Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida audit



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

10.6. Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida audit 
Auditorlik tashkilotlarida audit ishlarining samaradorligini oshirish hamda 
vaqtni tejash maqsadida axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Ushbu 
shaklning bir qancha afzalliklari mavjud: 
– buxgalteriya hisobi hujjatlari va auditning ishchi hujjatlaridagi 
ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtiradi; 
– iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo’lgan xodimlar sonini 
qisqartiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi; 
– audit ishlarida aniqlik va izchillikni ta’minlaydi; 
– audit ishlarini yuritish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi. 
Elektron hisoblash mashinalari hozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga 
oshirishda qo’llanilishi bilan birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta 
ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuzish, hisobot shakllarini to’ldirish, 
auditorlik ishchi hujjatlarini yuritish, auditorlik xulosalari va hisobotlarini 
to’lg’azish va boshqa bir qancha ishlarni bajarishda keng qo’llanilmoqda. 
Amaliyotda kompyuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobi va auditni 
tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltirdi.
Hozirgi bosqichda audit vazifalarini axborot texnologiyasi asosida 
markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta’minlaydi: 
– foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda 
vazifalarni echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
– auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda 
ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini 
shakllantirish; 
– hisoblash texnikasida bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini 
ko’paytirish; 


271 
– auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasini yaratish; 
– qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish hujjatlarni yig’ish hamda ro’yxatga olish 
bo’yicha operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi; 
– audit vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash; 
– dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni 
tashkil etish imkoniyati. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida auditni yuritish tartibi 
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» nomli 401-son XASda belgilab 
qo’yilgan.
Auditor rejalashtirish, tahlil qilish, nazorat qilish va natijada iqtisodiy axborot 
avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektda 
bajarilgan 
ishlar 
bo’yicha ma’lumot va xulosalar tayyorlashi uchun 
ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi bo’yicha etarli ma’lumotga ega bo’lishi 
lozim. 
Bunda auditor quyidagilarni bilishi kerak: 
– ma’lumotlarning kompyuter ishlovi vositalari ta’sir etadigan barcha muhim 
jarayonlarda hisob-kitob tizimi va ichki nazoratni etarli darajada tushunish; 
– tavakkalchilikni baholashga ma’lumotlarning kompyuter ishlovi 
vositalarining ta’siri samarasini aniqlash; 
– boshqaruv testlari va xolis jarayonlari loyihalarini tayyorlash va bajarish; 
Auditorlik tashkiloti ma’lumotlarning kompyuter ishlovining eng ko’p 
tarqalgan tizimilari kutubxonasiga ega bo’lishi va ularni amalda qo’llash 
xususiyatlarini o’rganishga harakat qilishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti kompyuter vositalaridan foydalanganda mijozlarning 
doimiy ma’lumotlarini saqlash uchun fayllar ochadi. Fayllarga asosan auditorning 
ishchi hujjatlari ma’lumotlari kiritiladi. Ishchi hujjatlarning muhimligi ulardagi 
ma’lumotlarning ham muhimligini nazarda tutadi. Agar auditor o’z ishchi 
hujjatlarida zarur hajmdagi ma’lumotlar va dalillarni keltirmasa yoki buxgalteriya 
hisobi, ichki nazoratning ahvoli va hokazo haqida ahamiyatli ma’lumotlar bermasa, 


272 
natijada auditorlik xulosasi ham asoslanmagan yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. 
Demak, asoslangan va to’g’ri auditorlik xulosasini olish uchun talabga javob 
beradigan mazmundagi ishchi hujjatlarni ishlab chiqish lozim. 
Mijoz bilan imzolangan birinchi shartnomadagi tarixiy yoki asosiy 
yangilanadigan hamda joriy va kelgusi auditorlik ekspertizasi va tekshiruvlarga 
aloqador bo’lgan axborotlar doimiy fayllarda saqlanadi. Tajribadan ma’lumki, 
bunday fayllar mijoz haqidagi qulay manba rolini o’taydi va ularning ma’lumotlari 
uzoq vaqt o’z qiymatini yo’qotmaydi. Doimiy fayllarga kiritiladigan 
axborotlarning ko’pincha qat’iy belgilangan chegaralari mavjud: mijozning 
qisqacha tarixi, faoliyat turi, kompaniyaning ta’sis hujjatlari, shartnomalari va 
bitimlaridan ko’chirmalar yoki ularning nus-xalari, direktor va menejment; hisob 
yuritish siyosati; aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bayoni, 
oldingi tekshiruv-lar, tahlil ma’lumotlari va hokazolar. 
Tekshirilayotgan davrga taalluqli ishchi hujjatlar fayllarda saqlanadi. Odatda, 
joriy fayllar to’plamiga auditni tashkil qilish mexanizmi va dasturi, direktorlar 
kengashi majlislari bayonnomalarining qisqacha mazmuni; tovar etkazib 
beruvchilar va mijozlar bilan bo’lgan munozaralar haqidagi mulohazalar; 
tekshirilishi lozim bo’lgan va audit dasturidan kelib chiqadigan bevosita masalalar; 
har qaysi masala bo’yicha tekshiruvlar uslublari, usullari va natijalarining muxtasar 
bayoni kiritiladi. 
Har gal mijoz bilan shartnoma imzolanayotganda auditorlik firmasi ishlarni 
tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqadi; buning uchun buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy menejmentning hajmi hamda ahvoli, mijozning ichki nazorat tizimi; 
jiddiy e’tibor talab qilinadigan sohalar baholanadi; hisobot davrida yuz bergan
muhim o’zgarishlar ko’rib chiqiladi; audit yoki boshqa xizmatlar dasturi tuziladi; 
auditorlik firmasining xarajatlari baholanadi va uning asosida xizmatlar uchun haq 
miqdori aniqlanadi; shartnoma bo’yicha bevosita ishlarni bajaradigan auditorlar 
tayinlanadi. 
Yirik auditorlik firmalarida mijozlarning moliyaviy ahvolini tekshirishni 
tashkil qilish masalalari bilan tarmoqlar va faoliyat turiga qarab, shu tarmoqlarning 


273 
birortasiga ixtisoslashgan alohida menejerlar shug’ullanadi. O’tgan yilgi doimiy va 
ishchi fayllari bor doimiy mijozlar bilan shartnoma tuziladigan bo’lsa, shartnoma 
tuzish uchun mijozdan hisobot davrida yuz bergan o’z-garishlar haqida 
ma’lumotlar so’raladi. Agar mijoz yangi bo’lsa, menejer bo’lajak mijozning 
ishxonasiga borib, buxgalteriya hisobi hajmi va ahvolini? ichki nazoratning 
samaradorligini, moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga 
mosligini ekspertiza qiladi. Ekspertiza natijalariga ko’ra mijozning ishlab 
chiqarish-tijorat faoliyatiga audit tayinlanadi yoki unga hisobga olish 
ma’lumotlariga o’zgartishlar kiritish va buxgalteriya hisobi ahvolini talab 
qilinadigan darajaga etkazish tavsiya etiladi. 
Ko’rsatilgan bilimlar auditorda bo’lmagan holda axborot texnologiyasi 
sohasida 
ekspert 
xizmatidan 
foydalanishi 
lozim. 
Qo’llanilayotganda 
ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini baholash uchun ekspert xizmatidan 
foydalanilganda, ekspertni tayinlash va ekspert xizmatidan foydalanish bilan 
bog’liq bo’lgan boshqa jarayonlar «Ekspertning xizmatidan foydalanish» nomli 
auditning milliy andozasi shartlariga to’liq mos kelishi kerak. 
Tekshirish o’tkazishda ekspert auditorga quyidagilarda yordam beradi: 
– ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimining ishonchlili-gini umumiy 
baholashda; 
– tekshiriladigan xo’jalik sub’ektida ma’lumotlarning kom-pyuter ishlovi 
tizimida mavjud bo’lgan buxgalteriya dasturiy ta’minotni sotib olinishi va ruxsat 
olinganligi qonuniyligini baholashda; 
– hisoblar algoritmini tekshirishda; 
– kompyuterda auditorga zarur bo’lgan analitik, sintetik hisob va hisobot 
registrlarini shakllantirishda. 
«Auditni rejalashtirish» nomli 300-son auditning xalqaro standartiga muvofiq. 
audit umumiy rejasini tuzishda rejalashtirishning har bir bosqichi, axborot 
texnologiyalari va ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan audit jarayoniga ta’sirini hisobga olgan holda 


274 
aniqlashi kerak. Hisob-kitob axboroti ishlovini avtomatlashtirish darajasi audit 
ishlarining hajmi va xarakterini aniqlashda hisobga olinishi zarur. 
Auditni rejalashtirish bo’yicha hujjatlarda quyidagi muomalalar aks ettiriladi: 
– audit jarayonini ma’lumotlarning kompyuter ishlovidan foydalanib bajarish 
xarakteri (ma’lumotlarning kompyuter ishlovida bosishga tayyorlangan hujjatlarni 
chiqarish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitida 
ishlash); 
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning kompyuter tizimini o’rganish, baholash 
uchun qo’yilgan masalalarni bayon qilish uchun mustaqil ekspert jalb qilish; 
– audit tekshiruvi boshlanish sanasi auditorga xo’jalik sub’ekti bilan audit 
o’tkazishga tuzilgan shartnomada kelishilgan ko’rinishda axborot taqdim etilgan 
sanaga mos kelishi kerak. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobini ma’lumotlarning 
kompyuter ishlovi muhitida tashkil etish auditorning kasbiy tavakkalchiligiga ta’sir 
qiladi. 
Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda ortadi: 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin