Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 62,88 Kb.
səhifə1/2
tarix09.10.2023
ölçüsü62,88 Kb.
#153251
  1   2
23mavzu

URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“Psixologiya nazariyasi va tarixi ” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Nutqning rivojlanishi xususiyatlari


Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Reja:



  1. Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta`limiy asoslari .

  2. Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish. Dialogik nutqni shakllantirish shartlari.

  3. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Nutqning rivojlanishi sensor sistemasi va bosh miyaning ancha taraqqiy qilganidan dalolat beradi. Bunda asosan Brok zonasi-2 va 3-peshona pushtachalari va yuqori chakka pushtachalari — Vernike zonasi muhim ahamiyatga ega. Bu zonalar bolaning nutqi rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi. 


Nutqning rivojlanishi bolaning katta odamlar bilan munosabatining yakuni, ota-onasi uni sevishini tushunishidir. 

. 💠Ovozli reaksiya va nutqning rivojlanishida bir necha bosqichlar bo'ladi: 


⭕1. Tayyorlovchi bosqich 2-4 oydan keyin, g'udurlashdan boshlanadi. G'udurlash kam vaqtli, faqat kulish va xursand bo'lish jarayonlari bilan o'tadi, hech qanday signalning hamiyati yo'q, lekin bolaning yaxshi kayfiyatini bildiradi. 5 oygacha g'udurlash turli tovushlar bilan birga bo'lib, yetti oygacha g'uldirab gapirishga o'tadi (ma-ma, da-da). 
⭕2. «Sensor» nutqining paydo bo'lishi. 7-8 oylik bolada «sensor» nutq paydo bo'ladi. Bola unga gapirilayotgan so'zlarning ba’zilarini tushuna boshlaydi. Biror nima so'ralganda o'sha narsani ko'zi bilan qidira boshlaydi. «Oying qani?», «mushukcha qani?» «qo'lingni siljit» kabi so'zlarga ma’lum javob qaytaradi. Bolaning lug'atiga turli tovushlar qo'shila boradi. Bir yoshgacha bolaning lug'ati o'nlab o'zi tushunadigan so'zlarga boyib ketadi. O'yinchoqlari, oila a’zolarining ismlarini taniydi, ko'pgina harakatlarni qilishni biladi va turli iltimoslarni bajarishi mumkin. Masalan: «ber, ol, og'zingni och, mumkin, mumkin emas, kerak...». 
⭕3. Motor nutqining rivojlanish bosqichi. Odatda birinchi so'zlami bola 10-11 oyda ayta oladigan bo'ladi. Bir yoshda ko'pgina bolalar 10-12 so'zni ayta oladi. Qiz bolalarda motor nutqi tezroq rivojlanadi. Birinchi so'zlar ma-ma, da-da, bo- bo... va o'xshatma so'zlar av-av, pi-pi... 1,5 yoshda bola 30-40 so'zni o'rganadi, ko'pincha so'zlami tushunib, rasm larni qiziqib tomosha qiladi. 2 yoshda oddiy ertaklami tinglaydi, ko'pincha iltimos va talablami bajaradi. 2,5yoshda bola 200-300 ta so'zlami biladigan, oddiy gaplami oson aytadigan bo'ladi. 2 yoshning ikkinchi yarmida bola 3-4 so'zni bog'lab, ma’noli gapirishni' o'rganadi. Shu vaqtdan boshlab, bolaning o'z atrofidagi odamlar bilan nutqli munosabati shakllanadi. 
Motor nutqining rivojlanish vaqtlari turlichadir. Odatda qiz bolalar o'g'il bolalarga nisbatan motor nutqni tezroq o'r-ganadilar.
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologo-lingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisob lanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo‘ladi, bola nutqining ob'yektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo‘nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu «u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo‘lgan ko‘plab tashqi va ichki munosabatlar» (B.F.Lomov) hodisasini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq-til tizimi ko‘plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma'noni so‘zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya'ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashtiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar
Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o‘rganilishi favqulodda muhim bo‘lgan ushbu hodisaning o‘ta murakkabligi va ko‘p qirraliligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi…» (A.N.Leontyev).
Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o‘rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin.
N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o‘z ichiga
oladi.
N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir. Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi.
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3-4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish.Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so‘zlardan foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug‘atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan o‘zgartirishga va gapdagi so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalarcha usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid o‘z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirishBolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli -og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi
Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish;
Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish;
Ravon nutqni rivojlantirish;
Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash;
Savod o‘rganishga tayyorlash.
Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Go‟daklik yoshi: 0 - 1
Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos insoniy vositaga mavjud bo‘lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi.
Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqaodamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga ehtiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish.Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ilk yosh: 1-3
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayot ining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi).
Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi.
Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolagakattalar o‘rgatadilar. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradi gan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning «kamchiliklarini tuzatatadi» (Timur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayna bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non so‘z zahirasi 30-40 ta so‘zni tashkil qiladi.
Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq.) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma'nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
1 yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so‘z zahirasi 200-300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni,
javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi.
Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma'nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash va ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishni va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali muloqot sub'yekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak-xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan muloqotga kirirish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta'siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqinli qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf -molflar», «o‘yin-po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Qulay shart-sharoitlarda muloqotning uchinchi yiliga kelib bola kattalar bilan muloqotda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z tassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida («Mustaqillik» maydoniga, hayvonot bog‘iga uyushtirilgan sayohat, Qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish v a z i f a l a r i : Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zahirasini asta-sekin kengaytirib borish.
Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish.
Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta harakatdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish («koptokni ol va menga uzat»).
Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish. Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-hohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik ob'yektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.
Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari
Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash.
Lug‘at. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
Lug‘atni so‘zlar bilan - kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qimslarining nomlari (ko‘ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g‘ildiriklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish.
Nutqning grammatik qurilishi. Bildirilgan fikrlarni grammatik rasmiylashtirishni, ya'ni so‘zlarni o‘zgartirish (soni, kelishigi va vaqtiga qarab), ularni gapda kelishtirish, kichraytiruvchi-erkalovchi nomlarni, tugallangan va tugallanmagan fe'llarni vujudga keltirishni o‘zlashtirishga ko‘maklashish.Nutqning tovush madaniyati. Bolalarga unlilarni va oddiy undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni mashq qildirish. Tovushga taqlid qilishga oid so‘zlardagi tovushlar bilan mustaqil o‘yinlarni va o‘yin harakatlarini turli xil tovushlar bilan kuzatib borishni qo‘llab-quvvatlash.
Tovush taqlidiga qarab personajlarni tanib olishni o‘rgatish.
Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh)
Ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xosdir: ushbu davrda bola tilga, uning tovush va mazmun jihatlariga yuqori darajada beriluvchan bo‘ladi. Tilni boyitish muomalada va o‘z faoliyatida vujudga keladigan yangi vazifalar bilan rag‘batlantiriladi, va o‘z navbatida ularning yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Ushbu yoshda nutqning asosiy irsiy vazifasi - aloqa funksiyasi, ijtimoiy aloqalar va atrofdagilarga ta'siridan iborat. O‘yin faoliyatini rivojlantirish, predmetli-manipulyativ va individual syujetli-aks ettirish o‘yinlaridan birgalikda-rolli, syujetli-rolli o‘yinga o‘tish munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu esa nutqiy faoliyatga qo‘shilishning yangi usullariga - fikr bildirishga - bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib keladi. Fikr bildirishning yangi vazifaviy turlari: o‘z o‘yin faoliyatini sharhlovchi, sherik xulqini tartibga soluvchi, yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taqsimlovchi turlari paydo bo‘ladi.
Bolalar jilmayish, kulgi, ifodali harakatlar, ko‘z urishtirishlar kabi kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq faoliyati odatda muvofiqlashtirilgan bo‘ladi. Bolalar bir-birining oldida ovoz chiqarib gapiradilar va ko‘pincha qo‘shnisining gapiga e'tibor bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda ifodalanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda vaziyatga asoslangan nutqning (faqat muayyan vaziyatga nisbatan tushunarli bo‘lgan) mutlaq hukmronligidan nutqning vaziyatli va matndan kelib chiquvchi (ko‘rgazmali vaziyatdan alohida tarzda)vositalarini mos tarzda qo‘llashga o‘tish ro‘y beradi.
Ikki yoshga kelib fonematik tinglash qobiliyati yangi ko‘rinishda shakllanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o‘z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish kirita olish, so‘zdagi umumiy va turlicha tovushlarni ajrata olish (anglay olish) qobiliyati shakllanadi (3-4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan qatordagi bir xil tovushlarni eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta so‘zni tanlay olish, so‘zni berilgan tovushni ta'kidlab ko‘rsatgan holda talaffuz qilish, ajratib ko‘rsatilgan tovushni tinglash). Besh yoshga kelib esa tovush talaffuzini o‘zlashtirish asosan nihoyasiga yetadi. Talaffuzdagi faqat ayrim xatoliklar uchraydi: «sh»li so‘zlar har doim ham aniq aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. Lug‘at atrof-muhitda o‘z yo‘lini to‘g‘ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi. Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob'yektlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishadi va bir vaqtning o‘zida ularning nomlarini bilib oladi. Lug‘at nutqning turli qismlari nomlari (ot, fe'l, sifat), umumlashtiruvchi so‘zlar (o‘yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va antonimlar (qarama-qarshi ma'noli so‘zlar) bilan to‘ldiriladi.Bola ko‘rgazmali vaziyatga qaramasdan so‘zlardan foydalanishni o‘rganadi. Buyumlar va hodisalar, ularning munosabati va aloqalari to‘g‘risida ko‘p sonli savollar beradi. Fe'llarning faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe'llardan foydalanish nutqqa sur'at baxsh etadi, bayoniy tusdagi qisqa matnlarning tug‘ilishi uchun sintaktik asos yaratadi.Nutqning grammatik qatorini shakllantirish lug‘atni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Bola har bir yangi so‘zni o‘zlashtirar ekan, uni to‘g‘ri o‘zgartirishni, gapdagi boshqa so‘zlarga moslashtirishni, ular o‘rtasida so‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rnatishni o‘rganadi (o‘rdak-o‘rdakcha, qant-qanddon). Oddiy gap tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar, bevosita va bilvosita nutqlar gaplar faol qo‘llaniladi. Bolalarni tilni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalar usulidan (tovushlar, qofiyalar, so‘z ijodkorligi o‘yinlari) foydalangan holda o‘rganadilar. So‘z bilan o‘ziga xos tarzda sinov o‘tkazish, tovush bilan o‘ynash, so‘z shakllarini «ushlab ko‘rish» bolalar tomonidan yasalgan, kattalar lug‘atida mavjud bo‘lmagan so‘zlar va shakllar sonining keskin oshishiga olib keladi. Bu qonuniy jarayon butun nutq rivojining borishi uchun o‘ta foydalidir.
Nutqiy rivojlanishda individual farqlar doirasi keng. Ilk rivojlanish bosqichida bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo‘lib, ko‘p savollar beradilar (nima uchun, nega), tanish ertaklarni jon deb aytib beradilar, o‘yinlar to‘plami, suratlar bo‘yicha kichik hikoyalar to‘qiydilar, bilishga ishtiyoqmand ekanliklarini namoyish etadilar, quvnoq so‘zlar va qofiyalar o‘ylab topadilar. Ular tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yinlarda nutqni faol qo‘llaydilar.
Nisbatan sust bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbus ko‘rsatmaydilar, biroq ular kattalarning suratlarni ko‘rish, yangi o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, uydagi ana shunday o‘yinchoqlar to‘g‘risidagi savollarga javob berish haqidagi takliflariga ishtiyoq bilan javob beradilar. Tengdoshlari bilan birgalikda o‘yinlarni yo‘lga qo‘yar ekanlar, bunday bolalar ko‘pincha muloqotning so‘zsiz vositalarini qo‘llaydilar. Ular pedagogni undash uchun tovushlar va so‘zlar bilan o‘ynaydilar(muammoli o‘yin vaziyatlarida).
Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy).
Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi vazifasidir.
Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini kattalar tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta'siri ostida barcha psixik jarayonlar qayta quriladi. Bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol nutqdan foydalanishi nutq shakllanishining uchinchi bosqichiga - uni muloqot vositasi sifatida takomillashtirish davriga o‘tishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutq ontogeneziga oid ko‘p sonli tadqiqotlar aynan shu bosqichga bag‘ishlangan.90-yillarning oxiridan boshlab A.S.Vo‗gotskiy, A.A.Leontyev, F.A.Soxin, A.M.Shaxnorovich, Ye.I.Negnevitskaya va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan qoidalarga tayangan holda R.M.Qodirovaning ilmiy rahbarligi ostida ona tilida va shu bilan birga che t tillardagi nutq ontogenezi qirralarini tadqiq qilish ishlari olib borilmoqda.
O‘shbu jihatdan karaganda ta'lim usullari ko‘p qirrali bo`lib, uni bir necha tomondan o`rganish, turkumga ajratish mumkin. Shuning uchun ham pedagogikada ta'lim usullari, ta'lim mazmuni, uni o‘zlashtirish, o‘quv jarayoni maqsadi, o‘quv faoliyatini boshqarish, bilish faoliyati xususiyatlari, aqliy faoliyatni tashkil etish kabi jihatdan turkumga ajratiladi.
Yu.K.Babanskiy o‘quvchi faoliyati nuqtai-nazaridan usullarni quyidagi turlarga bo`ladi.
o‟quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari;
o‟quv-biluv faoliyatini rahbatlantirish usullari;
o‟quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish usullari;
O.R.Roziqov, S.Yu.Ogaev, M.M.Mahmudova, B.R.Adizovlar ta'lim usullarini ikki guruhga ajratadi; o‟zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish usullari; o‘zaro ta'sir natijasini nazorat qilish usullari. Har bir guruhdagi usullar o‘z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratiladi. Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o‘stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o‘rgatish, ya'ni ―Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo`nda ifoda etish‖ malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
O‘shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o‘quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko`rib eslab qolishini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o‘stirish usullarini puxta bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida qo`llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.

Xulosa
So‘nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.Verbal bosqichgacha bo‘lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi, ovoz munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - rivojlanishning nutq bosqichiga o‘z vaqtida o‘tishning muhim shartidir.Bolaning faol nutqqa o‘tishi paytida uning nutqini rivojlantirishga oid ko‘p sonli tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ushbu asosiy qoidalarni bayon qilamiz.Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kera



Yüklə 62,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin