Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik
balansning yoxud operatsiyalar 
kategoriyasini moddiy xarakterga ega bo’lishi mumkin bo’lgan buzib ko’rsatishga 
moyilligidadir. Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilikni baholash auditor tomonidan 
mijoz faoliyatining xususiyatlarini bilishi, uning tashkiliy tuzilishi hamda ushbu 
tavakkalchilik korxonani boshqarishning ta’riflarida asoslanadi. Auditning 
umumiy rejasini tuzish vaqtida auditor balansning moddalari hamda moliyaviy 
hisobotning ko’rsatkichlariga nisbatan mavjud bo’lgan ajratilmas tavakkalchilikni 
o’zining professional xususiyatlaridan foydalanib baholashi lozim. Ajratib 
bo’lmaydigan tavakkalchilikni baholash vaqtida auditor oldingi yillarning 
ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin, bunda u mazkur tavakkalchilikning 
baholari tekshirilayotgan yil uchun ham haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilikka quyidagi omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin: 
– murakkab hisoblashlarning oddiylariga qaraganda buzib ko’rsatilish 
ehtimoli ko’proq; 
– smetadagi taxminlardan kelib chiqadigan summalardan iborat bo’lgan 
schetlar nisbatan o’rnashgan haqiqatdagi ma’lumotlardan kattaroq bo’lgan 
darajasini tashkil qiladi; 
– texnologik yutuqlar har qanday aniq mahsulotni eskirganga chiqarishi 
hamda zahiralarni sezilarli darajada o’sib borishining sababi bo’lishi mumkin; 
inqirozga uchragan, biznesda muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan hamda 
etarli darajada aylanma kapitaliga ega bo’lmagan kompaniyaning rahbariyati 
moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatilishiga yo’l qo’yadi. 
Nazorat tavakkalchilik
– bu xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo’lgan 
hamda doimiy ravishda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobotining tizimlari hamda 
ichki nazorat tizimlari alohida yoki birgalikda olinganida muhim bo’lgan buzib 


262 
ko’rsatishlarni o’z vaqtida aniqlash hamda to’g’rilashni amalga oshirmasligi va 
bunday buzilishlar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilishining ehtimolidir. 
Nazorat tavakkalchilik buxgalteriya hisobi tizimining hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimining ishonch-liligi darajasini ta’riflaydi. 
Auditor o’zining professional xususiyatlaridan foydalanib, audit jarayonida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning nazorat tizimining nazorat muhitini hamda 
nazoratni alohida vositalarini baholashi lozim. 
Nazorat vositalari tavakkalchiligini baholash maqsadida auditor nazorat 
vositalarini testdan o’tkazishi lozim. 
Nazorat vositalarini testdan o’tkazish tartibi.quyidagicha bo’ladi: 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin