PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
6 – TOM 4 – SON / 2023 - YIL / 15 - APREL
www.bestpublication.org
499
AKBAR MIRZO ROMANLARIDA ZAMON VA QAHRAMON MUAMMOSI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7833328
Boltayeva Vazira Komilovna
Berdaq nomli qdu adabiyotshunoslik:
O’zbek adabiyoti magistranti.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Akbar Mirzoning “Ajal bilan yuzma yuz” detaktik
romani realistik asar sifatida yuzaga kelganligi,o’z navbatida romanda, zamon va qahramon
muammolari, Elyor, Aziz kabi qahramonlarning hayotdagi muammolari, qalbi, o’y-
xayollari, kechinmalari orzu istaklari tahlil qilinadi.Roman qahramonlarining zamon va
makondagi o’zgarishlarda o’zini yo’qotib qo’ymasligi, to’g’ri yo’ldan ketishligi ,
qiyinchiliklarni sabr bilan yengishi,oila, farzand,do’st, yurt Vatan oldidagi burchini
bajarish. Va’daga vafo qilish,Vatanini ko’z qorachig’iday asrab-avaylash, shu yurt farzandi
ekanligini butun dunyoga ko’rsatish va Vatanni bilan faxrlanish tuyg’usi singdirilgan..
Kalit so’z:
dedektiv roman, Vatan, burch, realistik asar, makon va zamon, qahramon ,
muammo, qalb, o’y- xayol, kechinma.
Har bir ijtimoiy- tarixiy shakllanish
mafkuraviy munosabat,ijtimoiy
munosabatlar, estetik imtiyozlarni tug‘diradi, bu esa san‘atda ma‘lum janr shakllanishi
uchun poydevor vazifa o‘taydi.Roman- nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha
shaxsning shakllanishi va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan
asar.Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir- birini inkor etmaydigan ma‘lum ma‘noda
mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Muayyan shaxs taqdirining oilaviy-
maishiy, milliy,
ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan o‘zaro uzviy aloqada
tasvirlanishi roman janrining ko‘lami va g‘oyaviy- badiiy qimmatini namoyish etadi.
Akbar Mirzo (Nurmatov Akbarali Mirzaqosimovich) 1961 yil 28 fevralda Andijon
viloyatining Oltinko‗l tumanida tug‗ilgan. 1978 yili o‗rta maktabni bitirgach, jurnalist
bo‗lish orzusida Toshkentga yo‗l oladi. Biroq o‗sha yili omadi chopmaydi.
Kelgusi yili
esa unga hozirgi M.Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy universitetining jurnalistika
fakultetiga o‗qishga kirish nasib etadi. 1984 yili universitetni muvaffaqiyatli tamomlab,
O‗zbekston Jurnalistlar uyushmasiga kichik muharrir va fotomuxbir bo‗lib
ishga
joylashadi. Oradan bir yil o‗tib, yangi tashkil etilgan ―Mehnat‖ nashriyotiga muharrir
bo‗lib ishga o‗tadi. 1985-1991 yillarda oddiy muharrirlikdan to direktor o‗rinbosari
lavozimigacha bo‗lgan qizg‗in ijodiy yo‗lni bosib o‗tadi.1991-2012 yillar davomida
Akbar Mirzo O‗zbekiston Matbuot va axborot
agentligida etakchi muharrir,
―O‗zdavkitobsavdota‘minoti‖ OAJda bosh direktor o‗rinbosari, ―Cho‗lpon‖ va
―Yangiyo‗lpoligrafservis‖ nashriyotlarida bosh muharrir vazifalarida ishlab,
tajribali