Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

AT=ABT*NT*AnT 
Bu erda: 
AT – auditorlik tavakkalchiligi; 
ABT – ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik; 
NT – nazorat tavakkalchiligi; 
AnT – aniqlanmaslik tavakkalchiligi. 
Ushbu formula auditorlik tavakkalchiligi darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
Misol. Auditor auditni rejalashtirish davrida ajratib bo’lmaydigan 
tavakkalchiligini 70%, ichki nazorat tavakkalchiligini 40%, aniqlanmaslik 
tavakkalchiligini 12% qilib belgiladi. Shunda auditorlik tavakkalchiligi 3,36% 
ga(0,7*0,4*0,12) teng ekanligi aniqlandi. 
Ko’pgina xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, agarda tavakkalchilik 
5%dan oshmasa, uni qabul qilsa bo’ladigan tavakkalchilik deb e’tirof etadilar. 
Ammo auditor tavakkalchilik darajasining me’yorini ko’pgina omillarni inobatga 
olgan holda mustaqil o’rnatadi. 
 
10.5. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash 
Auditor ishi sifatining yaxshi bo’lishi, tekshiruv muddati va audit 
xarajatlarining kamayshi, avvalo, mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda 
ichki nazorat tizimining samarali ishlashiga bog’liq. Auditorlik tekshiruvi 
o’tkazilishida, odatda, mijoz kor-xonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 


265 
tizimiga baho beriladi. Korxonaning hisob tizimining samaradorligi unda 
buxgalteriya hisobi tamoyillarining qay darajada amal qilishiga bog’liqdir.
Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya 
hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.
Auditor buxgalteriya hisobi tizimini baholashda yuqorida ko’rsatilgan 
tamoyillarga korxona qanchalik darajada amal qilayotganligini sinchiklab 
tekshirishi lozim. Bevosita ana shu tamoyillarga qay darajada amal 
qilinayotganligini aniqlash orqali auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki 
nazorat tizimiga baho beradi. Bu orqali moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining 
ishonchli-giga shubha tug’diruvchi xatolarning vujudga kelish ehtimolini 
aniqlashga yordam beradi. Bunday baholash orqali auditorlik tek-shiruvining 
muddati, hajmi va ko’lami aniqlanadi.
Ma’lumki, muayyan korxonaning buxgalteriya bo’limining tuzilishi va ish 
hajmi ana shu korxonaning faoliyat turi, undagi alohida bo’linmalarning faoliyati 
hamda hisob ishlarining avtomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq. Bunga bog’liq 
ravishda buxgalteriya xodimlari tarkibi va miqdori, buxgalteriya hisobining 
markazlashishi yoki markazlashmasligi belgilanadi. Har bir buxgalteriya xodimiga 
muayyan turdagi vazifalar yuklanadi. Buxgalteriya xodimlari o’rtasida 
mansablarning belgilab berilishi korxona mablag’larining o’g’irlanishi va boshqa 
har xil suiiste’mollik holatlari bo’lishini ham mumkin. 
Auditor bunda, avvalo, buxgalteriya hisobining qay darajada tashkil 
etilganligini, buxgalteriya xizmatlarining qanday taqsimlanganligini hamda hisob 
tizimining korxona boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etishini sinchiklab 
tekshirishi lozim.
Auditor 
buxgalteriya 
hisobi 
tizimi 
samaradorligini 
baholayotganda 
hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi hamda ularning boshqaruv 
markazlariga o’z vaqtida taqdim qilinayotganligiga e’tibor qaratishi lozim. Bu 
jarayonda auditor buxgalteriya xodimlari hamda hujjatlarga imzo chekuvchi 
boshqa shaxslar (ombor mudiri, kassir va hokazo)ning hujjatlarni o’z vaqtida va 
to’g’ri rasmiylashtirayotganligini tekshiradi.


266 
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining samaradorligi, avvalo, 
ularda boshlang’ich hisobning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq. Boshlang’ich 
hisob korxonada sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirishni 
hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi 
hujjatlar to’l-dirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini, tegishli 
rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda 
hujjatlarni to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari 
uchrab turadi. Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu 
boisdan har bir korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi, 
shuningdek, buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim. 
Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z 
vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday 
paytda hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim. 
Hujjatlar aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda 
buxgalteriya hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi. 
Auditor korxonaning hisob tizimiga baho berayotganida nafaqat uning 
boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda 
Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh 
daftarning yuriti-shiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi 
shakli amal qilayotganligini aniqlaydi. 
Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu korxonada hi-sobvaraqlar 
rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.
Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob 
siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri amal qilinayotganligiga 
alohida ahamiyat qaratadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin