Akmalxon ortiqov soʻzlab berdi



Yüklə 84,05 Kb.
səhifə2/3
tarix09.03.2023
ölçüsü84,05 Kb.
#87072
1   2   3
davlat

Ikkinchidan, yangi tahrirdagi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi va “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarni ishlab chiqish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishning normativ-huquqiy bazasi takomillashtiriladi. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun 1991-yilda qabul qilingan hamda zamonaviy talablar va real holatlarni hisobga olgan holda qaytadan puxta ishlab chiqilishi taqozo etiladi.
Hozirda ushbu loyihalar xalqaro moliya institutlarini (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, OTB) va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan. Joriy yil yakuniga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ushbu loyihalarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Uchinchidan, davlat tomonidan lozim darajadagi asoslar boʻlmaganda yangi davlat korxonalari tashkil etilmaydi. Bunda faoliyat yuritayotgan barcha unitar korxonalar bosqichma-bosqich qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi. Shuni taʼkidlamoqchimanki, yaqin kunlarda 600 ta davlat korxonasini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish va tugatish qismida Strategiya amalga oshirilishining dastlabki natijalarini koʻramiz.
Toʻrtinchidan, eksklyuziv imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya va boshqa loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.
Beshinchidan, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etiladi hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“Oltin aksiya”) bekor qilinadi.
Oltinchidan, boshqaruv organlari faoliyati va davlat ishtirokidagi korxonalar nazorati korporativ boshqaruv amaliyotiga muvofiq tashkil etiladi.
Korporativ boshqaruv prinsiplari qanday joriy etiladi?
– Keyingi yildan boshlab Kuzatuv kengashlariga nomzodlarni tanlov asosida saylash amaliyotga joriy etiladi. Bundan tashqari, Kuzatuv kengashi mustaqil aʼzolarining ulushi 2025-yilga kelib 30%gacha boʻlgan miqdorga yetkaziladi.
Shuningdek ijro etuvchi organ uch yilgacha vakolat muddati bilan tanlov asosida shakllantiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organ aʼzolarining faoliyatini baholash korporativ boshqaruv koʻrsatkichlari hamda samaradorlik boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliq boʻladi.

Yüklə 84,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin