Akbar bahromov shavkat sharipov manzura nabiyeva


qazilmalar: ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, slanes kabilar. Tarkibida metallar mavjud bo‘lgan minerallar  rudali



Yüklə 4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/43
tarix20.11.2023
ölçüsü4 Mb.
#166526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
4-tabiatshunoslik

qazilmalar:
ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, slanes kabilar.
Tarkibida metallar mavjud bo‘lgan minerallar 
rudali 
foydali qazilmalarni
tashkil etadi. Rudadan temir, 
mis, aluminiy, rux, qo‘r g‘oshin kabi metallar olinadi. 
Oltin va kumush ham asosan rudadan olinadi. 
Noruda foydali qazilmalarga
osh tuzi, oltingugurt 
kabilar kiradi. Ohaktosh, granit, mar mar va boshqa 
qurilish materiallari ham noruda foydali qazilmalarga 
tegishli.
Foydali qazilma ekska vator va boshqa texnika vo si-


39
So‘ngra kerakli qazilma boylik qum, gil va boshqa 
begona moddalardan maxsus uskunalar yordamida 
ajratib olinadi. Oltin va kumush s ingari foydali 
qazilmalar ham shu tariqa olinadi.
Mis, aluminiy, temir, qo‘rg‘oshin, rux kabi foydali
qa zil malar esa boshqa turli begona moddalar 
aralashgan qattiq tosh – qotishma holida uchraydi. 
Qotishma holidagi rudalar eritilib, kerakli metallar 
ajratib olinadi.
Osh tuzi ham sof holda qazib olinmaydi. Uning 
tarkibida zararli boshqa tuzlar, qum va gil ham 
bo‘ladi. Yuvish orqali begona moddalardan tozalanadi. 
So‘ngra yod qo‘shib, iste’ molga chiqariladi.
O‘zbekiston hududi turli foydali qazilmalarga boy. 
Neft va tabiiy gaz konlari Farg‘ona vodiysida, Qash-
26-rasm. 
Foydali qazilmani ochiq usulda qazib olish.


qadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida va Qora-
qalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosida bor. 
Toshkent viloyatining Angren s hahri atrofida 
yoqilg‘i foydali qazilmalardan yana biri – qo‘ng‘ir 
ko‘mir qazib olinadi. Surx ondary o viloyatining 
konlari mavjud.
O‘lkamiz hududi oltin, kumush, mis, volfram kabi 
qim mat baho foydali qazilmalarga, marmar, granit, 
gips, ohaktosh kabi qurilish materiallariga, shuning-
dek, osh tuzi konlariga boy. Ular o‘lkamiz hududi-
-
gan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida 
ko‘rsatilgan. 
O‘lkamiz hududidagi foydali qazilmalar mamlaka-
timiz boyligidir. Ular hozirda faqat o‘zimiz foydalani-
shimiz uchungina emas, balki kelajak avlod uchun 
ham zarur. 
Foydali qazilmalardan ko‘p foydalanish natijasida 
ularning zaxirasi yildan yilga kamayib bormoqda. 
Shuning uchun yerosti boyliklarining qazib olinishi 
kamaytirili shi, qazib olingan xomashyo esa tejab 
ishlatilishi lozim.
Tabiiy gazni tejash uchun birinchi navbatda o‘z 
xonadonimizda undan isrof qilmasdan foydalanishi-
miz lozim. 
Ko‘chadagi mashinalarning yurishi uchun ko‘p
miqdorda benzin ishlatiladi. Benzin neftdan olinadi. 
Neft zaxirasi ham cheklangan. Neftni tejash uchun 


benzin o‘rniga elektr batareyalar yordamida yuradi-
gan mashi nalardan foydalanishga o‘tish lozim bo‘ladi. 
Ilgari ko‘p buyumlar temir, mis, aluminiy va bosh-
qa metallardan yasalar edi. Metallarni tejash maq sa-
dida ularning o‘rnini bosuvchi plastmassalardan ham 
foydalanilmoqda.
Ishdan chiqqan turli mashinalar metall qismlari 
yig‘ib olinadi. To‘plangan yaroqsiz metallar tegish-
li korxonada eritilib, yangi mashinalar va buyumlar 
ishlab chiqariladi. Shu tariqa metallar tejaladi. Ana 
shu maqsadda aholi o‘rtasida metall yig‘ish tadbirlari 
o‘tkaziladi. 
Respublikamizda qanaqa foydali qazilmalar borligini 
daftaringizga yozing. 
foydali qazilma, tog‘ jinsi, mineral,
yonuv chi foydali qazilma, rudali foydali qazilma, noru-
da foydali qazilma.

Yüklə 4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin