59-rasm.
Alisher Navoiy nomi-
dagi O‘zbekiston Milliy bog‘i.
58-rasm.
Toshkent
hayvonot bog‘i.
92
Toshkent viloyatini shimol va sharq tomondan
Qorjantog‘, Ugom, Talas Olatovi, Piskom, Chotqol,
Qurama tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Bu tog‘lar orasi-
da ko‘plab qishloqlar joylashgan.
60-rasm.
Toshkent viloyatining tabiiy xaritasi.
93
Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron kabi daryolar
viloyatni suv bilan ta’minlaydi. Chirchiq daryosiga
qurilgan Chorvoq suv omborining ahamiyati kattadir.
Viloyatning katta qismini egallagan tog‘lar boy ta-
biatga ega. Tog‘ yonbag‘irlarida lola, lolaqizg‘aldoq,
rovoch, piskom piyozi, nor shirach, bodom, xandon-
pista, do‘lana, tog‘ olcha, zirk, archa, yong‘oq va
boshqalar o‘sadi.
Daryo sohillaridagi to‘qaylarda chiya bo‘ri, quyon,
yovvoyi o‘rdak, g‘oz va qirg‘ovullar yashaydi. Tekislik
va tog‘ etaklarida kaltakesak, ilon, yumronqoziq, tosh-
baqa, shuningdek, tulki, bo‘ri, bo‘rsiq, kaklik uchraydi.
Tabiatni muhofaza qilish uchun
tashkil etilgan. Qo‘riqxona va
rezer vat Chotqol tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida
joylashgan.
Ularning hududida qo‘ng‘ir ayiq, oq tirnoqli ayiq,
Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, to‘ng‘iz, qoplon, ko‘k sug‘ur,
Turkiston silovsini, jayra, qora tasqara, qora kalxat,
burgut kabi jonivorlar muhofazaga olingan.
Ugom va Chotqol tog‘ tizmalari oralig‘idagi katta
hududda
tashkil etilgan. Bu joylarda bolalar va kattalar
uchun ko‘plab dam olish maskanlari barpo etilgan.
Toshkent viloyati hududida oltin, mis, qo‘ng‘ir
ko‘mir, marmar, granit, ohaktosh konlari bor.
-
didagi tog‘ tizmalarini, asosiy daryo, suv ombori va
katta shaharlarni ko‘rib chiqing.
Dostları ilə paylaş: |