Salbiy fikr (Adverse opinion) - moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar
shunchalik ahamiyatli va chuqurki, bunda auditor o’z hisobotida sharhlar bilan fikr
bildirishi moliyaviy hisobot to’g’risida noto’g’ri yoki u to’g’risida to’liq
bo’lmagan tushuncha berib, ma’lumotni yoritish uchun mos emas degan xulosaga
kelganda, salbiy fikr bildiriladi.
Moliyaviy hisobot (Financial statements) - buxgalteriya balansi, daromadlar va
xarajatlar yoki foyda va zararlar to’g’risida hisobot, moliyaviy ahvoldagi
o’zgarishlar to’g’risida hisobot (ular turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin,
masalan: pul mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot yoki pul mablag’lari manbai
va undan foydalanish to’g’risidagi hisobot shaklida), izohlar va boshqa hisobotlar,
shuningdek moliyaviy hisobotning bir qismi tariqasida ko’riladigan tushuntirish
materiallar.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot (Summarized financial statements) -
sub’ekt moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining faqat asosiy
ko’rsatkichlarida manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumot berish
maqsadida sub’ekt tomonidan audit qilinadigan yillik moliyaviy hisobotining
umumlashtiruvchi moliyaviy hisobot tayyorlashi mumkin
Mohiyati bo’yicha muolajalar (Substantive procedures) - moliyaviy hisobotdagi
ahamiyatli chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida auditorlik dalillarni olish uchun
bajariladigan testlar. Ular quyidagi ikki turga ajratiladi:
(a) operatsiyalar va hisobvaraqlar saldosi bo’yicha mufassal testlar;
(b) tahliliy muolajalar.
Muvofiqlik (Appropriateness) - auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq
tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi.
Mufassal tekshiruv (Walk-through test) - bir qator operatsiyalarni buxgalteriya
hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat.