Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyati



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
6.5. Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyati 
Qozog’iston Respublikasida auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi 1988 
yildan amalga osha boshladi. 1988 yil xo’jalik hisobidagi taftish guruhi tashkil 
qilindi. 1992 yilda “Qozog’istonaudit” katta auditorlik mustaqil aktsionerlik 
kompaniyasida xo’jalik hisobi markazi qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda 
“Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi Auditorlar Palatasining Qozog’iston 
Respublikasida auditorlik ishini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, auditorlar 
palatasi tuzilishini, uning maqsad va vazifalarini shakllantiradigan, yagona nufuzli 
hamkori hisoblanadi. “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi “Auditorlik 
faoliyati to’g’risida”gi 1993 yil 18 oktyabrda qabul qilingan qonun loyihasining, 
shu bilan birga 1994 yil ro’yxatdan o’tgan Qozog’iston auditorlar palatasi 
nizomining asosiy ishlab chiquvchisi va vazirlikda parlament qo’mitasi va 
hukumat darajasida muhokama qilish bo’yicha bosh maslahatchi bo’ldi. Mazkur 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qozog’iston Respublikasi qonuni Qozog’iston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni 
boshqaradi. Auditor bo’lishga talabgorlar, shu bilan birga Qozog’iston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini olib borishni xoxlovchilar va chet el 
fuqarolarini attestatsiyadan o’tkazish maqsadida Moliya vazirligi qoshida 5 yil 
muddatga davlat ishchilari va auditorlar bilan bir xil sonda shakllanadigan malakali 
komissiya tashkil qilingan va malakali komissiya to’g’risida Nizom tayyorlangan. 
Nizomga muvofiq, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishni xoxlovchi shaxslar 
oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lsa, shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy, 
hisob-tahlil, nazorat-taftish yoki huquqiy ish tajribasiga ega bo’lsagina, imtihon 
topshirishga ruxsat beriladi. 
Auditor va auditorlik tashkilotlari davlat organlari va o’zlarining 
buyurtmachilaridan mustaqil, shuning uchun auditorlar davlat organlari va jamoat 
tashkilotlari xizmatida bo’lmaydilar, ilmiy va ta’lim sohasida faoliyat olib 
borayotgan shaxslar bundan mustasno. 
Auditorlar yordami bilan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun 


124 
moddalarini amalga oshirishni tartibga keltirish yo’lida “Auditorlar va 
buyurtmachilar o’rtasidagi munozaralarni hal etish to’g’risida” Nizom tayyorlandi. 
1996 yil 29-31 oktyabr kunlarida uch kunlik auditorlar o’qishi bo’lib o’tdi va 
bunda ularning barchasi Qozog’iston Respublikasi auditor qasamyodini qabul 
qildilar. Maxsus mashg’ulotlar va qo’shimcha imtihon topshirish bo’yicha o’quv 
kursidan so’ng 15 ta auditor va 3 ta auditorlik tashkiloti, shu bilan birga 
“Qozog’istonaudit” AT Respublika Milliy Bankining bank auditi faoliyatini 
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini oldilar. 
Auditorlik xizmatidagi mavjud vaziyatida auditorlik faoliyatini amalga 
oshirishga litsenziya berish qarorini qabul qilish jarayoni va Moliya vazirligi auditi 
va buxgalteriya hisobi bo’yicha Milliy Komissiyaning shakllanishiga ta’sir 
ko’rsatdi. Hukumat audit bo’yicha litsenziya beruvchi tashkilot sifatida 
buxgalteriya hisobi bo’yicha milliy komissiyasini belgilab qo’ydi. Qabul qilingan 
birinchi 20 ta buxgalter standartlari auditorlar tayyorlash bo’yicha o’quv kursi 
rejasiga, universitet va institut “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” kafedralari o’quv 
dasturlariga tegishli o’zgartirishlar kiritdi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha 
Qozog’iston Respublikasi Milliy Komissiyasi auditning asosiy tashkilotchisi bo’lib 
kelmoqda. Komissiya Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyatining keyingi 
rivojlanish yo’lida hali mavjud bo’lmagan audit standartlari va me’yorlarini 
tasdiqlashi lozim. 
Qozog’iston auditida dolzarbligicha qolib ketayotgan muammolar to’g’risida 
yuqori darajada xalqaro talablarga javob beradigan sifatli darsliklar tayyorlash, 
o’quv bazasini tuzishni o’z zimmasiga oladi.
1997 yildan boshlab Respublika auditorlar palatasining yilning har choragida 
axborot jurnali nashr qilinmoqda. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi Qozog’istonda 
auditorlik ishi rivojlanishi istiqbolini belgilab berdi va yirik xalqaro auditorlik 
kompaniyalarning respublikaga jalb qilinishiga imkon yaratdi. 
Qozog’iston Respublikasida eng yirik auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda 
belgilangan tajribalarni jamlovchi 40 ga yaqin filialari va auditorlik tashkilotlari 


125 
bo’lgan “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi hisoblanadi. Buyurtmachilar 
xizmati portfelida keng va doimiy mijozlar doirasiga ega. Kompaniya va uning 
tashkilotlari faqatgina auditorlik tekshiruvlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga imkon 
beruvchi, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlil va taftish qilishga, to’lovga 
qodirlikni baholash, korxona va banklarni tugatishga asos bo’luvchi mustahkam 
me’yoriy bazaga ega bo’lib qolmasdan, huquqiy, auditorlik faoliyati, mulkni 
baholash, xususiylashtirish, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat tahlili, moliyaviy 
hisobot, buxgalteriya hisobi bo’yicha barcha masalalar va boshqa moliyaviy-
huquqiy masalalar yuzasidan maslahat beradi. 
Barcha auditorlik tashkilotlari yuridik shaxslar hisoblanadi, mahalliy 
ma’muriyatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida davlat ro’yxatidan o’tadi, 
Qozog’iston Respublikasi auditorlar palatasiga kiradi. Auditorlar palatasi oliy 
organi – Palata Kengashi hisoblanib, umumiy a’zolarning 50 % ini tashkil qilgan 
kompaniya va uning auditorlik tashkilotlarining 14 vakillaridan tashkil topgan.
Amalga oshirilgan eng muhim ishlardan, auditorlar palatasining respublika 
barcha viloyatlarida hududiy filiallarining tashkil qilinishi, Milliy komissiya bilan 
qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’zaro faoliyatni kengaytirish, Davlat Soliq qo’mitasi 
va Moliya vazirligi qoshida valyuta-moliya qo’mitasi nazorati tashkil qilinishi, 
Davlat boshqaruvining boshqa organlariing tashkil qilinishi bo’ldi. Auditorlik 
tekshiruvi o’tkazish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va uslubiy yordam 
ko’rsatish uchun auditorlar Palatasi Kengashi qoshida uchta doimiy qo’mita 
shakllantirildi: a) auditorlik faoliyatini metodik ta’minlash bo’yicha; b) auditorlar 
etikasi va huquqiy masalalar bo’yicha; v) Qozog’iston audit standartlarini joriy 
qilish va qayta ishlash bo’yicha.
Auditorlar Palatasi auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar malakasini 
oshirishga jiddiy e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Auditor xo’jalik faoliyatining 
barcha yo’nalishlarida tezkor hal qilishni talab qiladigan masalalar bilan to’qnash 
kelmoqda. O’z vaqtida va tegishli talablarga muvofiq ularga javob berish uchun, 
xo’jalik ishlarini tushunish, moliyaviy qonunchilik va unda yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan ziddiyatlarini bilish o’z xulosalarini dalillar asosida isbotlab bera olish 


126 
kerak. Korxona amaliyoti doirasida auditorga moliyaviy nazoratchi sifatida emas, 
balki korxona moliyaviy boshqaruvi bo’yicha maslahatchi, konsultant deb qarash 
kerak. Faqatgina korxonaning barqaror moliyaviy holatida emas, balki, bankrotlik 
chegarasida keskin vaziyatda turganda ko’makchi sifatida qarash kerak. Shuning 
uchun auditorlar bilan ishlashda quyidagi yo’nalishlar ustunlik qilishi kerak: 
a) amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni izohlash; 
b) moliyaviy va huquqiy konsultatsiya berish; 
c) biznes reja va investitsiya dasturlari, moliya menejmenti, valyuta 
muomalalari va tashqi savdo hisobi bo’yicha uslubiy takliflarni qayta ishlash; 
g) auditorlik tekshiruviga kirishish jarayonida paydo bo’luvchi aniq xo’jalik 
vaziyatidagi ish yuzasidan munozaralar. 
1995 yilda Qozog’iston audit standartlari va Qozog’iston Respublikasi 
auditorlar etikasi kodeksi qabul qilindi va 1996 yildan amalda qo’llana boshladi. 
Audit bo’yicha standartlar va auditorlar etikasi kodeksi “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida” Qozog’iston Respublikasi qonuniga muvofiq Qozog’iston 
Respublikasi hududida barcha auditorlar va auditorlik tashkilotlari bajarishi uchun 
majburiy va me’yoriy hujjat sifatida kuchga ega. 
Auditorlik tashkilotlarining qisqa vaqt davomida faoliyat olib borishiga 
qaramay auditorlik tashkilotlarining asosiy yo’nalishlarini va ularning turli xildagi 
tashkilotlar bilan faoliyat olib borishi ma’lum. Buyurtma tartibini tahlil qilishda 
auditorlik tekshiruvlarini olib borish shuni ko’rsatadiki, unda bir qancha ustunliklar 
mavjud: 
- moliyaviy-xo’jalik hisoboti va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq to’g’ri 
hisoblanganligi va to’langanligini tekshirish; 
- ko’chmas mulkning baholanishi va intellektual faoliyat olib borish
aktsioner jamiyatlarning va boshqa xo’jalik birlashmalarini hissasi ustav kapitaliga 
kiritilishi; 
- balans tasdiqlanishi va soliq deklaratsiyalarini tuzish. 
Auditorlik tashkilotlarida rivojlangan va keng tarqalgan faoliyat turi bu 
boshqaruv funktsiyalarini bajarish hisoblanadi (buxgalteriya balansi tuzish, hisobot 


127 
olib borish va h.k.). 
Auditorlik tashkilotlarining yana bir keng tarqalgan va hozirgi kunda dolzarb 
bo’lgan funktsiyalaridan biri ekspert-analitik xizmatidir. Xo’jalik tashkilotlarining 
mustaqilligi sharoiti kengayishida va ularning moliyaviy ko’rsatkichlariga bo’lgan 
qiziqishning ortib borishi umumiy tahlil, rivojlanish yo’nalishi samaradorligiga 
e’tiborni oshirdi. 
Yana bir muhim va keng tarqalgan auditorlik tashkilotlari yo’nalishlaridan 
biri bu boshqaruv kadrlariga boshqaruvning yangi uslublarini o’rgatish va 
qo’llashda yordam berish (masalan, kompyuterda hisobot olib borish, zamonaviy 
axborot tizimlari bilan ishlash va h.k.) 
Tashkilotni rivojlanish yo’nalishini tanlashda auditorlardan shu tashkilot 
rivojlanish tahlilini diagnostika qilish va tashkilot o’sishidagi birinchi olib 
boriladigan tadbirlarni ishlab chiqish talab qilinadi. Agarda asosiy ishni shu 
tashkilot xodimlari bajaradigan bo’lsa, auditorlik firmasi bu erda ekspert sifatida 
ishtirok etadi, agar tashkilot bunday xodimlarga ega bo’lmasa, unda firma 
to’g’ridan-to’g’ri rivojlanish dasturini tuzishga kirishadi. 
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi va takomillashishi sayin auditorlik faoliyati 
xizmatlariga talab o’sib boradi. Qozog’istonda audit ko’rsatkichi yuqori bo’lishi va 
jahon standartlariga javob berishi uchun XASni qo’llab, o’zlarining standartlarini 
ishlab chiqishmoqda. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin