Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Ozarbayjonda auditorlik faoliyati



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
6.4. Ozarbayjonda auditorlik faoliyati 
Ozarbayjon Respublikasida auditorlik faoliyati zaruriy me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar bazasida shakllantirilgan. 1994 yil 16 sentyabrda “Auditorlik xizmati 
to’g’risida” gi Ozarbayjon Respublikasi qonuni qabul qilindi, shu bilan milliy audit 
vujudga kelish va shakllanish jarayoni faollashdi. 
Bugungi kunda Ozarbayjonda audit o’tkazish va tashkil etish bo’yicha audit 
bazasining huquqiy tizimi Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasida, Ozarbayjon 


116 
Respublikasi qonunlarida, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti farmonlarida, 
Ozarbayjon 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
qarorlarida, 
Ozarbayjon 
Respublikasi Parlamenti qarorlarida, milliy audit standartlarida, shu bilan birga 
auditorlar professional etikasi va ichki hujjatlarda aks etadi. 
Auditorlik xizmati faoliyati davlat boshqaruvini Ozarbayjonda qonunchilikka 
muvofiq 1996 yil 4 apreldan o’z faoliyatini boshlagan Auditorlar Palatasi amalga 
oshirmoqda. Shu vaqtgacha Auditorlar Palatasi davlatda auditorlik faoliyati 
boshqaruvini aniq belgilovchi 43 milliy audit standartlarini va 30 dan ortiq 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorladi va qabul qildi, mutaxassislarni doimiy 
o’qitishni olib boradi va auditor sertifikatini olish uchun imtihonlar o’tkazadi, 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar, mahalliy va xorijiy 
shaxslarga litsenziya berish bilan shug’ullanadi. Ozarbayjon Respublikasida 
mazkur faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida ichki audit 
me’yorlari va standartlarini mukammallashtirish va qayta ko’rib chiqish, ichki 
auditorlar manfaatlarini himoya qilish va kasbiy mustaqilligini ta’minlash, ularning 
kasbiy mahoratini oshirish maqsadida 1999 yil 26 iyunda Ozarbayjon Auditorlar 
palatasining murojaati asosida xalqaro ichki auditorlar Instituti boshqaruv kengashi 
qarori bilan MDH mintaqasida birinchilardan bo’lib “Ozarbayjon-Audit” nomi 
ostida Institut bo’limi tashkil etildi. 
2001 yil Ozarbayjon davlat auditida amaliy harakatlarning boshlanishi bilan 
belgilanadi. 7 dekabrda Milliy Majlis qarori bilan “Hisob palatasi to’g’risida”gi 
qonunda ko’zda tutilgan etti auditordan to’rttasi Hisob palatasi boshlig’i 
o’rinbosari etib tayinlandi. 2002 yil boshlanishidan vujudga kelgan huquqiy sharoit 
natijasida auditorlar Palatasi to’laqonli oliy davlat moliyaviy nazorat organi bo’ldi. 
1996-2007 yillarda Auditorlar palatasining bevosita qatnashuvi bilan 
“Auditorlik xizmati to’g’risida”gi qonun va “Ozarbayjon Respublikasi auditorlar 
palatasi to’g’risida”gi qarorga, shu va boshqa qonunchilik hujjatlariga turli xil 
xarakterdagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 
1994 yilda qabul qilingandan so’ng o’zining huquqiy asoslarini topgan, 
asosida milliy auditorlik qonunchiligi tamoyillari yotuvchi “Auditorlik xizmati 


117 
to’g’risida”gi qonun va 25 dan ortiq qonun va kodekslar shu bilan birga davlat 
prezidenti tomonidan imzolangan buyruq va qarorlarda (15 ga yaqin) iqtisodiyotda 
auditni tadbiq qilish zaruriyati va amal qilish sohasi kengayishi tufayli 
o’zgartirishlar kiritildi. 
Auditorlar Palatasi mustaqil moliyaviy organ hisoblanadi, auditorlik xizmati 
rivojlanishi va davlat boshqaruvini tashkillashtirishni amalga oshiradi
mulkdorlarning mulkiy huquqini, davlat manfaatlarini, xo’jalik sub’ektlari va 
auditorlar huquqlarini himoya qiladi, respublika qonunchilik hujjatlarining ishlab 
chiqilishini, mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlarining o’z faoliyat 
talablariga rioya qilishini nazorat qiladi. 
Palata qonunchilik va ijro hukumatiga hisobot beruvchi tashkilot emas. 
Bugungi kunda auditorlar Palatasining asosiy vazifasi respublikada auditorlik 
faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. 
Auditorlar Palatasi bajaradigan majburiyatlarga quyidagilar kiradi: 
-
Litsenziya berishda imtihonlar o’tkazish qoidalari va belgilangan imtihon 
hay’ati tarkibini tasdiqlash va qayta ko’rib chiqish; 
-
Auditorlik tashkilotlari va mustaqil auditorlarga litsenziya berish va ularning 
ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish; 
-
Audit o’tkazish bo’yicha standartlar, yo’riqnomalar, takliflar va metodik 
ko’rsatmalar tayyorlash; 
-
Takroriy auditorlik nazoratini o’tkazish; 
-
Xo’jalik sub’ektlari mulklari qoshida xususiylashtirish baholarining 
ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasini berish; 
-
Auditorlik xizmatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflar 
tayyorlash. 
Auditorlar palatasi mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’tkazadigan 
audit sifatini tekshiradi. Mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari va ularning 
buyurtmachilari o’rtasidagi turli xarakterdagi bahslarni ko’rib chiqadi; Palata 
vakolatiga kiruvchi ba’zi auditorlik masalalarini hal qiladi; audit masalalari 
bo’yicha xorijiy davlatlarda Ozarbayjon Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi. 


118 
Tashqi nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: ichki sifat nazorati auditi 
tizimini baholash; auditorlar o’tkazadigan audit sifatini nazorat qilish. Tashqi 
auditni amalga oshiruvchi uslub va yo’nalishlarni Hisob Palatasi va Auditorlar 
palatasi tasdiqlagan dasturlar va qo’llanmalar bilan boshqariladi. 
Takroriy auditni Hisob Palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Auditorlar 
Palatasi yoki xo’jalik sub’ektlari talabi bo’yicha ularga vakillik qiluvchi auditorlar; 
Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Takroriy 
auditni oldin audit o’tkazgan auditor amalga oshirishi mumkin emas, lekin 
zaruriyat yuzasidan ular ham bu maqsadga jalb etilishi mumkin. 
Yuqori sifatli audit o’tkazishni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilardan 
iborat: Malakali auditorlarni professional darajada tayyorlash; auditorlik 
tashkilotlarida samarali nazorat sifati tizimini tayyorlash va qabul qilish; tashqi 
nazorat tizimining mavjudligi. Auditor audit dasturi va rejasini tuzmagan, ishchi va 
yakuniy hujjatlar bo’lmagan hollarda audit o’tkazish sifatsiz bo’lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda ikki yil ichida tashqi nazorat sifatini ketma-ket bitta auditorga 
o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Munozaralarni hal etish maqsadida, qaror qabul qilish jarayonida yuzaga 
keluvchi xato va kamchiliklar, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirishda namoyon 
bo’luvchi va auditorlik xizmatini ko’rsatish davomida audit sifatini o’zida 
mujassam qilgan, Auditorlar palatasida auditorlik kasbiy etikasi bo’yicha 
komissiya qarorlar qabul qilgan. Mazkur Komissiya baholash sifatida ob’ektivlikni 
ta’minlovchi auditorlik kasbi vakillaridan tashkil topadi. 
Shu tarzda Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi auditorlar javobgarligi 
darajasi va sifatsiz ishlar bo’yicha da’volarga barham beradi va auditorlar 
javobgarligi doirasida bahsli masalalarni bartaraf qiladi; zaruriy hollarda intizomiy 
komissiyaga sanktsiya qo’yiladi; Ozarbayjon Respublikasi qonunchilik hujjatlari 
va audit standartlariga muvofiq keluvchi nazorat qilinayotgan va nazorat 
qilinadigan talablarga rioya qilinishiga to’g’ri baho berish; sifat nazorati doirasida 
tekshiruvni ob’ektivligini ta’minlash. 
Auditorlar palatasi o’z vazifalari va majburiyatlarini o’n etti xodimdan va turli 


119 
kasbdagi komissiyadan iborat apparat yordamida bajaradi. Uning tarkibini asosini 
esa asosan auditorlik faoliyati vakillari tashkil etadi. Bugungi kunda Palataga 50 
mustaqil auditor, 36 mahalliy auditorlik tashkiloti, shu bilan birga besh xorijiy 
auditorlik tashkiloti vakili va filiallari kiradi. 
Ozarbayjon Respublikasi auditorlar Palatasi beshta xalqaro va mintaqaviy 
auditorlik tashkiloti (“Evroosiyo” auditorlar va buxgalterlar mintaqaviy 
federatsiyasi, Ukraina; Ichki auditorlar Xalqaro Instituti (IIA), Kvebek, Kanada; 
Auditorlar va Bugalterlar Xalqaro Federatsiyasi (EFAA), Madrid, Ispaniya
Xalqaro auditorlar va buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC); Auditorlar va 
bugalterlarni sertifikatsiyalashtirish Evroosiyo Kengashi, Baku) a’zosi hisoblanadi 
va turli mamlakatlar auditorlik palatasi bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida 15 
memorandum, kelishuv va protokollar imzolandi. 
Shunisi ahamiyatga molikki, Auditorlar palatasi etakchi vazirliklar va davlat 
muassasalari bilan bir qatorda quyidagi davlat dasturlarini bajarishga jalb qilingan: 
-
Korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha davlat dasturi (2004-2006 y.); 
-
Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha davlat dasturi; 
-
Korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha milliy strategiya (2007-2011 y.). 
Auditorlar Palatasi 2007 yilda auditorlik faoliyatini takomillashtirish bilan 
bog’liq ikkita qonunni ishlab chiqdi va qabul qildi: 
-
“Ichki audit to’g’risida qonun”, mazkur qonunning asosiy mazmuni: ichki 
audit tashkilotlari; o’z-o’zini boshqaruvchi ichki audit; auditor huquqi va 
majburiyatlari; ichki audit bilan shug’ullanish; javobgarlik me’yori; davlat 
boshqaruvi va ichki auditorlik faoliyatini muvofiqlashtirish;
-
“Auditorning fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida 
Qonun”, ushbu qonunda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi: auditor fuqarolik 
javobgarligini sug’urta qilinish hollari; auditorning fuqarolik javobgarlikdan ozod 
qilinishi; sug’urta qiluvchi va sug’urta qilinuvchining huquq va majburiyatlari
sug’urta shartnomasi va guvohlik; sug’urta summasini aniqlash, sug’urta to’lovlari 
va badali; sug’urta summasini olish uchun murojaat qilish qoidalari; zararni 
qoplash; sug’urta to’lovini amalga oshirishda rad etish uchun asos; sug’urta 


120 
qilinuvchining imtiyozlari; sug’urta rezervi va qonunni buzganlik uchun 
javobgarlik. 
Mazkur qonunchilik hujjatlari ilg’or jahon amaliyotini hisobga olgan holda 
davlatda ichki auditni tadbiq etishda muhim rol o’ynaydi. Ichki auditorlar 
vazifalariga quyidagilar kiradi: foydalanilgan mulk mablag’larini nazorat qilish; 
shaxsiy chiqimlarga yo’l qo’ymaslik; ma’lumotning ishonchliligini tasdiqlash; 
qaror qabul qilish uchun dasturdan foydalanish; xo’jalik operatsiyalarini to’g’ri 
bajarilishini nazorat qilish; moliyaviy faoliyat samaradorligini tahlil qilish va 
samaradorlikni oshirish bo’yicha takliflar berish; boshqaruv tizimi to’g’risida 
ma’lumotlar sifatini baholash. 
Ichki auditorlar amalga oshiruvchi vazifalar ichida quyidagilar etakchilik 
qiladi:
-
Buxgalteriya va operativ hisob tahlili bo’yicha takliflar tayyorlash; 
-
Tekshiruv ishonchliligi va moliyaviy sifat, ishlab chiqarish ma’lumotlari 
haqida korxona boshqaruvidan (direktorlar kengashi) axborot olish; 
-
Hisobot tuzish va tashkilotlar operatsiyalarini amalga oshirish asosini tashkil 
etuvchi va ularga rioya qiluvchi qo’llanmalar, qonun, rejalar, qoidalar tizimini 
shakllantirishda ishtirok etish; 
-
Tashkilot aktivlarining metodlarga rioya qilinishini tekshirish va zarur 
hollarda ularning mavjudligini tasdiqlash; 
-
Resurslardan foydalanish samaradorligini baholash; 
-
Amalga oshirilayotgan operatsiyalar, dasturlar, maqsadlar va topshiriqlar 
natijasini tekshirish; 
-
Oldin olib borilgan korxonalarni tashqi va ichki auditorlik tekshiruvlari 
jarayonida yuzaga kelgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qabul 
qilinayotgan qarorlar bajarilishini nazorat qilish; 
-
Tashkilotlarda olib boriladigan ichki va tashqi auditorlik tekshiruvi 
materiallari tahlili, tizimlashtirish va umumlashtirish, ularning natijasida 
boshqaruv uchun takliflar tayyorlash. 
Ichki audit xizmati tashkilotini tuzishda ichki audit bo’limi haqida majburiy 


121 
nizom, ichki auditorlarni o’qitish, professional me’yor va standartlarni qabul 
qilishga e’tibor qaratiladi. 
Ozarbayjon Respublikasida auditorlik faoliyatining muntazam rivojlanishi va 
Auditorlik Palatasi qarorlari, topshiriqlarining bajarilishi jiddiyligiga qaramasdan 
bir qancha muammolar kelib chiqmoqda: 
-
majburiy audit sub’ektlarida auditdan bosh torish uchun qonunchilikda ta’sir 
doiraning yo’qligi; 
-
audit sifatini oshirish va auditor kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish 
zarurati; 
-
auditor imidjini oshirish, uning nufuzining jamoatchilik tomonidan tan 
olinishi; 
-
auditorlik xizmati bozorida g’irrom raqobatning mavjudligi. 
Ozarbayjon 
Respublikasi 
auditorlik 
faoliyatining 
bugungi 
kunda 
ahamiyatliligi shundaki, ichki bozorni xorijiy auditorlik tashkilotlari (“Katta 
to’rtlik” filiallari va vakolatxonalari) egallab olgan. 
Sanab o’tilgan muammolarni bartaraf etish uchun Auditorlar palatasi auditni 
isloh qilish kontseptsiyasini qayta ishlab chiqdi. Maqsad aniq yo’nalishlarni 
shakllantirishda, bozor iqtisodiyoti sharoitida tuzilgan audit tizimi va huquqiy-
me’yoriy bazani mukammallashtirish va rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu 
maqsadga erishish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 
-
audit huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish; 
-
jahon tajribasiga mos keluvchi audit tizimini qayta tashkil etish; 
-
xalqaro shaklda audit kadrlarining tayyorlash va kadrlar bilan ta’minlash 
tizimini qayta tashkil etish; 
-
auditorlik xizmati sifatini ko’tarish va ularning ustidan nazoratni 
takomillashtirish; 
-
shu bilan birga davlat organiga vakillik qiladigan va xo’jalik sub’ektlari 
bilan bog’liq audit boshqaruv tizimini qayta tashkil etish. 
Auditorlar Palatasi auditorlik faoliyatini rivojlantirish uchun “Auditorlik 
xizmati to’g’risidagi” Ozarbayjon Respublikasi qonuniga o’zgartirish rejasini 


122 
hukumat ko’rib chiqishi uchun kiritdi. Kiritilayotgan o’zgartirishlar quyidagicha 
bo’lib, auditorlik faoliyati boshqaruviga tegishlidir: 
-
auditorlik tashkiloti boshqaruvchisi faqatgina auditor bo’lishi mumkin; 
-
auditorlik tashkilotida uchta auditordan kam bo’lmagan shtatdan iborat 
bo’lishi kerak; 
-
auditorlik tashkiloti istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilgan bo’lishi 
mumkin, ochiq aktsionerlik jamiyati ko’rinishidagi tashkilot bundan mustasno; 
-
auditorlik tashkiloti davlat tizimi muassasasi bo’lishi mumkin emas. 
Auditor litsenziyasini olish uchun quyidagilar talab qilinadi: 
-
oliy 
iqtisodiy, 
moliyaviy, 
huquqiy 
ma’lumot (yoki Ozarbayjon 
Respublikasida tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi); 
-
mutaxassisligi bo’yicha 5 yillik uzluksiz tajriba, shundan bir yili auditorlik 
xizmati bo’yicha; 
-
boshqa mutaxassislik bo’yicha oliy ma’lumot bilan buxgalteriya hisobi va 
audit sohasida 8 yillik uzluksiz tajriba. 
Auditning to’laqonli rivojlanishini ta’minlashda asosiy omillardan biri, 
xalqaro talablar darajasida faoliyat olib borishga qodir bo’lgan malakali kadrlarni 
tayyorlash va ularning malakasini doimiy oshirib borish hisoblanadi. Bu auditorlar 
Palatasi oldida turgan topshiriqlar oldida ahamiyatsiz emas. 
Mutaxassislar tayyorlash dasturida asosiy e’tibor uchta muhim yo’nalishga 
qaratilgan: Xalqaro tajribani hisobga olgan yangi dastur asosida oliy ta’lim 
muassasasi bazasida oliy ma’lumotli auditor va buxgalter mutaxassislarini 
tayyorlash; auditor bo’lishni xohlovchi oliy ma’lumotli shaxslarni xalqaro tajribani 
o’zida jamlagan maqsadli dastur bo’yicha qisqa muddatda qayta tayyorlash; 
professional auditorlar malakasini muntazam oshirib borish. 
Auditorlar malakasini oshirish va tayyorlash ba’zi bir kechiktirib 
bo’lmaydigan vazifalarni bajarishni talab qiladi. Birinchi navbatda imtihonlarga 
tayyorlov kurslari dasturlari va auditor darajasini olish uchun imtihonlar o’tkazish 
zamonaviy talablarini xalqaro tajribani hisobga olgan holda muntazam 
takomillashtirish kerak. 


123 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin