234
С. Sud da’volari va choralarini aniqlash, baho berish va hisobga olish bo’yicha
qabul qilingan siyosat va muolajalar to’g’risida rahbariyat bilan suxbat o’tkazish
D. Faoliyat qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid sub’ektning
siyosati va muolajalari to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish
Tayanch tushunchalar
Moliyaviy
hisobot auditining maqsadi, auditorning mijoz oldidagi xat-
majburiyati, oferta, tekshirish o’tkazishda shartnoma, biznesni bilish,
auditning
ishchi hujjatlari, aldash va xato, auditor ishi sifati.
235
X
BOB. AUDITNING ISHCHI STANDARTLARI
10.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
Auditorlik
tekshiruvi
davomida
auditor
chiqaradigan
qarorlarining
asoslanganligini ko’rsatish uchun dalil yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va
tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib
xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi.
Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy
foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati
uchun ham juda zarur
hisoblanadi.
Korxona rahbariyati uchun axborotlar tarkibi mansabdor shaxslarning
bajaradigan funktsiyalariga qarab aniqlanadi. Masalan, korxona mulkdorlari,
ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag’larning miqdori hamda likvidligi,
soliqqa oid munosabatlar,
foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi
kabi ma’-lumotlar zarur bo’ladi.
Menejerlar uchun esa asosan foydaning miqdori va me’yori, tannarx hamda
rentabellik, korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi ma’lumotlar zarur.
Bevosita korxonadan moliyaviy manfaat mavjud tomonlarga auditorlik
xulosasi bilan tasdiqlangan tashkilotning moliyaviy
hisoboti ishonchli
ma’lumotlari taqdim etiladi.
Boshqa tashqi foydalanuvchilarga soliq to’lovlari, byudjetdan tashqari
fondlarga ajratmalar xususidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi mumkin.
Barcha tomonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirish maqsadida auditor
korxona moliya-xo’jalik faoliyatini, uning moliyaviy hisobotini tekshiradi. Bunday
vaziyatda auditordan auditorlik dalillari va isbotlarini olish talab etiladi.
Auditorlik
tekshiruvi
davomida
yig’iladigan hujjatlarning miqdori
cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib,
buxgalteriya
hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil
holda belgilaydi.
Auditorlik dalillari, agarda hujjatlar va aktivlar,
xususiy kapital va
majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi.