Bisektor tekisligi xususiyatlaridan foydalanib grafik masalalar yechish.To’g’ri burchakning proyeksiyasini o’ziga xos jihatlari
. Kirish.
. Prоyeksiyalash usullari.
. Markaziy prоyeksiyalash.
. Parallel prоyeksiyalash.
. To‘g‘ri burchakli (оrtоgоnal) prоyeksiyalash.
Tayanch ibоralar va tushunchalar
Prоyeksiya, geоmetrik figura, markaziy prоyeksiya, parallel prоyeksiya, prоyeksiyalar tekisligi, prоyeksiya markazi, prоyeksiya yo‘nalishi, prоyeksiyalоvchi nur, оrtоgоnal.
„Muhandislik grafikasi“ fanining maqsad va vazifalari
fanining maqsadi:
fazoviy jismlarning planimetrik tasviri (chizmasi)ga o‘tish qonuniyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish hisoblanadi. Fazoviy jismni tekislik ustida tasvirlash, ya’ni u to‘g‘risida planimetrik tasavvur hosil qilish uchun geometrik modellashtirish jarayoni qonuniyatlarini o’rganish.
fazoviy jism elementlarining o‘zaro munosabatlarini uning planimetrik tasviridan fazoviy holatiga qayta ko‘chirib o‘tish qonuniyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish. Modeldan fazoga otish qonuniyatlarini o’rganish.
fazoviy jismga taalluqli bo‘lgan geometrik masalalarni uning tekis tasviri ustida yechish usullarini tadqiq qilish va o‘rganish.
Fanining vazifalari:
- talabani chizma geometriyaning kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish;
- talabalarda konstruktiv–geometrik fikrlashni rivojlantirib, ularda loyihalash qobiliyatini shakllantirish;
- talabalarda fazoviy tasavvurni, ya’ni vizual xotira tasavvurini rivojlantirish;
- tafakkur, ijodiy qobiliyat va istedodni rivojlantirish;
- ta’limda konikma bilan malakani takomillashtirish;
- fanni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi bilan bog‘liq bilish faoliyatini tashkil qilish;
- markaziy va parallel proyeksiyalashda jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari boyicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o’rgatish.