV–XVI asrlar) diniy shiorlar asosida olib borilgan. Usmoniy turklarning G‘arbiy Yevropaga tahdidi rivojlanishi darajasi taxminan teng sivilizatsiyalarning to‘qnashuvi bo‘lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin G‘arbiy Yevropa jahon miqyosida iqtisodiy, harbiy-texnikaviy ustunlikka erishgan. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgan xalqlar G‘arbning tajovuziga diniy shiorlar asosida birlashgan. Mazkur shiorlar xalqni an’anaviylikni saqlab qolish, jamiyatni G‘arbda ishlab chiqilgan «qolip»larga asosan modernizatsiyalashga qarshi kurashga da’vat etgan. XVIII asrning ikkinchi yarmida Saudiya Arabistonida ijtimoiy hayotni G‘arb modeli asosida zamonaviylashtirishga qarshi kurash jarayonida diniy fundamentalistik va ekstremistik vahhobiylik mazhabi yuzaga kelgan. An’anaviy taraqqiyot
yo‘lini saqlab qolishni talab qilgan barcha konservativ kuchlar mazhab atrofida birlashgan. Vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy e’tiqod sifatida mustahkamlangan.
XX asrda dunyoning ikki tizimga bo‘linishi tufayli yuqoridagi muammo vaqtinchalik ortga surildi. XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Shulardan biri industrial davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Mazkur muammo turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida ham o‘ta keskin tus oldi.
XX asrning oxirlarida diniy ekstremizm diniy-siyosiy harakat sifatida avj oldi. Shuning uchun ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o‘ta janggarilik, murosasizlik g‘oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g‘oyalar va dindagi modernistik yo‘nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto terrorchilik vositasida jismonan yo‘q qilishgacha boruvchi ashaddiy aqidaparastlar harakati sifatida baholanadi.
Ekstremizmning ilmiy adabiyotda yagona bir ta’rifi mavjud emas. Shunga qaramay, ekstremizm deganda radikal qarashlarga ega bo‘lgan, o‘z g‘oyasi yoki fikrini boshqalarga har qanday vositalar bilan singdirishga intiladigan kishilarning e’tiqodi tushuniladi.
Diniy ekstremizm deganda dinning ijodiy tabiatini inkor etuvchi, dunyoviy xatti-harakatlarni diniy mafkura maqsadlariga bo‘ysundirishga urinuvchi harakat tarafdorlari nazarda tutiladi. Aslini olganda, diniy ekstremizm – fundamentalizmning bir ko‘rinishi. Diniy ekstremizm zaminida fundamentalizm yotadi. Biroq ayrim tadqiqotchilar, diniy ekstremizmni bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida, fundamentalizmdan farqlashga urinadilar. Aslida diniy ekstremizm va fundamentalizm bir-biridan uzoq hodisalar emas. Diniy ekstremizm to‘g‘risida to‘liqroq tasavvur hosil qilish uchun uning belgilari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish lozim.
Diniy ekstremizm konfessiya ichidagi turli oqimlar va mazhablarning o‘zaro kurashi yoki konfessiyalararo qarama-qarshiliklar sababli vujudga keladi. Ma’lumki, muayyan dinda doimo yo‘nalishlar, oqimlar va mazhablar o‘rtasida to‘xtovsiz kurash boradi. Bu obyektiv hodisa. Zero, diniy tashkilotlarga rahbarlik ularning iqtisodiy resurslariga egalik qilish, siyosiy hokimiyatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi. Lekin dindagi bo‘linishlarni faqat manfaatlar kurashining natijasi sifatida qarash masalaga xolisona yondashuvning buzilishiga olib keladi. Har bir din o‘ziga xos tilsimotdir. Shu bois ham dinning muqaddas manbalari tafsiri turli tarixiy davrlarda uning yangi qirralarini ochadi. Insoniyat ilohiy
haqiqatni anglash sari boradi. Bunday haqiqat esa kishining ichki dunyosi va ruhiy mohiyatini tushunishiga yordam beradi.
Diniy ekstremizmning eng birlamchi xususiyati shundaki, u jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy norma va qadriyatlarni inkor qiladi yoki ularga qarshi kurashadi. U siyosiy sahnaga chiqish, hokimiyat tepasiga kelish, davlat boshqaruv uslubini diniy o‘zanga burish kabilarga harakat qiladi. Diniy ekstremizm hodisalarni faqat yaxshi yoki yomon, qora yoki oq deb baholashga odatlangani uchun demokratiya va plyuralizmni inkor etadi.
Diniy ekstremizmning manbai mutaassiblik (fanatizm)dir. Mutaassiblik kishilarning muayyan narsa, fikr yoxud g‘oyaga ko‘r- ko‘rona, uning chuqur mohiyatiga yetmasdan, butun vujudi bilan qattiq ishonishi, uni boshqa hamma narsa va g‘oyalardan to‘g‘riroq deb bilishi natijasida boshqalarga ham turli vositalar bilan singdirishga harakat qilishidir.
Jamiyatda mutaassiblik quyidagi sabablar natijasida vujudga keladi:

  1. aholi keng qatlamlarining iqtisodiy turmushi darajasining pastligi va ijtimoiy munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi;

  2. fuqarolarining diniy bilimi va saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, diniy jaholatning ustunligi.

Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining bir taraflama, asosan, xomashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi, respublikada zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida ishlovchi korxonalar va sanoat uchun malakali mutaxassis kadrlarni yetkazib beruvchi bilim dargohlarining kamligi sababli, malakali mahalliy ishchi kadrlar tayyorlash muammosi hal qilinmay qolgan. Respublika rahbariyati bu muammoni chetdan mutaxassis kadrlarni olib kelish bilan hal qilishni afzal ko‘rgan. Mahalliy aholi vakillari, asosan, yordamchi ishchi bo‘lib yoki yuqori malaka talab qilmaydigan kasblarda ishlaganlar. Zero, bunday kasblarda mehnat qiluvchilarning ish haqi juda kamligi sababli viloyatlardagi mahalliy aholi vakillarida ishchilik kasblarini o‘zlashtirishga nisbatan qiziqish uyg‘onmagan. Bunda milliy mentalitetimizning ta’sirini ham qayd qilishimiz lozim. Mahalliy aholi o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan sanoat kor- xonalarida murakkab kasblarni o‘zlashtirishdan ko‘ra asrlar davomida ajdodlaridan meros bo‘lib kelgan qishloq xo‘jaligida yoki shaharlardagi savdo-moliya tizimlarida ishlashni afzal ko‘rgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi xomashyoga dastlabki ishlov berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular boshqa respublikalarga tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun olib ketilgan. Xomashyo yoki yarim tayyor
mahsulotlarning bozorlarda arzon narxlarda sotilishi aholi turmush darajasining boshqa mintaqalarga nisbatan past bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan.
Mahalliy aholi vakillari orasida yuqori malakali ishchi kuchining kamligi va iqtisodiy turmush darajasining pastligi turli ekstremistik va fundamentalistik ruhdagi diniy oqimlarning yoyilishiga qulay shart-sharoit yaratgan.
O‘sha davrda olib borilgan dahriylik siyosati oqibatida mustamlaka davrigacha islom dunyosining markazlaridan biri bo‘lgan Markaziy Osiyo o‘zining ilgarigi nufuzini yo‘qotgan. Aholining diniy bilimlari darajasi pasayib borgan va asosan diniy marosim hamda an’analarni bajarish darajasiga tushib qolgan. Buning sabablari quyidagilardan iborat:

  1. dinga qarshi kurash davlat siyosatining tarkibiy qismiga ay- lantirilganligi, diniy ta’limotni ilmiy o‘rganish uchun yetarli shart- sharoitlarning mavjud emasligi;

  2. sobiq Ittifoq davrida aholiga diniy ta’lim berishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;

v) diniy tashkilotlar va ulamolarning kuch va imkoniyatlaridan aholini tarbiyalashda foydalanilmaganligi.
Diniy ekstremizm va mutaassiblik diniy fundamentalizmning negizida (lotincha fundmehtum – asos degan ma’noni anglatadi) vujudga keladi. XX asrning boshlarida «fundamentalizm» atamasi dindagi modernizatsiya jarayonlariga to‘sqinlikni aks ettiruvchi tushuncha sifatida ilk bor qo‘llana boshlangan. Shu davrda AQSHda «Fundamentlar (asoslar): haqiqatga shahodat keltirish» nomli risolalar to‘plami nashr qilingan. Unda xristianlikning fundamental nazariyalarini nimalar tashkil etishi izohlangan. To‘plam yuzasidan boshlangan munozaralarda dindagi fundamental ahamiyatga ega qadriyatlarni himoya qiluvchilar fundamentalistlar deb atala boshlangan.
Yuqorida qayd etilgan misollardan xulosa qilganda, «diniy fundamentalizm» atamasi dastlab xristianlikka nisbatan qo‘llanila boshlagan. Albatta, atamaning dastlab kimga yoki nimaga nisbatan qo‘llanilganligi muhim emas, lekin hozir diniy fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm deganda G‘arb va hatto ayrim Sharq mamlakatlarida islomni bayroq qilib oluvchi kimsalar va guruhlar o‘tmish tarixni esga olib qo‘ysalar aslo foydadan xoli bo‘lmaydi.
Diniy fundamentalizm muayyan diniy e’tiqod, tarixiy davr yoki birgina mintaqaga xos ijtimoiy hodisa emas. Mazkur voqelik har qanday
dinga xos xususiyat bo‘lib, turli tarixiy davrlarda dinning ajralmas yo‘ldoshi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab islom davlatlarida diniy tiklanish va jonlanish hodisalariga nisbatan «fundamentalizm» atamasi qo‘llanila boshlagan. Hozirgi kunda kishilarda ziddiyatli his-tuyg‘uni uyg‘otuvchi
«islom fundamentalizmi» atamasi shu vaqtdan boshlab jahon miqyosiga yoyilgan.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin