267
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt
tomonidan
moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llanila-digan o’ziga xos qoidalar va
amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan
taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Auditor korxonada hisob yuritish siyosatining to’g’ri tanlanganligi hamda
unga to’g’ri rioya qilinayotganligiga
ahamiyat bera turib, quyidagilarga alohida
e’tiborni qaratadi:
– dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish talablari;
– asosiy vositalar va ular bo’yicha amortizatsiya hisoblash tartibi;
– tovar-moddiy boyliklarni baholash tartibi;
– nomoddiy aktivlarning baholanishi va eskirishi hisobi;
– bilvosita xarajatlarning xarajat ob’ektlari, mahsulot turlari bo’yicha
taqsimlash variantlari;
– kelgusi davr xarajatlarining hisobi hamda ularning xarajatlarga taqsimlanish
tartibi;
– sotish muomalalarini hisobga olish tartibi;
– kelgusi davr xarajatlarini tashkil etish tartibi;
– foydaning shakllanishi va taqsimlanishi tartibi;
– kelgusi davr daromadlarining hisobda to’g’ri aks ettirish tartibi;
– bank kreditlari va qarzlarni baholash va hisobga olish tartibi;
– inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish tartibi;
– ichki hisobotlarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan qoidalar korxonaning hisob siyosatida albatta
belgilanishi va unga qat’iy rioya qilinishi lozim. Ularga
rioya qilmaslik muayyan
darajadagi xatolarning borligi ehtimolini kuchaytiradi hamda buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirishga olib keladi.
Auditor korxonada buxgalteriya hisobi holatini to’liq o’rganib chiqib, o’zi
uchun kerakli xulosalarga keladi. Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini
268
baholash natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar hamda loyihalar ko’rinishida
rasmiylashtiriladi.
Ichki nazorat tizimiga baho berishda auditorning ichki nazorat bo’limining
qanday shaklda tashkil qilinganligi hamda uning korxona
boshqaruvidagi roliga
alohida ahamiyat beriladi. Agarda korxonada ichki nazorat bo’limi taftish
komissiyasi shaklida tashkil qilingan bo’lsa, u erdagi nazorat ishlari unchalik ham
yaxshi darajada emasligini bildiradi. Ma’lumki, taftish ko’rinishida tashkil qilingan
ichki nazorat tuzilishi ancha eski usul hisoblanadi hamda bu usul korxona
rahbariyatiga har jiyohatdan bog’liq bo’lganligi tufayli ko’pincha ma’lumotlar real
vaziyatni ifoda etmasligi mumkin. Ichki nazorat bo’limining
ichki audit shaklida
tuzilishi birmuncha ijobiydir. Chunki ichki audit boshqaruv apparatining maxsus
bo’li-mi bo’lib, aynan mulkdorlarning manfaatlari nuqtai nazaridan korxona
faroliyati samaradorligini oshirish maqsadida tuziladi.
Ichki nazorat tizimi uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi:
Ushbu uchchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda
axborotlardagi jiddiy
xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatini baholashda taftish komissiyasi yoki
ichki audit bo’limi tomonidan rejalarning to’g’ri belgilanganligini hamda uni o’z
vaqtida va to’g’ri bajarilayotganligini, tekshirish
jarayonida qanday taomillar
qo’llanilganligi hamda ulardan qaysilari samaraliroq ekanligini, ichki nazorat
bo’limining ma’lumotlariga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi.
Auditor ichki nazorat bo’limi faoliyatini o’rganishda ularga yaratilgan barcha
shart-sharoitlar: alohida xona berilganligi, ichki nazorat bo’limi xodimlarining ish
Dostları ilə paylaş: