Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Auditorlik tekshiruvini
o’tkazish usullar
Inventarizatsiyada qatnashish yoki 
kuzatish
Ekspert bahosi
Xo’jalik yoki buxgalteriya 
muomalalarini bajarilishini kuzatish
Og’zaki so’roq
Yozma tasdiq olish
Mijozning 3-shaxsdan olgan 
hujjatlarini tekshirish
Tahlil
Arifmetik hisob-kitoblarni 
tekshirish
Mijoz korxonada tayyorlangan 
hujjatlarni tekshirish


239 
ham mumkin. Inventarizatsiya yordamida auditor korxonaning buxgalteriya hisobi 
va ichki nazorat tizimini to’g’ri baholashi mumkin. 
Laboratoriya tekshiruvi. Bu usul korxonadagi moddiy boyliklarning fizik
kimyoviy hamda biologik holatining qay darajada ekanligini aniqlashda 
qo’llaniladi. Masalan, laboratoriya usuli yordamida bug’doyning namligi, sutning 
yog’lilik darajasini, tayyorlangan ozuqaning sifatini tekshirish mumkin. Bu usul 
sud-buxgalteriya ekspertizasini o’tkazishda ham qo’llaniladi. 
Ekspert 
bahosi.
 
Bu 
usul
 
audit 
o’tkazish jarayonida auditorning 
mutaxassisligidan tashqari bo’lgan savollar bo’lganida o’tkaziladi. Masalan, ishlab 
chiqarish texnologiyasi, qimmatli qog’ozlar muomalasi va hokazo. Mana shu 
vaziyatda auditor ekspertning xizmatidan foydalanishi lozim bo’ladi. 
Ekspert quyidagi maqsadlarda chaqiriladi: 
-
asosiy vositalarni baholashda; 
-
uzoq muddatli shartnoma bo’yicha bajarilgan ishlarni baholashda; 
-
moddiy qiymatliklarni sifat va miqdor ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda 
baholash uchun; 
-
shartnomalarning bajarilishi, tuzilishi bo’yicha yuridik maslahatlar olish 
uchun; 
-
axborot texnologiyalarni baholash uchun. 
Og’zaki so’roq. Bu usul moddiy javobgar shaxslardan tekshiriladigan ob’ekt 
xususidagi savollar bo’yicha og’zaki so’roq o’tkazilishini bildiradi. Og’zaki so’roq 
usuli korxona xodimlari, rahbari va 3-shaxslarni «savol-javob-natija» tamoyili 
qo’llash bilan xodimlarni og’zaki testdan o’tkazishni anglatadi. Bu usul, odatda, 
auditorlik tekshiruvi boshlanishidan oldin o’tkaziladi va so’rov natijasida auditor 
auditorlik tekshiruvini o’tkazishni rejalashtiradi. Og’zaki so’roq o’tkazilishi uchun 
auditor tomonidan turli xil masalalar bo’yicha savolnomalar oldindan tuzilishi ham 
mumkin. Og’zaki so’roq natijalari auditorlik tekshiruvining keyingi bosqichlarida 
ham qo’llanilishi mumkin. 
Mijozning 3-shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish. 3-shaxsdan olingan 
hujjatlarga quyidagilar kiradi: 


240 
-
boshqa korxonalar bilan hisob-kitob hujjatlari (to’lov-talabnoma, to’lov-
topshiriqnoma, akkreditivlar va hokazo); 
-
boshqa korxonalarning birlamchi hisob hujjatlari (schet-faktura, nakladnoy 
va hokazo); 
-
hisobotdagi moliya, soliq, bank organlari bilan hisob-kitoblarning 
to’g’riligini tasdiqlovchi hujjat bilan (bank ko’chirmasi, kredit shartnomasi va 
hokazo); 
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’g’riligini tasdiqlovchi yuridik 
hujjatlar (tovarlarni jo’natish to’g’risida shartnoma, sud qarori va hokazo); 
-
korxona huquqlarini ifodalovchi yuridik hujjatlar (aktsionerlar ro’yxatidan 
ko’chirma, sug’urta shartnomasi, ijara shartnomasi va hokazo). 
Auditor bu hujjatlarning to’g’riligini, aniqligini tekshiradi. 
Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish. Mijoz korxonada 
tayyorlangan hujjatlar bo’yicha ma’suliyat ichki bo’lib, uning to’g’riligi ichki 
nazorat tizimiga bog’liq. Ularga quyidagilar kiradi: birlamchi hujjatlar, jurnal-
orderlar, kartochkalar, qaydnomalar, registrlar, Bosh Daftar, moliyaviy hisobot va 
boshqalar. 
Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish. Isbot yig’ishning bu usulini o’tkazish 
ichki nazorat tizimi ishiga bog’liq. Agar auditor ichki nazorat tizimi ishini 
qoniqarli deb topsa, arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tanlov asosida o’tkaziladi. 
Agarda auditor ichki nazorat tizimi ishini yomon deb topsa, bu usul to’liq o’tkazi-
ladi. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tartibi auditor tomonidan mustaqil 
tanlanadi. 
Tahlil. Tekshirish davomida iqtisodiy tahlilning ko’pgina usullari qo’llaniladi. 
Tahlil quyidagilarni aniqlashi lozim: 
– mijozning faollik darajasini; 
– moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha istiqbolni baholash; 
– mijoz hisobotida ko’zda tutilgan xatolarning chegarasini; 
– auditning asosiy bosqichida tekshirishni qisqartirish. 


241 
Tahlil uchun asosiy ma’lumot manbai buxgalteriya hisobotidir. Tahlilda 
quyidagilar o’rganiladi: 
– hisobvaraqlardagi qoldiqlarni turli davrlar bo’yicha taqqoslash; 
– reja va haqiqatdagi moliyaviy ko’rsatkichlarni taqqoslash; 
– korxona ma’lumotlarini o’tgan yillarga, tarmoqdagi o’rtacha korxona bilan 
taqqoslash. 
Moliyaviy koeffitsientlar korxonaning moliyaviy holatini ifodalaydi. 
Moliyaviy koeffitsientlar: 
– balansni o’rganishda; 
– korxona moliyaviy holatini o’tgan yilga nisbatan o’zgarishini baholashda; 
– me’yoriy holatdan chetga chiqish mezonlarini belgilashda. 
Quyidagilar asosiy hisoblanadi: 
– joriy likvidlik koeffitsienti; 
– o’z mablag’larining etarliligi; 
– to’lov qobiliyati koeffitsienti. 
Bu orqali korxona to’lovga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligiga baho beriladi. 
Yuqoridagi usullardan tashqari auditor auditorlik isbotlarini yig’ishda 
quyidagi usullardlan ham foydalanishi mumkin: mijozning arifmetik hisob-
kitoblarini tekshirish, alohida xo’jalik muomalalari bo’yicha hisob qoidalarini 
kuzatish, jarayonni kuzatib borish, muqobil balans tuzishga tayyorgarlik ko’rish. 
Bu usullar muayyan vaziyatlarda auditor tomonidan qo’llaniladi. 
Yuqorida qayd etilgan amallarni amalga oshirish uchun turli usullardan 
foydalanish mumkin. Ular oddiy solishtirishdan tortib to ilg’or statistik usullar 
qo’llaniladigan 
murakkab 
tahlillargacha 
farqlanadi. 
Tahliliy 
amallar 
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot, tarkibiy qismlar bo’yicha moliyaviy hisobot 
(masalan, sho’’ba korxonalar, bo’linmalar yoki segmentlar) va moliyaviy 
hisobotning alohida elementlariga nisbatan qo’llanishi mumkin. Auditor 
tomonidan amallarni, usullarni va qo’llash darajasini tanlash uning kasbiy 
mulohazasiga bog’liq. 
Tahliliy amallar quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: 


242 
Auditor biznesni tushunishga erishish va tavakkalchilikning bo’lg’usi 
bo’limlarini aniqlash uchun tahliliy amallarni rejalashtirish bosqichida qo’llashi 
lozim. Tahliliy amallarning qo’llanishi auditor xabardor bo’lmagan biznesning 
jabhalariga ko’rsatishi va boshqa auditorlik amallarning tavsifi, muddati va hajmini 
belgilashda yordam berishi mumkin. 
Auditni rejalashtirishda tahliliy amallarda moliyaviy ma’lumot bilan bir 
qatorda moliyaviy bo’lmagan ma’lumot ham ishga tushiriladi, masalan sotuv 
ko’rsatkichlari bilan sotuv maydonlari yoki sotilgan mahsulot hajmi o’rtasida 
o’zaro bog’liqlik. 
Moliyaviy hisobotning aniq belgilangan tasdiqlari yuzasidan aniqlab 
bo’lmaslik tavakkalchiligini pasaytirish uchun auditorning mohiyati bo’yicha 
amallarga ishonchi mufassal testlar, tahliliy amallar yoki ularning birligiga 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin