Akkumulyator



Yüklə 18,06 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü18,06 Kb.
#46908
Document


akkumulyator.

Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushun- chalami ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab ol- ishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. 0 ‘zbek terminologi­ yasi tizimi ham bundan mustasno emas).

Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalami anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.

0 ‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan termi­ nologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski о‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asr- lik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida intralingvistik va ekstral­ ingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlami anglab yetish imko- nini beradi.Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha ter­ minologiyasi asosan sof turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moni- yizm ta’sirida sug‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalar- dan tashkil topgan edi. Jumladan, bargu “o‘lja”, qargu “soqchi, dozor”, tamga “tug‘ro”, koriig “ayg‘oqchi”, elci “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yolci “sardor”, cigay “yo‘qsil, kambag‘al”, qislag(q) “qo‘shinning qish- ki qarorgohi”, ayguci “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cerig/ cerik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/ qatun “malika”, kenl “qishloq; shahar” singari sug‘dcha, qagan “hukm­ dor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabgu “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, ser/йп “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug “tuman hokimi” kabi xitoycha, sad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, sadap'it sing­ ari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi.

Ayni ehog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlaming turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-si- yosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik duny- osi-flora, ilmi nujum-astronimiya va sh.k. sohalarga xos terminlar keyin- chalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ulami qabul qilmadi.

Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til(XI-XIV)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mum- kin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori, so‘z yasash andozalari - modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, sug‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalaming ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalaming qoMlanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zag-ini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “io'Iov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigci “mirza, munshiy, kotib”, yatgaq “tungi soqchi”, yarisa “ko‘rshapalak”,yargu “ajrim”,yarguci“qozi, sudya”, qaliq “havo”, obuz “qattiq yer”, tirgas “ko‘lmak suv” kabi turkcha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siydsat “siyosat”, ’amil “ish yuritu- vchi”, tib “meditsina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometri- ya” singari arabcha, laskar “qo‘shin”, mayfurus “may ichuvchi; may sotuv­ chi” singari forscha-tojikcha, daruga “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, тйгап "daryo”, ntikdr/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan.

Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sir, ya’ni ekstralingvistik omillaming roli salmoqli bo‘lgan. 0 ‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Ya- qiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdosh- iari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tah- iilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul _sul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoir-u yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘yi rest qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori, ijtimoiy-gu- manitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilish bilan baqamti kechdi. Bunda, birinchi galda, eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalar- da mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z ya- sashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta miqdorda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar soni shiddat bilan oshib bordi. Chet tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamterminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Xususan, harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq top “zambarak”,qazan “og‘ir to‘p”,tufdrj “miltiq” kabi asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra ’d “ yonib turgan nefitni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arrada “paloqmon”, manjaniq “katapul- ta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy “Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”,zanburak “zambarak” kabi istilohlarjamiyat a’zola- rining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyada ham muayan o‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, davlat boshqaruvida yan-

15gidan-yangi rutba, lavozim va mansablaming joriy qilinishi natijasidajasa- vulbasi, tabibbasi, qosbegi, naqib, ihaq, biy, divanbegi, toqsaba, parvanaci, muhassil, mirab singari istilohlar keng qo‘llanishga kirib keldi.

Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lma- sin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum dara- jada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlan- gani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlaming turi, miqdori va si- fati bilan oichanmoqda.

0 ‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qa- dar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075-yili atoqli lug‘atshunos Mah­ mud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”,ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallan- gan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qa- lamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxmi- nan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zaki ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda Qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari juda yuqori tahlil qilingan (Dadaboyev, 2017). Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik bir- liklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalami ifodalovchi isti­ lohlar va leksik birliklar sonjihatdan salmoqli hisoblanadi. Turfa soha isti- lohlari bilan yonma-yon onomastika, jumladan, atoqli otlar-antroponimlar, joy nomlari-toponimlar, geografik obyektlar nomi, gidronimlar, ekologiya, hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi(flora)ga oid talaygina leksemalar qiyomiga yetgan holda izohlangan.

0 ‘zbek terminologiyasining qaror topishida XIV asrga oid arab ti­ lida yozilgan grammatik (filologik) risolalaming sezilarli o‘mi borligi turkologiyada allaqachon e’tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida bahs yurishishga yo‘naltirilgan Abu Hayyon (vafoti 1344-yil)ning “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, M.T. Xoutsmaning fikricha, 1245-yil- da Mamluklar davlati (1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuai tarjumoni turki va aja- mi va mug‘ali”, muallifi noma’lum “Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- rurk va-l-qifchaq”, XVI asr boshida Qohirada ta’lif etilgan “ Al-qavon- inu-1 kulliya li-zabtil-lug‘atit-turkiya” singari asarlarda turkiy tilning so‘z boyligi, alalxusus, istilohlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, isti­ lohlar sistemasini “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mo‘g‘ali- y ’da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlaming ajratilganini qayd etish bi­ lan cheklanamiz: kishi nomlari - Alaqus, Aqtay, Altuntas, Baybars, Sonqur va sh.k.; astroponim (kosmonim)lar : Ulkcir; geografik nomlar: Sam, Misr; uy hayvonlari: at, okilz, qatir, boga, aygir va sh.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va sh.k.; qush va hashoratlar: qartal “burgut”, sarca “chumchuq”, qaz “g ‘oz”, qarlagac “qaldirg‘och”, qarga va sh.k.; ekoterminlar: topraq “tuproq”, qayir “shag‘al”, yaban “cho‘l, yobon”, oy "chuqurlik”, qol “vodiy”, harbiy asbob-anjomlar: ya “yoy, kamon”, kiris "yoy ipi”, sщ й “nayza”, qalqan, coqmar va sh.k.; tibbiy terminlar: yig/ ig “kasallik, illat”, agri “og‘riq”, sokal “bemor, kasal”, isitma “harorat, isitma”, dturmak “yo‘tal” va sh.k.; musiqiy terminlar: duduk “musiqa as- bobi ”, tomru. “do‘mbira”,yaqliq “rubob”, sibizgu “sivizg‘a” va sh.k.

XIX asming 70-yillaridan e’tiboran o‘zbek terminologiyasi rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan o‘zlashgan terminlar asosida rivojlan- ish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu davrda rus tilining o‘zbek tili leksikasi, xususan, terminologiyasi rivojiga ta’siri masalasi hozirgacha har tomon- lama chuqur ilmiy tadqiqot obyektiga aylanmagan. Vaholanki, manbalar- da qayd qilingan faktik materiallar o‘zbek terminologiyasining zikr etil­ gan paytdagi taraqqiyotini bevosita ifodalagani bois muammoni ijobiy hal etishda o‘ta qo‘l kelishi aniq. O.Usmonov, Sh.Hamidovlar tomonidan 1981-yilda “Fan” nashriyotida e’lon qilingan “0 ‘zbek tili leksikasi tarix- idan materiallar (XIX asming oxiri - XX asming boshlari)” nomli asarda atishma, atishuv “otishma”, axtarish “tintuv”, ariq “kanal”, ashula oyuni “konsert”, basma “bosma, nashr etilgan”, bash vazir “bosh vazir” kabi asl o‘zbekcha istilohlar qatori, barja “yuk kema”, prizident “prezident”, pratakol “bayonnoma”, sayuz “ittifoq”, iliktir “elektr”, ikiskursiya “sayo- hat”,fonograf, samavar, sod//sud “sud” singari o‘zlashmalar ham aksini topgan. Ashyoviy misollar o‘zlashmalaming o‘zlashtimvchi o‘zbek tili tovush tizimiga moslashtirilganidan dalolat beradi.

&у /Gk л' "Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yan- gi tushunchalar va ulami ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashma terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar bilan birga ruscha-bay- nalmilal terminlaming roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlar- ga xos terminologik sistemada yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi globallashuv va intemetga qadam qo‘yilgan XXI asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Hozirgi o‘zbek terminologiyasining shiddat bilan taraqqiy etishi til lug‘at tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi.

Terminga xos belgilardan biri uning izohi va ta’rifiga oydinlik kirit- ish, terminning ma’noviy qurshovida mavjud qo‘shimcha semalami yu- zaga chiqarish ilm-fan tilining rivojlanishida, o‘zga soha oid terminologik tizimlar tarkibida yaqqol seziladi. Bugungi о‘zbek terminologiyasining boyishida yuqorida zikr etilgan jihatlar hamon ustunlik qilmoqda. 0 ‘z qatlamning salmoqli o‘mi qatori, o‘zlashmalaming ham sezilarli mavqei saqlanib qolmoqda. 0 ‘zlashmalaming til terminologiyasi boyishidagi o‘mini birgina internet terminlari misolida ko‘rish mumkin. Olib borilgan izlanishlar o‘zbek tili internet terminologiyasining 54% ini o‘zlashmalar, chunonchi, ms tilidan o‘zlashgan internet terminlari 31%, ingliz tilidan aynan o‘zlashgan baynalmilal internet terminlari 23%ni tashkil etishini ko‘rsatgan (Saidqodirova, 2018).



Xullas, o‘zbek terminologiyasi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi nafaqat o‘z ichki resurslari, shuningdek, qarindosh bo‘lmagan tillar boy- liklaridan o‘mi bilan foydalangan holda rivojlanish yo‘lida davom etdi.

Terminlaming shakllanish hamda yasalish yoilari xususida so‘z ketganda quyidagi jihatlami inobatga olish taqozo etiladi: o‘z milliy tiln­ ing tayyor leksik boyliklaridan unumli foydalanish; boshqa tillaming so‘z boyliklaridan o‘mi bilan istifoda etish (o‘zlashtirish); tayyor standart ter- minelementlar (o‘zbekcha va baynalmilal)ni qoTlash; morfologik (affik- satsiya, abbreviatsiya), sintaktik (kompozitsiya) va semantik so‘z yasalishi vositalariga murojaat qilish.
Yüklə 18,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin