Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Bosh auditor quyidagilardan qaysi biri uchun ma’suldir?



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

16. Bosh auditor quyidagilardan qaysi biri uchun ma’suldir?
А. Auditorlik jarayoni natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va 
hujjatlashtirish 
B. Auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari 
to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish 
С. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib 
borish 
D. Auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan 
mutaxassislar guruhini tuzadi 
17. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib 
chiqish qaysi XAS bilan tartibga solinadi?
А. 250-XAS
B. 220-XAS 
С. 530-XAS 
D. 630-XAS 
18. Qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’g’risida umumiy tushuncha olish 
uchun, odatda, auditordan quyidagilar talab qilinmaydi?
А. Kassani tekshirish
B. Sub’ekt faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan qonunlar va 
me’yoriy hujjatlar to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish 


234 
С. Sud da’volari va choralarini aniqlash, baho berish va hisobga olish bo’yicha 
qabul qilingan siyosat va muolajalar to’g’risida rahbariyat bilan suxbat o’tkazish 
D. Faoliyat qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid sub’ektning 
siyosati va muolajalari to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish
 
Tayanch tushunchalar 
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi, auditorning mijoz oldidagi xat-
majburiyati, oferta, tekshirish o’tkazishda shartnoma, biznesni bilish, auditning 
ishchi hujjatlari, aldash va xato, auditor ishi sifati.


235 
X
 BOB. AUDITNING ISHCHI STANDARTLARI 
10.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari 
Auditorlik 
tekshiruvi 
davomida 
auditor 
chiqaradigan 
qarorlarining 
asoslanganligini ko’rsatish uchun dalil yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va 
tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi.
Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy 
foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur 
hisoblanadi. 
Korxona rahbariyati uchun axborotlar tarkibi mansabdor shaxslarning 
bajaradigan funktsiyalariga qarab aniqlanadi. Masalan, korxona mulkdorlari, 
ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag’larning miqdori hamda likvidligi, 
soliqqa oid munosabatlar, foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi 
kabi ma’-lumotlar zarur bo’ladi. 
Menejerlar uchun esa asosan foydaning miqdori va me’yori, tannarx hamda 
rentabellik, korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi ma’lumotlar zarur. 
Bevosita korxonadan moliyaviy manfaat mavjud tomonlarga auditorlik 
xulosasi bilan tasdiqlangan tashkilotning moliyaviy hisoboti ishonchli 
ma’lumotlari taqdim etiladi. 
Boshqa tashqi foydalanuvchilarga soliq to’lovlari, byudjetdan tashqari 
fondlarga ajratmalar xususidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi mumkin. 
Barcha tomonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirish maqsadida auditor 
korxona moliya-xo’jalik faoliyatini, uning moliyaviy hisobotini tekshiradi. Bunday 
vaziyatda auditordan auditorlik dalillari va isbotlarini olish talab etiladi. 
Auditorlik 
tekshiruvi 
davomida 
yig’iladigan hujjatlarning miqdori 
cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib, buxgalteriya 
hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil 
holda belgilaydi. 
Auditorlik dalillari, agarda hujjatlar va aktivlar, xususiy kapital va 
majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi.


236 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin