259
– buxgalteriya hisobotini e’lon qilish muddatini uzaytirish mumkin bo’lgan
kichik xatolarni to’g’rilashga ketadigan vaqt va boshqalar.
Shunday hollarda auditor hisob ko’rsatkichlaridagi xatolarni inobatga olmaydi
va hisobotni to’g’ri va ishonarli deb e’lon qiladi.
Ko’pgina auditorlar ko’rsatkichlardan chetga chiqish 5%gacha bo’lsa, sezilarli
emas, 10%dan ko’p bo’lsa, moddiylik deb hisobga oladi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
– auditning taomillarining tabiati, vaqtini belgilash vaqtida;
– buzib ko’rsatishlarning ta’sirini baholash vaqtida.
Moddiylikni baholashda hisobda quyidagi omillar qabul qilinadi:
– xatolarning absolyut chegarasi;
– xatolarning muayyan chegarasi;
– hisobot moddalarining mundarijasi;
– aniq sharoitlar;
– noaniqliklar;
– summalardagi xatolar.
Xatolarning absolyut chegarasi. Xatolarning miqdor qiymatida ifodalanadigan
ko’rsatkichdir. Bu moddiylikni baholashning asosiy mezoni sifatida qaralmasligi
lozim.
Muayyan chegara. Bu baho foizlarda o’rnatiladi. Hisobot satrlarining
mundarijasi. Bu sifat omili bo’lib, moddiylikni aniqlashda muhim ahamiyatga
egadir.
Aniq sharoit.
Auditor moddiylikni baholashda, hisobot kimga taqdim
qilinishini inobatga olishi kerak. Agarda hisobot foydalanuvchilarga taqdim
qilinadigan bo’lsa (aktsionerlarga, banklarga, korxona rahbariga),
moddiy
mezonlarni ziyraklik bilan o’rganish lozim.
Noaniqlik. Agar mijoz faoliyatini qisqa davom etishi ehtimoli bo’lishini
baholasa yoki korxonani to’lovga noqobil deb topsa, u holda auditor moddiylik
darajasini baholashga keng e’tibor berishi lozim.
260
Summadagi xatolar. Auditordan mumkin bo’lgan va ahamiyatli xatolarning
umumiy miqdorini baholash talab etiladi.
Moddiylikni baholashda 2 ta usuldan foydalaniladi:
1.
Induktiv usul. Bunda,
eng avvalo, hisobotdagi har bir satr bo’yicha
moddiylik alohida satrlar bo’yicha yig’iladi.
2.
Deduktiv usul. Bu usulda, eng avvalo, xato qo’yilgan summaning umumiy
hajmi aniqlanadi va u hisobot satrlari bo’yicha taqsimlanadi va unga ko’ra har bir
hisobvaraq bo’yicha qilinadigan ish hajmi aniqlanadi.
Auditorlik tavakkalchiligi – bu auditor tomonidan bir taraflama
aniqlanadigan, auditning tekshiruvi natijalariga ko’ra moliyaviy hisobot uning
haqiqiyligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanma-gan muhim buzib ko’rsatishlarga
ega bo’lishi mukinligi ehtimolini tan olish, yoki haqiqatda
moliyaviy hisobotda
bunday buzib ko’rsatishlar yo’q bo’lishiga qaramasdan mazkur hisobotda muhim
buzib ko’rsatishlar mavjudligini tan olishdir.
Moliyaviy hisobot auditi bevosita quyidagi omillarga bog’liq: tadbirkorlik
tavakkalchiligi va auditorlik tavakkalchiligi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi auditorlik xulosasi ijobiy bo’l-gan holatda ham
mavjud bo’ladi. U quyidagi omillarga bog’liq:
– auditorlik raqobatbardoshlilik;
– auditorlik faoliyatini yaxshi reklama qilmaslik;
– auditorga bo’lgan munosabat bo’yicha sud ishlari bo’lish ehtimoli;
– mijozning moliyaviy holati;
– mijoz operatsiyalarining xarakteri;
– mijoz korxona rahbariyati va hisob xodimlarining malakaliligi;
– auditni o’tkazish muddati.
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagilar bilan izohlanadi:
auditor mijozning
moliyaviy hisobotini to’g’ri tuzilgan deb o’z xulosasida yozadi. Ammo u ba’zi-bir
moddiy xatolardan iborat bo’ladi.
Auditni o’tkazish davrida auditor auditorlik tavakkalchiligining eng past
darajagacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni o’tkazishi lozim.
261
Auditorlik tavakkalchiligi o’z ichiga quyidagi komponentlarni oladi:
1.
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik;
2.
Nazorat tavakkalchilik;
3.
Moliyaviy hisobotda xatolar hamda buzib ko’rsatishlarni aniqlamaslik
tavakkalchiligi.
Dostları ilə paylaş: