Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
6.3 Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati 
Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati 1994 yil 8 noyabrda Respublika 
Oliy Kengashida qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Belarus 
Respublikasi qonuni (2007 yilda 25 oktyabrda tuzatish, o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritilgan), milliy audit standartlari, Belarus Respublikasi Moliya 
vazirligining auditorlik faoliyati qoidalarining qayta ishlangan shakllariga muvofiq 
zamonaviy sharoitlarda amalga oshirilmoqda. 
Qonunga ko’ra, auditorlik faoliyati – buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari, 
buxgalteriya hisobi va tashkilotning boshqa hujjatlarini mustaqil tekshirish 
bo’yicha faoliyat bo’lib, qonunchilikning tegishli moliyaviy (xo’jalik) operatsiya 
va ishonchli buxgalteriya (moliyaviy) fikrlarini ifodalash maqsadida, xo’jalik 
guruhi, bank guruhi, bank xoldingi, oddiy sherikchilik (birgalikda faoliyat yuritish 
bo’yicha qatnashchilar kelishuvi), yakka tadbirkorlar kabi ularni alohida qismlarga 


112 
ajratish, zaruriyat yuzasidan va yoki faoliyat yuzasidan buxgalteriya (moliyaviy) 
hisobotlarida aks etishi kerak. 
Auditorlik tashkilotlari va auditorlar Respublikada auditorlik faoliyati 
sub’ektlari sanaladi. Auditor mavjud qonunchilikka muvofiq oliy iqtisodiy yoki 
huquqiy ma’lumotga ega va uch yildan kam bo’lmagan mos keluvchi 
mutaxassislik bo’yicha ish staji, shu bilan birga malakani belgilovchi talablarga, 
auditorlar uchun o’rnatilgan qonunchilikka va auditorik sertifikatiga ega bo’lgan 
jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. 
Ayni vaqtda banklar, moliya-kredit tashkilotlarida tashqi auditni amalga 
oshirish uchun Belarus Respublikasi Milliy Banki tomonidan berilgan va sug’urta 
tashkilotlarida tashqi auditini olib borish uchun esa Belarus Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan beriladigan sug’urta tashkilotlarida auditorlik faoliyatini olib 
borish uchun qo’shimcha litsenziya zarur bo’ladi. Auditorlik faoliyatini 
litsenziyalash, shu jumladan, auditorlik faoliyatida litsenziyalarni to’xtatish va 
bekor qilish “Litsenziyalash to’g’risida”gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. 
Auditor auditorlik tashkilotining xodimi (fuqarolik-huquqiy kelishuv asosi 
bo’yicha audit o’tkazishga jalb qilingan holda yoki tashkilot shtatida bo’lgan 
holatda), yakka tadbirkor sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. So’nggi 
holatlarda, auditor, umumiy talablar bilan bir qatorda sertifikatdan tashqari 
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda Belarus Respublikasi Moliya vazirligining 
litsenziyasini olishi lozim. 
Auditorlik faoliyatini auditorlik tashkiloti ham amalga oshirishi mumkin. 
Auditorlik tashkiloti – tijorat tashkiloti ham bo’lib, auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish bilan bir qatorda audit xizmatini ko’rsatishi mumkin. Amaldagi 
qonunchilikka muvofiq auditorlik tashkilotida shtatlar uchta auditordan kam 
bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari auditorlik tashkilotining 50 % xodimlari tarkibi 
Belarus Respublikasida doimiy yashayotgan respublika fuqarolaridan tashkil 
topishi kerak, auditorlik tashkiloti boshqaruvchisi xorijiy fuqaro bo’lgan hollarda -
75% dan kam bo’lmasligi kerak. Auditorlik tashkilotlari boshqaruvchilari auditor 
sertifikatiga ega bo’lgan istalgan jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. 


113 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda, o’z faoliyatini 
amaldagi qonunchilikka muvofiq Belarus Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Auditorlik tashkilotlari va auditor – yakka tadbirkorlarga auditorlik faoliyati, 
hamkorlikda audit xizmatini ko’rsatish, o’qituvchilik va ilmiy faoliyatdan tashqari 
boshqa tadbirkorlik ko’rinishidagi faoliyat bilan shug’ullanish ta’qiqlanadi. 
Sudlangan, qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan shaxslar auditorlik 
faoliyatini olib borish huquqiga ega emas. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti – litsenziya berish 
haqidagi moliya vazirligining qaror qabul qilishi uchun auditning barcha 
sub’ektlari davlat auditorlik tashkilotlari va auditorlar ro’yxatidan o’tishi kerak. 
Banklar va bank bo’lmagan moliya-kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziya oluvchi auditorlar va auditorlik tashkilotlari 
haqida ma’lumot Belarus Respublikasi Milliy bankidan olgan axborotlar asosida 
Moliya vazirligi tomonidan auditorlar va auditorlik tashkilotlari Davlat ro’yxatiga 
kiritiladi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’z vazifasini bajarish davomida 
idoraning buxgalteriya hisobi, hisobotning tuzilishiga, tashkilotdagi tartib-qoida, 
instruktiv materiallarga, me’yoriy hujjatlarga, qonunchilikning boshqa rasmiy 
hujjatlariga, ishlab chiqarish xo’jalik sub’ektlari va moliyaviy-iqtisodiy 
masalalarga tayanib ish ko’radi. 
Belarus Respublikasi qonunchiligiga binoan auditorlik faoliyatiga davlat 
boshqaruvini Belarus Respublikasi prezidenti, Vazirlar Kengashi, Moliya 
Vazirligi, Milliy bank va vakolatga ega bo’lgan boshqa tashkilotlar amalga 
oshiradi.
Davlat boshqaruvi bilan auditorlik faoliyati topshiriqlarini bajarish uchun, 
auditor davlat boshqaruvi bo’yicha majburiyat Belarus Respublikasi Moliya 
vazirligiga yuklanadi. Vazirlik tizimida 1988 yil 8 oktyabrdan Bosh audit 
boshqarmasi tashkil etildi. Hozirgi kunda – Audit boshqarmasi deb nomlanadi. 
Belarus Respublikasi Prezidenti auditorlik faoliyati davlat boshqaruvida 
umumiy tartib o’rnatadi. Belarus Respublikasi Prezidentining 28.07.1999 yilgi № 


114 
30 farmoni bilan Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi 
tartibiga o’zgartirish kiritildi. Bu farmon auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi 
vakolatini jamoat tashkilotlari (Auditorlik palatasi)dan Belarus Respublikasi 
Moliya vazirligiga o’tkazdi. 
Bugungi kunda auditorlik faoliyati mavjud qonunlar asosida boshqariladi. 
Mazkur qonunlarda majburiy audit olib borishi lozim bo’lgan tashkilotlar 
belgilangan. 25.06.2007 yilgi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning 22-
moddasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Moliya vazirligining 
vakolati aniq ko’rsatilgan. Tegishli moddalarga muvofiq Moliya vazirligi: 
-
Audit metodologiyasini ishlab chiqadi; 
-
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
qabul qiladi; 
-
Auditorlik faoliyatining davlat qoidalarini o’rnatadi (Bank va bank 
bo’lmagan moliya-kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatidan tashqari); 
-
Auditorlarni attestatsiyadan o’tkazadi; 
-
O’z vakolati doirasida auditorlik faoliyati qonunchiligi to’g’risida 
tushuntirish ishlarini amalga oshiradi; 
-
Auditorlik faoliyati, litsenziya bo’yicha talablar va shartlarni amalga 
oshirishni nazorat qiladi; 
-
O’rnatilgan tartibda auditorlik tashkilotlari va auditorlarni davlat ro’yxatiga 
kiritadi. 
Qonunchilikda o’rnatilgan tartibda auditorlik faoliyati masalalari bo’yicha, 
xalqaro tashkilotlarda, Belarus Respublikasi manfaatlarini Moliya vazirligi himoya 
qiladi. Mazkur vazifani bajarish uchun Moliya vazirligi tarkibida Audit 
boshqarmasi shakllantirilgan. Moliya vazirligida vazifalarni sifatli bajarish uchun 
auditorlik faoliyati bo’yicha Metodologik kengash tashkil etilgan. 
Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xorijiy davlatlar auditorlari va auditorlik 
tashkilotlari bilan audit sohasida moliya vazirligi Belarus Respublikasi 
qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida hamkorlikni amalga 
oshiradi. 


115 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning 23-moddasida auditorlik 
faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Milliy bank vakolatlari aniqlab berilgan. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish va faoliyatini 
uzaytirish auditorlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi qarorda ko’rsatib 
o’tilgan. 12.10.2003 da tasdiqlangan Vazirlar Kengashining 1346-sonli qarorida 
auditorlik faoliyatini jismoniy shaxslar va auditorlik tashkilotlari amalga oshirishi 
belgilangan. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Auditorlik faoliyati boshqaruvi bo’yicha Belarus Respublikasi qonunchiligida 
o’rnatilgan tartib shart va talablariga rioya qilish. Bank sohasida auditorlik 
faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish, uzaytirish, to’xtatish va bekor qilish 
to’g’risida 02.07.03 dagi Milliy bankning №123 qarorida belgilab qo’yilgan. 
Moliya vazirligi malaka sertifikatini jismoniy shaxslarga imtihondan so’ng, 
yuridik shaxslarga esa suhbat o’tkazilganidan so’ng beradi. 
Birinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi: 
Buxgalteriya hisobi va hisobot, xo’jalik faoliyati tahlili, tashqi iqtisodiy 
faoliyat va valyuta operatsiyasi, qimmatli qog’ozlar va qimmatli qog’ozlar bozori, 
soliq va boshqa majburiy to’lovlar, davlatning maqsadli byudjet fondi. 
Ikkinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi: 
Belarus Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish, auditorlik 
faoliyati qoidalari, auditorlik tekshiruvi o’tkazish va auditorlik xizmati ko’rsatish 
metodikasi, mehnat va mulk munosabatlari boshqaruvining huquqiy asoslari, 
davlat mulkini xususiylashtirish, mulklarni baholash. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin