Ichki nazorat tizimi tuzilmasi Nazorat muhiti - korxonada
ichki nazorat uchun qulay
bo’lgan o’zaro xizmat
munosabatlarini aniqlaydigan
belgilar yig’indisidir
Korxonadagi buxgalteriya hisobi tizimi - tegishli
xo’jalik muomalalarini
yozishga taalluqli hisob
siyosati va amallardir
Nazorat amallari - korxona
xodimlari tomonidan
bajariladigan maxsus
tekshiruvlar
269
haqi bilan o’z vaqtida ta’min-lanishi, xodimlarning malakasi oshirilayotganligi,
buxgalteriya hisobida amalga oshirilayotgan muomalalarni tekshirishga huquqi
borligini, ta’sischilar umumiy yig’ilishining qarorlari, buyruqlari bilan
tanishayotganligi va boshqa sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
Agarda yuqorida sanab o’tilgan shart-sharoitlar ichki nazorat tizimiga to’liq
yaratib berilgan hamda ushbu bo’lim xodimlari o’z vazifalarini sidqidildan
bajarayotgan bo’lsa, u holda auditor ichki nazorat tizimining faoliyatini ishonchli
deb topadi hamda tekshirish muddati va unga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi.
Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatiga baho berishda muayyan usullarni
qo’llaydi. Bu usullar auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Eng ko’p
uchraydigan tekshirish usuli test hisoblanadi. Odatda, test usuli tanlab tekshirish
asosida amalga oshiriladi.
Mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini ishonchli deb
topish uchun uning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1.
Haqqoniylik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar haqiqatda
bo’lgan hamda ular o’z vaqtida hujjatlarda rasmiy-lashtirilganligini anglatadi.
2.
To’liqlik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar buxgalteriya
hisobida bekamu ko’st, to’lig’icha aks ettirilganligini ifodalaydi.
3.
Ruxsat.
4.
Aniqlik. Bu talab hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi
summalarning aniq hisoblanganligini anglatadi.
5.
Tasniflash. Bu talab barcha muomalarning hisobvaraqlarda to’g’ri, mos
ravishda aks ettirilganligini anglatadi.
6.
Hisob. Bu talab muomalalarga mos keluvchi barcha hisob jarayoni
tugallanganligini hamda u umumqabul qilingan standartlarga mos kelishini
ifodalaydi.
7.
Davriylik. Bu talab muomalalar qaysi davrda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha
davrda rasmiylashtirilishini anglatadi.
270
Yuqorida sanab o’tilgan talablarga javob berish auditorlarning mijoz
korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining to’g’ri
baholashiga yordam beradi.