Har bir tabiat zonasida yashaydigan odamlarning
kiyinishi, mehnat qilishi va yashashi shu joyning tabiiy
sharoitiga moslashgan. Masalan, cho‘llarda yashaydi-
gan odamlar, asosan, ko‘chmanchi hayot kechiradi.
Ular qo‘y va echkilarini, tuyalarini boqib, bir yaylovdan
ikkinchi yaylovga ko‘chib yurishadi. Daryo bor joylarda
esa yerlarni sug‘orib dehqonchilik qilishadi.
Dasht zonasida esa yog‘inlar cho‘lga nisbatan ko‘p
bo‘lganidan o‘t o‘simliklar qalin, tuproqlari hosildor.
Shuning uchun bu yerda odamlar dehqonchilik qilib,
asosan, bug‘doy, makkajo‘xori, kartoshka kabilarni
ekadilar.
O‘rmon zonasida turli xil daraxtlar qalin va ko‘p
bo‘lganidan odamlar daraxtlarni kesib, undan qurilish
materiallari tayyorlaydilar. Daraxt mevalarini terish va
ovchilik bilan shug‘ullanadilar.
tabiat zonalari, Quyosh nurining
taqsimlanishi, odamlarning yashash tarzi.
Dostları ilə paylaş: