Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 O’zbekistonda auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

13.3. O’zbekistonda auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashtirish 
sharoitida 
auditorlik 
faoliyatini 
rivojlantirish 
istiqbollaridan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi 
PQ-615-sonli «Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va 
ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish 
to’g’risida»gi Qarori va «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida»gi Nizom tashkil 
etadi. 


373 
Auditorlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
►auditorlik tekshiruvi o’tkaziladigan shaxslardan, shuningdek barcha 
uchinchi shaxslardan mustaqillik; 
►auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda xaqqoniylik; 
►auditorlik tekshiruvini o’tkazayotgan auditorlik tashkilotlari mustaqil 
ravishda ishlash usullari va metodlarini tanlashi; 
►auditorlik tekshiruvini amalga oshirayotgan shaxslarning professional 
kompetentligi; 
►auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning 
maxfiyligi. 
Yuqoridagi tamoyillar asosida «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida»gi 
Nizomga muvofiq auditorlik tashkilotlari ustav fondini shakllantirish va tashkil 
etish bo’yicha quyidagilar belgilangan, jumladan: 
►faqat tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirsa eng kam 
oylik ish hakining 1500 baravari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitali va 
shtatida kamida 2 nafar auditorlariga ega bo’lishi; 
►ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug’urta tashkilotlaridan 
tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy 
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik 
ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitaliga va shtatida 
kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga 
(CAP/CIPA) ega bo’lishi; 
►barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning auditorlik tekshiruvini amalga 
oshirsa eng kam oylik ish haqining 5000 baravari mikdoridan kam bo’lmagan 
ustav kapitali va shtatida kamida 6 nafar auditorlariga, ularning ikkitasi xalqaro 
buxgalter sertifikatiga (CAP/CIPA) ega bo’lishi shartligi belgilandi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti Moliya vazirligi 
tomonidan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma)ni 
tegishli turini olish maqsadida yuqorida keltirilgan Nizom talablariga muvofiq 
ravishda hujjatlarni taqdim etishi mumkin.


374 
Auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditorlik faoliyati yurituvchi 
sub’ektlarga litsenziya berish Moliya vazirligining «Buxgalteriya hisobi va audit 
metodologiyasi Bosh boshqarmasi» tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hayot rivojlanishdan to’xtab qolmaganidek, auditorlik faoliyatining 
rivojlanishi ham davom etmoqda. Bu o’z-o’zidan bo’lavermaydi, albatta. Buning 
uchun ma’lum bir qonunlarga, qarorlarga o’zgartirish kiritilishi lozimki, ular 
kichik va o’rta biznes asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarga o’z kapitalini ko’paytirishda ijobiy samarasini bersin. Bu o’z 
navbatida aholini moddiy farovonligini yanada oshirishga ham xizmat qilsin.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
Moliya vazirligiga quyidagi vazifalarni qo’shimcha qilib yuklatish ushbu faoliyatni 
yanada takomillashtirilishiga sabab bo’ladi: 

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va 
undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib 
ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va 
auditorlar ustidan nazorat qilish maqsadida yilda bir marta ulardan axborot olib 
turishni ta’minlash (besh yilda bir marta litsenziya berish uchun chaqiruvdan 
tashqari) dagi nazoratni amalga oshirish; 

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va 
undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib 
ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va 
auditorlarning doimiy ravishda malakasini oshirib borishi hamda o’tkazilayotgan 
auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini ta’minlash maqsadida o’quv-metodik 
markazlar (oliy o’quv yurtlari va akademiyalarda maxsus fan bo’yicha)da bevosita 
qatnashuvchi (xoh tinglovchi, xoh ta’lim beruvchi sifatida) bo’lishini majburiy 
qilib qo’yish; 

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va 
undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib 
ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va 
auditorlarning o’tkazayotgan auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini 


375 
ta’minlashda doimo xalqaro internet tarmog’idan foydalanish orqali kundalik 
maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lishi, maxsus iqtisodiy jurnallardagi 
yangiliklardan voqif bo’lishi lozimligini majburiy qilib qo’yish; 

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va 
undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib 
ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va 
auditorlarning 
doimo 
xalqaro 
va 
mamlakat 
ichida 
o’tkazilayotgan 
konferentsiyalarda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan o’z tezis va 
maqolalari bilan qatnashishini majburiy qilib qo’yish va h.k.lar. 
Bizningcha, 
auditorlik 
faoliyati 
amaliyotida 
uchrayotgan 
ayrim 
muammolarni hal qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
qoshida maxsus guruh tashkil qilish lozimki, uning ish faoliyati qonun va 
qarorlarga ushbu muammolarni hal qilish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat 
bo’lgan takliflarini Qonun chiqaruvchi organlarga ma’lum qilishdan iborat bo’lsin. 
Albatta, 
yuqorida 
bayon 
etilagn 
fikrlar 
auditorlik 
faoliyatini 
takomillashtirish strategiyasining ma’lum bir ko’rinishlari edi, xolos. Lekin, 
auditorlik faoliyatini rivojlantirishning taktikasi shundan iboratki, bunda alohida 
faoliyat yurituvchi professional xizmat ko’rsatuvchi auditor va buxgalterlarni ham 
nazoratdan chiqarmasligimiz lozim, chunki bunda ularning ham o’z o’rni bor. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi ushbu shaxslarga ham bizningcha 
quyidagi talablar qo’yilishi lozim: 

O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikka 
amal qilishi lozimligi; 

alohida tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tishi majburiyligi; 

ma’lum bir professional auditorlik xizmati ko’rsatuvchi tashkilotning 
majburiy a’zosi bo’lishi; 

malaka setifikatiga ega bo’lishi; 

auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha fuqarolik (shaxsiy) ma’suliyati 
(javobgarlik) to’g’risida sug’urta polisiga ega bo’lishi va h.k.lar. 


376 
Auditorlik tashkilotlariga to’xtaladigan bo’lsak, ular auditorlik faoliyatini 
amalga oshirishlari uchun yangi qonunchilik talablari asosida quyidagi talablarga 
javob berishlari lozim: 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilishi; 

mamlakatda ma’lum bir auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi va tartibga 
soluvchi davlat ro’yxatidan o’tgan birlashma yoki tashkilotning majburiy a’zosi 
bo’lishi lozimligi; 

auditorlik tashkiloti ustav kapitalining 51% i auditorlarga yoki auditorlik 
tashkilotiga tegishli bo’lishi lozimligi; 

auditorlik tashkiloti rahbari faqat auditor bo’la olishligi va h.k.lar. 
Ta’kidlash joizki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisoboti 
O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida tuzilganligi, har yilda bir 
marta majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozimligi auditorlik 
faoliyatining xalqaro standartlarida ham nazarda tutilgan. 
Shunisi etiborliki, ko’pchilik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, bank 
muassasalari tashqi auditorlik tekshiruvidan o’tish maqsadida auditorlik 
tashkilotlarini chaqirganda, auditorlik faoliyati tavakkalchilik xavf-xatari va 
auditor fuqarolik mas’uliyati sug’urta qilinganmi-yo’qmi, agar mavjud bo’lsa, 
sug’urta polisini talab qilishmaydi. Chunki, auditorlar tekshirib, o’z xulosa va 
hisobotlarini taqdim etib ketgandan so’ng, ma’lum bir sabablar bilan vakolatli 
organlar ular tomonidan xatoliklarga yo’l qo’yilganligini aniqlab, kamchiliklarini 
topsa, tekshiruvdan o’tgan mijoz keltirilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash, 
undirish maqsadida xo’jalik sudiga murojaat qilishga haqli bo’ladi va mijoz talabi 
sud tomonidan sug’urta tashkiloti hisobidan qondiriladi. 
Auditorlik faoliyatini takomillashtirishning yana muhim jihatlaridan biri 
auditorlik tashkilotlari va auditorlar haqidagi ma’lumotlarning operativ axborot 
ta’minot bazasiga kiritilmaganligi achinarlidir. Ushbu muammoni hal qilish uchun 
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlarga 
bag’ishlangan, xalqaro internet tarmog’ida vebsayt ochishni maqsadga muvofiq 
deb o’ylaymiz. Bu ishni tashkil qilishda O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar 


377 
Milliy Assotsiatsiyasi yoki O’zbekiston Auditorlar Palatasi albatta, etakchi 
tashkilot bo’lishi (xarajatlarni qoplash tashkilotlarning ularga a’zolik badallari 
hisobidan bo’lishi) lozim. 
Bundan tashqari, barcha rivojlangan davlatlarda auditorlik faoliyati, ularga 
oid muammolar va ularni hal qilish yo’llari, faoliyat yuritayotgan auditorlik 
tashkilotlarining reytingi bayon qilingan maxsus jurnallar mavjud (masalan, RFda 
«Auditor», «Auditorskie vedomosti», «Buxgalterskiy uchet»; «Accounting cost» 
va h.k.lar). Lekin, mamlakatimizda bironta ham yo’q. To’g’ri, hozirgi kunda ushbu 
faoliyat to’la-to’kis rivojlangan deb ayta olmaymiz. Ammo, qachon to’liq 
rivojlanishini kutib turish ham maqsadga muvofiq emas. Bu kabi ommaviy axborot 
vositalarida, auditor va auditorlik tashkilotlari haqida, ularning xizmat ko’rsatish 
darajasi reytingi, tashkilotdagi auditorlarning malakasi, ish staji, muammoni hal 
qilishda ilmiy yondoshuvi va albatta, xizmat haqi to’g’risidagi ma’lumotlar 
mujassam bo’lsagina, mijozlar o’z biznesini qaysi auditorni yollab yoki auditorlik 
tashkilotini tekshiruvga jalb qilishida raqobat paydo bo’ladi hamda adolat qaror 
topadi. Bu o’z navbatida auditorlik faoliyatini rivojlanishida qo’yilgan muhim 
qadamlardan biri bo’ladi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda auditorlik faoliyatini 
yurituvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar haqidagi ma’lumotlarni faqat 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan olish mumkin. Bu har doim ham 
amalga oshavermaydi ya’ni, keng omma uchun mo’ljallanmagan. 
Hozirgi kunda O’BAMA va O’zR Moliya vazirligi hamkorligida 
auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida SAR va CIPA dasturlari talabi 
doirasida malaka sertifikatlarini olish bo’yicha «Moliyaviy hisob-1» fanini 
muvaffaqiyatli topshirish talab etiladi. Bu o’z navbatida mahalliy auditorlarning 
xalqaro integratsiyalashuvi jarayoniga olib keladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin