6.5. Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyati
Qozog’iston Respublikasida auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi 1988
yildan amalga osha boshladi. 1988 yil xo’jalik hisobidagi taftish guruhi tashkil
qilindi. 1992 yilda “Qozog’istonaudit” katta auditorlik mustaqil aktsionerlik
kompaniyasida xo’jalik hisobi markazi qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda
“Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi Auditorlar Palatasining Qozog’iston
Respublikasida auditorlik ishini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, auditorlar
palatasi tuzilishini, uning maqsad va vazifalarini shakllantiradigan, yagona nufuzli
hamkori hisoblanadi. “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi “Auditorlik
faoliyati to’g’risida”gi 1993 yil 18 oktyabrda qabul qilingan qonun loyihasining,
shu bilan birga 1994 yil ro’yxatdan o’tgan Qozog’iston auditorlar palatasi
nizomining asosiy ishlab chiquvchisi va vazirlikda parlament qo’mitasi va
hukumat darajasida muhokama qilish bo’yicha bosh maslahatchi bo’ldi. Mazkur
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qozog’iston Respublikasi qonuni Qozog’iston
Respublikasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni
boshqaradi. Auditor bo’lishga talabgorlar, shu bilan birga Qozog’iston
Respublikasida auditorlik faoliyatini olib borishni xoxlovchilar va chet el
fuqarolarini attestatsiyadan o’tkazish maqsadida Moliya vazirligi qoshida 5 yil
muddatga davlat ishchilari va auditorlar bilan bir xil sonda shakllanadigan malakali
komissiya tashkil qilingan va malakali komissiya to’g’risida Nizom tayyorlangan.
Nizomga muvofiq, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishni xoxlovchi shaxslar
oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lsa, shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy,
hisob-tahlil, nazorat-taftish yoki huquqiy ish tajribasiga ega bo’lsagina, imtihon
topshirishga ruxsat beriladi.
Auditor va auditorlik tashkilotlari davlat organlari va o’zlarining
buyurtmachilaridan mustaqil, shuning uchun auditorlar davlat organlari va jamoat
tashkilotlari xizmatida bo’lmaydilar, ilmiy va ta’lim sohasida faoliyat olib
borayotgan shaxslar bundan mustasno.
Auditorlar yordami bilan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun
124
moddalarini amalga oshirishni tartibga keltirish yo’lida “Auditorlar va
buyurtmachilar o’rtasidagi munozaralarni hal etish to’g’risida” Nizom tayyorlandi.
1996 yil 29-31 oktyabr kunlarida uch kunlik auditorlar o’qishi bo’lib o’tdi va
bunda ularning barchasi Qozog’iston Respublikasi auditor qasamyodini qabul
qildilar. Maxsus mashg’ulotlar va qo’shimcha imtihon topshirish bo’yicha o’quv
kursidan so’ng 15 ta auditor va 3 ta auditorlik tashkiloti, shu bilan birga
“Qozog’istonaudit” AT Respublika Milliy Bankining bank auditi faoliyatini
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini oldilar.
Auditorlik xizmatidagi mavjud vaziyatida auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga litsenziya berish qarorini qabul qilish jarayoni va Moliya vazirligi auditi
va buxgalteriya hisobi bo’yicha Milliy Komissiyaning shakllanishiga ta’sir
ko’rsatdi. Hukumat audit bo’yicha litsenziya beruvchi tashkilot sifatida
buxgalteriya hisobi bo’yicha milliy komissiyasini belgilab qo’ydi. Qabul qilingan
birinchi 20 ta buxgalter standartlari auditorlar tayyorlash bo’yicha o’quv kursi
rejasiga, universitet va institut “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” kafedralari o’quv
dasturlariga tegishli o’zgartirishlar kiritdi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha
Qozog’iston Respublikasi Milliy Komissiyasi auditning asosiy tashkilotchisi bo’lib
kelmoqda. Komissiya Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyatining keyingi
rivojlanish yo’lida hali mavjud bo’lmagan audit standartlari va me’yorlarini
tasdiqlashi lozim.
Qozog’iston auditida dolzarbligicha qolib ketayotgan muammolar to’g’risida
yuqori darajada xalqaro talablarga javob beradigan sifatli darsliklar tayyorlash,
o’quv bazasini tuzishni o’z zimmasiga oladi.
1997 yildan boshlab Respublika auditorlar palatasining yilning har choragida
axborot jurnali nashr qilinmoqda.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi Qozog’istonda
auditorlik ishi rivojlanishi istiqbolini belgilab berdi va yirik xalqaro auditorlik
kompaniyalarning respublikaga jalb qilinishiga imkon yaratdi.
Qozog’iston Respublikasida eng yirik auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda
belgilangan tajribalarni jamlovchi 40 ga yaqin filialari va auditorlik tashkilotlari
125
bo’lgan “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi hisoblanadi. Buyurtmachilar
xizmati portfelida keng va doimiy mijozlar doirasiga ega. Kompaniya va uning
tashkilotlari faqatgina auditorlik tekshiruvlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga imkon
beruvchi, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlil va taftish qilishga, to’lovga
qodirlikni baholash, korxona va banklarni tugatishga asos bo’luvchi mustahkam
me’yoriy bazaga ega bo’lib qolmasdan, huquqiy, auditorlik faoliyati, mulkni
baholash, xususiylashtirish, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat tahlili, moliyaviy
hisobot, buxgalteriya hisobi bo’yicha barcha masalalar va boshqa moliyaviy-
huquqiy masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Barcha auditorlik tashkilotlari yuridik shaxslar hisoblanadi, mahalliy
ma’muriyatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida davlat ro’yxatidan o’tadi,
Qozog’iston Respublikasi auditorlar palatasiga kiradi. Auditorlar palatasi oliy
organi – Palata Kengashi hisoblanib, umumiy a’zolarning 50 % ini tashkil qilgan
kompaniya va uning auditorlik tashkilotlarining 14 vakillaridan tashkil topgan.
Amalga oshirilgan eng muhim ishlardan, auditorlar palatasining respublika
barcha viloyatlarida hududiy filiallarining tashkil qilinishi, Milliy komissiya bilan
qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’zaro faoliyatni kengaytirish, Davlat Soliq qo’mitasi
va Moliya vazirligi qoshida valyuta-moliya qo’mitasi nazorati tashkil qilinishi,
Davlat boshqaruvining boshqa organlariing tashkil qilinishi bo’ldi. Auditorlik
tekshiruvi o’tkazish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va uslubiy yordam
ko’rsatish uchun auditorlar Palatasi Kengashi qoshida uchta doimiy qo’mita
shakllantirildi: a) auditorlik faoliyatini metodik ta’minlash bo’yicha; b) auditorlar
etikasi va huquqiy masalalar bo’yicha; v) Qozog’iston audit standartlarini joriy
qilish va qayta ishlash bo’yicha.
Auditorlar Palatasi auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar malakasini
oshirishga jiddiy e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Auditor xo’jalik faoliyatining
barcha yo’nalishlarida tezkor hal qilishni talab qiladigan masalalar bilan to’qnash
kelmoqda. O’z vaqtida va tegishli talablarga muvofiq ularga javob berish uchun,
xo’jalik ishlarini tushunish, moliyaviy qonunchilik va unda yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan ziddiyatlarini bilish o’z xulosalarini dalillar asosida isbotlab bera olish
126
kerak. Korxona amaliyoti doirasida auditorga moliyaviy nazoratchi sifatida emas,
balki korxona moliyaviy boshqaruvi bo’yicha maslahatchi, konsultant deb qarash
kerak. Faqatgina korxonaning barqaror moliyaviy holatida emas, balki, bankrotlik
chegarasida keskin vaziyatda turganda ko’makchi sifatida qarash kerak. Shuning
uchun auditorlar bilan ishlashda quyidagi yo’nalishlar ustunlik qilishi kerak:
a) amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni izohlash;
b) moliyaviy va huquqiy konsultatsiya berish;
c) biznes reja va investitsiya dasturlari, moliya menejmenti, valyuta
muomalalari va tashqi savdo hisobi bo’yicha uslubiy takliflarni qayta ishlash;
g) auditorlik tekshiruviga kirishish jarayonida paydo bo’luvchi aniq xo’jalik
vaziyatidagi ish yuzasidan munozaralar.
1995 yilda Qozog’iston audit standartlari va Qozog’iston Respublikasi
auditorlar etikasi kodeksi qabul qilindi va 1996 yildan amalda qo’llana boshladi.
Audit bo’yicha standartlar va auditorlar etikasi kodeksi “Auditorlik faoliyati
to’g’risida” Qozog’iston Respublikasi qonuniga muvofiq Qozog’iston
Respublikasi hududida barcha auditorlar va auditorlik tashkilotlari bajarishi uchun
majburiy va me’yoriy hujjat sifatida kuchga ega.
Auditorlik tashkilotlarining qisqa vaqt davomida faoliyat olib borishiga
qaramay auditorlik tashkilotlarining asosiy yo’nalishlarini va ularning turli xildagi
tashkilotlar bilan faoliyat olib borishi ma’lum. Buyurtma tartibini tahlil qilishda
auditorlik tekshiruvlarini olib borish shuni ko’rsatadiki, unda bir qancha ustunliklar
mavjud:
- moliyaviy-xo’jalik hisoboti va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq to’g’ri
hisoblanganligi va to’langanligini tekshirish;
- ko’chmas mulkning baholanishi va intellektual faoliyat olib borish,
aktsioner jamiyatlarning va boshqa xo’jalik birlashmalarini hissasi ustav kapitaliga
kiritilishi;
- balans tasdiqlanishi va soliq deklaratsiyalarini tuzish.
Auditorlik tashkilotlarida rivojlangan va keng tarqalgan faoliyat turi bu
boshqaruv funktsiyalarini bajarish hisoblanadi (buxgalteriya balansi tuzish, hisobot
127
olib borish va h.k.).
Auditorlik tashkilotlarining yana bir keng tarqalgan va hozirgi kunda dolzarb
bo’lgan funktsiyalaridan biri ekspert-analitik xizmatidir. Xo’jalik tashkilotlarining
mustaqilligi sharoiti kengayishida va ularning moliyaviy ko’rsatkichlariga bo’lgan
qiziqishning ortib borishi umumiy tahlil, rivojlanish yo’nalishi samaradorligiga
e’tiborni oshirdi.
Yana bir muhim va keng tarqalgan auditorlik tashkilotlari yo’nalishlaridan
biri bu boshqaruv kadrlariga boshqaruvning yangi uslublarini o’rgatish va
qo’llashda yordam berish (masalan, kompyuterda hisobot olib borish, zamonaviy
axborot tizimlari bilan ishlash va h.k.)
Tashkilotni rivojlanish yo’nalishini tanlashda auditorlardan shu tashkilot
rivojlanish tahlilini diagnostika qilish va tashkilot o’sishidagi birinchi olib
boriladigan tadbirlarni ishlab chiqish talab qilinadi. Agarda asosiy ishni shu
tashkilot xodimlari bajaradigan bo’lsa, auditorlik firmasi bu erda ekspert sifatida
ishtirok etadi, agar tashkilot bunday xodimlarga ega bo’lmasa, unda firma
to’g’ridan-to’g’ri rivojlanish dasturini tuzishga kirishadi.
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi va takomillashishi sayin auditorlik faoliyati
xizmatlariga talab o’sib boradi. Qozog’istonda audit ko’rsatkichi yuqori bo’lishi va
jahon standartlariga javob berishi uchun XASni qo’llab, o’zlarining standartlarini
ishlab chiqishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |