Urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə1/2
tarix17.10.2023
ölçüsü59,24 Kb.
#156765
  1   2
16 mavzu

URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“_______________________________________________________________

_______________________________________________ ” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Tarbiyachi va pedagogning jamiyatda tutgan o’rni
Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Reja:

1 Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni

2Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar

3. Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish


4. Xulosa


5 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi. Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9- yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og’ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi” degan edi. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachio‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog’liq. Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’limtarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish,jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va histuyg’ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g’ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. 1 Avloniy Abdulla. “Turkiy guliston yoxud axloq”. – Toshkent, O‘qituvchi, 1992y. O‘zbekiston Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak: - har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g’ri tushunish malakasi; - pedagogik vaziyatlarni to‘g’ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash; - tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik; - tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati; - xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati; - ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g’ri qaror qabul qilish; - tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati; - fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish; - dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati; - o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash; - qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish; - tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo maslahatlashish; - o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning fikrlarini o‘rganish; - o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; - har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va takomillashtirish; - o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish. Tegishli ma’lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega deyiladi «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonunning 5-moddasida. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’likdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta’limtarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir. Curriculum, or the content of teaching, may be designed to encourage learning processes (memory, attention, observation) and cognitive skills (reasoning, comparing and contrasting, classification), as well as the acquisition of specific information, such as the names of the letters of the alphabet (Wiggins and McTighe, 1998). The teaching strategies or methods used in implementing the curriculum are the arranged interactions of people and materials planned and used by teachers. They include the teacher role, teaching styles, and instructional techniques (Siraj-Blatchford, 1998). The third aspect of pedagogy, which might be thought of as cognitive socialization, refers to the role that teachers in early childhood settings play, through their expectations, their teaching strategies, their curricular emphases, in promoting the reper- toire of cognitive and affective characteristics and skills that the young child needs to move down the path from natal culture to school culture to the culture of the larger society. O‘quv rejasi va unda joylangan barcha mashg'ulotlar (hotira, etiborni rivojlantirish va kuzatuvchanlik) hususiyatlarini rivojlantirishka qaratilgan bo‘lishi mumkun shuningdek kongnetiv qobiliyatlar yani (mulohaza qilish, taqqoslash qaramaqarshilik va klassifikatsiya) kabilarni rivojlantirish shu bilan birga malum bir malumotni alfavit hariflarini o‘rganishka ham qaratilgan tarzda bo‘lishi mumkun. (Wiggins and McTighe, 1998) O‘quv rejasi davomida olingan malumotlarga ko‘ra tuzilgan va ishlatiladiga o‘quv strategiyalari va usulari o‘qtuvchilar tomonidan qolaniladi. U o‘z ichiga o‘qtuvchining ro‘li va o‘qitish uslubini ichiga qamrab olgan (Siraj-Blatchford, 1998). Kognetiv sotsiyalizatsiya Pedagogikani uchini jihati deb hisoblanadi. U o‘z ichiga bolani yoshligidagi strategik o‘qitish asnosida bo‘lib u bolani harakteristik va o‘qiy olish jihatidan yosh bolalik o‘yinqaroqliklarini kamaytirib katta hayoka yani ommaviy muhitka tayorlab beradi. Professional Development for Early Childhood Professionals: Examining Pedagogy in Early Childhood 8 October 2010 Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g’amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak: 1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg’or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan bo‘lishi; 2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g’ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi; 3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi; 4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi; 5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi; 6. Kun tartibini to‘g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish; 7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi; 8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi; 9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntira olishi; 10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak. Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar. Pedagog – tarbiyachining nutq madaniyati Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va og’zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog’liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat o‘qituvchining shijoatiga bog’liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining nutq madaniyatiga xos bo‘lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi bilan, hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma’noda ajratib turadi. 3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan tarbiyalash. 4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o‘qiy olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim. 6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-tuyg’ularini uyg’otadi, o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Tarbiya tamoyillari Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g’oya va qoidalar yig’indisiga aytiladi. Tarbiya tamoyillari o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg’or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilo‘or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:  Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g’oyaviyligi;  Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi;  Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;  Tarbiyada izchillik va tizimlilik;  Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish;  Tarbiyani mehnat bilan boo‘lash;  Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;  Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;  Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;  Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo‘qotish; Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g’oyaviyligi - o‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. Yosh avlodni yuksak o‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq talimi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi zarur. O‘qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi. Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani mamuriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obekti emas, balki o‘zi kabi subekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini teng xuquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi-xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy o‘urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari urfodatlari, marosimlari, xalq oo‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan g’oyalarni o‘quvchilar onggiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo‘lgan ananalar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart. Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O‘quvchilarga birdaniga ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro bir-biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab qo‘yishlari lozim. Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Yosh avlodning o‘sib ulo‘ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimogiy jamiyat tasir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan bo‘lishi kerak. Tarbiyani mehnat bilan boo‘lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy tasiri g’oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy tasir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiyma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam boo‘langan. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishiga, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo‘lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi. Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o‘sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida aks etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda natijasiz bo‘lib, chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchi xususiyatini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyo‘usini o‘stirish xizmat qilishi lozim. Tuyo‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo‘ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar avvalo, jamoada shakllanadi. O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmoo‘i, ularni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim. Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g’ri hal etilishiga ko‘p jihatdan boo‘liq. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa


Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalgaoshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. . Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak. • Nutqning aniqligi. • Nutqning irodaviyligi. • Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.


Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin